07.04.2026 | 14:12
815
SUMALAK
Sumalak – fors va turk xalqlarining mashhur bahor yemagi, o‘zbekcha – sumalak, tojikcha – sumanak, turkcha – samanu, forscha – samanak, qirg‘izcha – sүmөlөk, ozarbayjoncha – səməni halvasi, turkmancha – semeni, uyg‘urcha – o‘ndurma.

“Sumalak” so‘zi etimologiyasi haqida gap ketganda uning forscha shu ma’nodagi “samanu” so‘zidan ekanligi va Islomdan oldin ham mavjud bo‘lganligi aytiladi. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit turk”da ma’no jihatidan “sumalak”ni juda eslatuvchi turkcha “suma” so‘zini keltiradi. “Devon”da unga berilgan izohni o‘qiymiz:
“Suma – ivitilgan bug‘doy nomi. Uni quritib tuyiladi. So‘ng undan ugra osh va non qilinadi. Sharbat uchun qilingan, undirilgan arpa uchun ham bu so‘z qo‘llanadi”. Ayniqsa, mazkur izohdagi: “sharbat uchun qilingan, undirilgan arpa” so‘zlari bizga sumalakni eslatadi. Mo‘g‘ul tilida ham shunga yaqin so‘zga duch kelamiz: “sömüsün (xalxa: “sɵms”) – qaynatma, sabzavot va yormalardan tayyorlangan suyuq ovqat, so‘p”. Mazkur so‘zlar qadimiy oltoy oilasiga mansub umumiy bir o‘zakka borib taqalishi ham mumkin.
Turk va eron xalqlari ming yillar davomida baqamti, bir hududda yashab kelgan. Shu bois Koshg‘ariy bobomiz: “turk bor joyda tat bor” (“tat” – “Devon”da “forsiy”, ba’zan “uyg‘ur” ma’nosida kelgan), otaso‘zini “Devon”da bir necha o‘rinda keltirgan. Shunday ekan, o‘zaro ta’sirlanish, bir-biridan o‘zlashtirish hollari faqat bir tomonlama emas, albatta, ikki tomonlama bo‘lgan. Shu bois “sumalak” va Koshg‘ariy bobomiz keltirgan “suma” so‘zlari o‘zaro aloqador bo‘lishi mumkinmi, degan savolni o‘rganib ko‘rish ham mantiqqa zid bo‘lmaydi.
Abduvohid HAYIT
“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-martdagi 12-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



