Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


25.02.2025 | 10:51

img270

 “TEMUR ASRI” QANDAY BOSHLANGAN?

Yaqinda Rustam aka bilan “Afrosiyob” poyezdida Samarqandga birga safarga jo‘nadik. Albatta, har uchrashganimizda arxeologiya, tarix ilmi yangiliklari to‘g‘risida suhbat quramiz. Professor Rustam Sulaymonov bilan suhbat hamisha juda maroqli o‘tadi. Bu gal ham xuddi shunday bo‘ldi.

Rustam aka yaqindagina nashrdan chiqqan kitobini menga sovg‘a qilganidan so‘ng suhbatimiz yanada jonlanib, Samarqandga qanday yetib kelganimizni bilmay ham qoldim. Suhbat so‘ngida men “Rustam aka, kitob adadi juda oz-ku”, dedim. Rustam Hamidovich biroz o‘ylanib, “Bilasanmi Temur, men ushbu mavzuni yillab miyamda pishitib yurdim, so‘ng yozishga, e’lon qilishga qaror qildim. Lekin ilmga qiziqish yo‘q, ko‘pchilik kitob o‘qimay qo‘ygan. Yoshlarga telegramma uslubidagi ikki-uch jumladan iborat axborot bo‘lsa bas, chuqur bilim va tahlilga toqati yo‘qdek”, dedi afsuslanganday bosh chayqab. U kishining ruhiyati menga ham ko‘chdi.

Toshkentga qaytgandan keyin imkoniyat bo‘lishi bilanoq kitob mutolaasiga kirishdim. Asar meni shunchalar rom qilib qo‘ydiki, boshimni ko‘tarmay, bir nafasda o‘qib chiqdim. Chunki Rustam Sulaymonovning arxeologiya, tarix sohasidagi monografiyalari hamisha shov-shuvli, kutilmagan fikrlarga boy, an’anaviy tarixnavislikka xos bo‘lmagan xulosalardan iborat bo‘lar edi-da.

Asar markazida Sohibqiron Amir Temur obrazi turadi. Falsafa, mantiq, tarix, tahlil, an’ana, mentalitet nuqtayi nazaridan Amir Temur dahosi fenomeni shakllanishi masalalari qalamga olinadi.

Har bir asrning timsollari bor – Aleksandr, Sezar, Chingizxon, Nyuton, Eynshteyn va hokazo. XIV asr Amir Temur asri nomi bilan tarixga kirgan. Bu timsollar o‘sha asr muhitida shakllangan, o‘sha davr madaniyati va an’analarining mahsuli hisoblanadi.

Aleksandr Makedonskiy Qadim Ellada sivilizatsiyasi, buyuk Arastu ta’lim-tarbiyasi, podshohlik va ilohiyot an’anasi samari o‘laroq dunyoga kelgan tarixiy shaxs edi. Gʻarb va Sharq bilimdoni bo‘lgan Aleksandr uni birlashtirishga, yer yuzida yagona Ellada madaniyatini o‘rnatishga va uni yakka o‘zi boshqarishga ahd qiladi. Bunga qisqa muddat bo‘lsa-da erishgani tarixdan siz-u bizga yaxshi ma’lum. O‘shanda, miloddan avvalgi IV asrlarda davlatchilik boshqaruvida, arxitekturada, yozuvda va umuman moddiy madaniyatda yangi jarayon – Ellinizm madaniyati yuz berdi. Bu hodisa ta’siri Aleksandr vafotidan keyin va hatto kushonlar davrida ham sezilib turdi.

Mo‘g‘ullar ko‘chmanchi edi, ular yuqori madaniyatli Ellada dunyosidan tashqarida, oykumendagi varvarlar edi. Chingizxon va uning qo‘shini faqat qirg‘in qilgan, shahar va qishloqlarni vayronaga, yam-yashil vodiylarni dasht-u sahroga aylantirgan. Chingizxon o‘z lashkarini bir fursat bo‘lsa-da to‘xtashga, o‘troqlashishga izn bermagan. Chunki ularning jangovarlik xislati so‘nib qolishi mumkin edi. Asosiy maqsad – boylik orttirish, o‘lja olish, el-ulusni boqish uchun tinimsiz bosqin, jang-u jadal, g‘alaba talab qilinar edi. Bu muallif ta’biri bilan aytganda o‘rta asrlarning “urush iqtisodi” hisoblanardi.

