10.06.2025 | 11:36
604
TARIX ZALVORINI GARDANGA ORTIB
Tarixiy hujjatlar bilan ishlash jarayonida mislsiz saboq olasiz. Birini o‘qib, dahshatga tushasiz. Boshqa biridan ko‘nglingizga nur kiradi. Har ikki tur hujjat ham haqiqat uchun xizmat qilishi kerak…

Gardaniga jadid bobolar tortgan mashaqqatlar, ular qoldirgan boy merosni haqqoniy yoritishdek zalvorli vazifani olgani uchunmi, gavdasi xiyol oldga egilgan bu inson tarix haqida so‘zlar ekan, yuzida allaqanday shiddat zohir bo‘ladi, yelkalari kengayib, xayolchan ko‘zlarida jangchi nigohi akslanadi. San’atshunos, muzeyshunos olim va madaniyat xodimi Sirojiddin Ahmadga ilk duch kelgan odam ko‘z oldida uning chehrasi shunday qoladi. Olimning ma’naviy qiyofasi esa uning asarlari, tadqiqotlari va maqolalarida o‘z aksini topadi.
Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida olim bilan o‘tgan ilmiy-ma’rifiy uchrashuvda ayni shu haqda alohida to‘xtalib o‘tildi.
“Sirojiddin Ahmad hayotda qanchalik sipo bo‘lsa, ilmiy olamda shunchalik jangovar qiyofada namoyon bo‘ladi, – deydi muzey direktori Jabbor Eshonqulov. – U o‘z haqiqatlarini, o‘z tadqiqotlarini himoya qilishni uddalay oladigan, bunga doim tayyor bo‘lgan olim. Ustozning hali ilmiy jamoatchilikka ochilmagan ko‘plab qirralari ham borki, kamtarin olim o‘z tadqiqot yo‘nalishi bo‘lgan jadid davri manbalariga oid fikrlarini aniq bayon qiladi. Holbuki, olimning fan tarixining boshqa muhim jabhalariga oid noyob manba va xulosalarga ega ekaniga bir necha bor guvoh bo‘lganmiz”.
Uchrashuvda adabiyot va san’at yo‘nalishida faoliyat yurituvchi olimlar, yosh tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi. Muloqot davomida olimning har bir masalaga uning tub ildizidan kelib chiqib baho bera olishi, ilmiy tahlil imkoniyatlarining kengligi va har bir fikrning hujjatlar bilan asoslangani ilm dunyosiga qadam qo‘yayotgan yoshlarga o‘rnak bo‘lganiga shubha yo‘q.
“Ustoz bilan uchrashuv – biz uchun har doim katta xazina sari yuzlanishga teng hodisa, – deydi filologiya fanlari doktori, professor Sanobar To‘laganova. – Ustozimiz siymosida o‘zi tadqiq etgan ulug‘ ma’rifatparvarlar kabi “xodim ul-millat” bo‘lishga ahd qilgan inson gavdalanadi. Domla kamtar ziyoliga xos hayot kechirmoqda. So‘z berilsa, gapirdi, lekin davralarda so‘rab so‘z olmadi. Millat tarixining haqiqatlarini farazlar bilan emas, aniq dalillar bilan ochib berdi. Bunday yuksak maqomdagi olimlar suhbatini, duosini olishimiz kerak, ularga hurmat ko‘rsatish bizning vazifamizdir”.
Sirojiddin Ahmad faoliyati davomida “Qizil mustamlaka: e’lon qilinmagan urush”, “Ikki imperiya asoratida”, “Ismoil Gasprinskiy va Turkiston”, “Milliy hurriyat adabiyoti”, “Qayum Ramazonning ushalmagan orzulari”, “G‘ozi Yunus”, “Ubaydulla Xo‘jayev”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy” kabi o‘nlab fundamental kitoblarni, shuningdek, Tohir Shokirning “Turkistonda turk mafkurasi va Alisher Navoiy” va Munavvar qori Abdurashidxonovning “Men sendamen…” kabi yirik tadqiqotlarni millatimizga tuhfa qildi. Bu ulkan ilmiy maktab bilan yuzlashish yoshlar qalbida ham o‘ziga xos tafakkur olamining sirlariga daricha ochishi shubhasiz.
Suhrob ZIYO
“Jadid” gazetasining 2025-yil 6-iyundagi 23-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



