Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


09.06.2026 | 15:17

img3019

TAFAKKUR LAZZATI

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tasarrufidagi “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan shoir Eshqobil Shukurning “Megapolisdan Himolay cho‘qqisigacha” deb nomlangan yangi kitobi nashr etildi. Ushbu kitobda muallifning sara maqola va esselari jamlangan.

Har birimizning o‘z ko‘zqarashimiz, o‘z hayot yo‘limiz bor. Siz bilan men bir vaziyatga turlicha baho berishimiz mumkin, yondashuvda farq bo‘ladi. Bu tabiiy. Sog‘lom jamiyatda turfa xil qarashlarga ega insonlar ma’lum bir qadriyatlar asosida birlashadi. Demakki, bizni bog‘lab turgan rishtalar, tariximiz, bobo tilimiz, adabiyotimiz, o‘zbekning qadriyatlari, o‘zbekchilik… Kitob shu to‘g‘rida. Muallif yozadi: “So‘z erkinligi buyuk ne’mat. Ahli fikr uchun bu suv bilan havoday aziz. Bu ne’mat bizga berildi. Lekin biz bunga tayyormizmi deb o‘ylab qolaman. Men so‘z erkinligini katta mas’uliyat sifatida tushunaman. O‘z so‘zingni bu mening so‘zim deb ayta olish odamdan ma’naviy tayyorgarlikni talab qiladi. Odamning so‘zi uning o‘zidir”.

Kitobxon mutolaaga kirishib, birin-ketin yangi sahifalarni ochar ekan, uning ko‘z o‘ngida o‘zi bilgan shoir Eshqobil Shukur emas, balki o‘tmish va o‘tish davrlarini ko‘rgan, shu kunlarda yashayotgan o‘zbek ziyolisi gavdalanadi. Lekin kitob muallif haqida emas. Yo‘q. Ijodkor shu jamiyatning bir kishisi o‘laroq o‘z shaxsiy kuzatuvlari, hayotiy tajribalari, o‘tmish, bugun va kelajak haqidagi teran mushohadalari bilan o‘rtoqlashadi, o‘quvchini suhbatga tortadi. O‘qish davomida suhbatdoshning vazmin ovozini eshitib turganday bo‘lasiz. Tinglay turib, bu mulohazalar sizga ham begona emasligi, uning xavotirlari, xulosalari xayolingizdan bot-bot o‘tib turgan o‘y-fikrlarga esh ekaniga hayron qolasiz.

Shuningdek, ushbu maqola va esselarda muallif tamaddun va madaniyatlar, Yer shari va bashariyat taqdiri, zamonlar silsilasi kabi miqyosli mavzularni, avlodlar almashinuvi, o‘tgan bobolar tutumi, zumer avlodning dunyoni anglashi, madaniyatlar qorishuvida o‘zlikni saqlab qolishdek muhim masalalarni o‘rtaga tashlaydi, tafakkur chig‘irig‘idan o‘tkazadi. Kitob umumbashariy muammolarga yechim topib bermaydi, lekin kitobxon mutolaadan so‘ng kalavaning bir uchini topganday bo‘ladi, o‘zini qiynab yurgan chigal o‘ylar endi bir qadar tartibga tushganday tuyuladi.

Eng muhimi, qalbga yorug‘lik inadi. Barcha davrlarning oltin qoidasini yaxshi anglab yetganday yakuniy va qat’iy bir qarorga kelasiz – HAR QANDAY HOLATDA HAM INSON BO‘LIB QOLISH. Ya’ni, muallif ta’biricha, tiriklikning tub mohiyati, yadrosi ezgulikdir:

Sezishimcha, hayot haqiqati formulasi – yashash formulasi qo‘shish va ayrishdan ham sodda. Bu shunday: hech qachon yomon niyat qilma, to‘g‘ri niyatning o‘zi haqiqatdir.

Jamoliddin BADALOV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 5-iyundagi 23-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324