Amir Temur fenomeni bu ikki – Qadim Ellada yoki ko‘chmanchilar sivilizatsiyalari modeliga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. U o‘ta murakkab, favqulodda, har xil madaniy jarayonlarning uchrashuvi, qorishuvi, birlashuvining hosilasi sanaladi.

Bu xulosalar – o‘tmishning nozik va murakkab jarayonlarini aniq-tiniq ilg‘ab olish uncha-muncha mutafakkirning qo‘lidan kelmaydigan yumushdir. Professor Sulaymonov “Amir Temur qissasi”, “Temur tuzuklari” va boshqa yuzlab tarixiy, adabiy, falsafiy, arxeologik adabiyotlar va manbalarga tayanib kutilmagan bir to‘xtamga keladi.

Amir Temur dahosi uch sivilizatsiya samaridir. Tamaddunlarning tug‘ilishi va shakllanishiga asosiy unsur tabiat: dasht, sahro, voha, tog‘, daryo va dengizlardir.

Bitta shaxsning ruhiyatida uch tamaddun mohiyati bab-baravariga o‘z o‘rnini topa olishi mumkinmi? Ha, mumkin! Favqulodda daho shaxslarda. Bunga yagona misol Sohibqiron Amir Temur sanaladi.

Bu jarayon qanday yuz berdi? Muallif buning ildizlarini oiladan, undagi muhitdan, an’analardan qidiradi. Chunki insonning qaysi muhitda tug‘ilishi, shakllanishi, balog‘atga yetishi kelajak taqdirida aks etadi. Bu aksioma. Temurning otasi Muhammad Tarag‘ay barlos urug‘idan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu urug‘ mo‘g‘ul va turkiylarning chatishuvidan hosil bo‘lgan.

Barloslar Chingizxon zamonidan ancha ilgari Kesh viloyatiga kelib o‘troqlashgan musulmon bir el edi. Muhammad Tarag‘ay amirlik, jangovarlik va ko‘chmanchilik hayot tarzidan voz kechib so‘fiylikni – Yusuf Hamadoniy, Xo‘ja Ahmad Yassaviy va Bahouddin Naqshband falsafalarini o‘z hayotining bosh mezoni sifatida qabul qilgan mutasavvuf shaxs bo‘lgan. Muhammad Tarag‘ay oilasidagi muhit, tarbiya va qadriyat shundan kelib chiqib shakllangan, deyish mumkin.

Buxoro shayxulislomining qizi, Temurning onasi Takina xotun o‘ta zehnli, taqvodor bo‘lib, “Shohnoma”, “Avesto”, qadim Turon davlatchiligi, hukmdor peshdodiylar, kayoniylar, qaviylar tarixining bilimdoni edi. Shunga ko‘ra, qadimiy Eron va Turon afsonalari, “Avesto” alqovlari alla bilan Temur ruhiyatiga singdirilganligi haqiqatga yaqin.

Shu tariqa Amir Temur shaxsi uch tamaddun – ko‘hna Turon, Islom va ko‘chmanchilar an’analari, madaniyatlarining mahsuli bo‘lib, u iqtidorga kelgan zamon “Temur asri”ning boshlanishi edi. Bunday jarayonlar insoniyat tarixida kamdan kam yuz beradi. Ko‘z ilg‘amas bu murakkab hodisot tarixini professor Sulaymonov ajoyib tarzda ochib bera olgan. Nazarimda, so‘nggi yuz yillikda Amir Temur to‘g‘risida yangi gap ayta olish Rustam Sulaymonovga nasib etdi.

Uning “Temur asri qanday boshlandi?” asari Sohibqiron shaxsiga bag‘ishlangan minglab tarixiy, adabiy kitoblar qatoridan o‘zining munosib o‘rnini egallaydi. Bu kitobni o‘qishni keng o‘quvchilar ommasiga, ayniqsa, yosh avlodga tavsiya qilaman. O‘qing, shunda Sizda ajdodlarimiz tarixidan g‘ururlanish, vatanparvarlik, fidoyilik hissiyotlari jo‘sh uradi va bu tuyg‘udan ajib huzur tuyasiz.

Agar kitob o‘zbek tiliga o‘girilib, katta adadda nashr qilinsa hamda har bir maktab kutubxonasidan joy olsa, nur ustiga nur bo‘lar edi.

Temur SHIRINOV,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 14-fevraldagi 7-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img114

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333