Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.10.2026 | 14:27

img681

TIL VA KELAJAK

Uyğunlik

Bugungi dunyoni kompyuter va internetsiz tasavvur qiliş qiyin. Inson ma’lumotni telefondan oladi, kompyuterda matn yozadi, elektron luğatdan foydalanadi, sun’iy intellekt bilan muloqot qiladi. Bugun özbek tili ilm-fan tili bölişi, zamonaviy sohalardagi murakkab tuşunçalarni ifodalay olişi, raqamli muhitda işlaşi, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanişi zarurligi töğrisida Davlatimiz rahbarining taklif va topşiriqlari bevosita lotin yozuviga asoslangan alifbomizga muayyan özgarişlar kiritişni taqozo etayotgan edi. Bu böyiça keng qamrovli izlanişlar olib borildi. Jamoatçilikning fikr va takliflari atrofliça örganildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti 21-oktyabr kuni lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga qaratilgan qonunni imzoladi. Unda amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat alifboni nazarda tutuvçi özgartişlar közda tutilgan. Taklifga muvofiq, alifbodagi törtta harf, ya’ni, Ö ö harfi Ö ö, Ğ ğ harfi Ğ ğ, Ş ş birikmasi Ş ş, Ç ç birikmasi esa Ç ç şaklida ifodalanadigan böldi.

Harflarning şakli va qöllaniş tartibi matnni qanday terişimiz, saqlaşimiz, qidirişimiz, tahrirlaşimiz va boşqa tillarga moslaştirişimizga ta’sir körsatadi. Bu, ayniqsa, elektron hujjatlar, raqamli kutubxonalar, ilmiy ma’lumotlar bazalari, luğatlar va til korpuslari bilan işlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Takomillaştirilgan alifbo tilimizning tovuş xususiyatlarini yozuvda aniqroq ifodalaş, bir tovuşning turli belgilar orqali yozilişi bilan boğliq çalkaşliklarni kamaytiriş va matnlarni raqamli muhitda qayta işlaşni osonlaştiriş imkonini beradi. Bunday yondaşuv özbek tilining zamonaviy texnologiyalar bilan uyğun rivojlanişiga xizmat qiladi. Eng muhimi, alifbo islohoti tilimizning boy imkoniyatlarini yangi avlod vositalari orqali yanada keng namoyon etişga yöl oçadi.

Yangi tahrirdagi alifboga ötiş davrida amaldagi alifbo asosida rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarning muomalada bölişiga tösqinlik qilinmaydi. Ayrim ramziy belgilar, peşlavha va körsatkiçlardan ham ular yaroqsiz holga kelgunga qadar yoki belgilangan muddatigaça foydalaniş mumkin böladi. Bu yondaşuv islohotning oğriqsiz, bosqiçma-bosqiç, fuqarolar va taşkilotlar manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oşirilişiga xizmat qiladi.

Alifbo islohotining natijasi, avvalo, uning ta’lim va kundalik hayotga qay darajada izçil kirib borişi bilan belgilanadi. Maktabgaça ta’limdan boşlab maktab, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot va naşriyotgaça bölgan jarayonlarda yozuv me’yorlarining uyğunligi savodxonlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Öquv adabiyotlari, luğatlar, metodik qöllanmalar va elektron ta’lim resurslari yangi me’yorlar asosida bosqiçma-bosqiç yangilangani sari öquvçilar va talabalar uçun ham yagona yozuv muhiti şakllanadi.

Ilm-fan sohasida ham alifbo va imlo masalasi katta ahamiyatga ega. Ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, bibliografik ma’lumotlar, elektron kataloglar va xalqaro ma’lumotlar bazalarida mualliflar, asarlar va atamalarning bir xil yozilişi axborotni topiş va undan foydalaniş imkoniyatini oşiradi. Ayniqsa, özbek tilidagi ilmiy merosni xalqaro ilmiy makonga olib çiqişda yozuvning barqarorligi muhim örin tutadi.

Raqamli makonda tilning haqiqiy bahosi

Bugun davlat xizmatlarining tobora köproq qismi ekranga köçmoqda. Fuqaro ariza topşiradi, bank ilovasidan foydalanadi, tibbiy ma’lumot oladi, farzandining ta’lim natijasini tekşiradi. Ana şu jarayonda özbekça interfeys mavjud, lekin yetarli emas. Agar tugma nomlari tarjima qilingan-u, körsatma tuşunarsiz, xabar xato yozilsa qidiruv tizimi özbekça sörovni anglamasa, bunday xizmatni tölaqonli özbekça deb bölmaydi.

Şuning uçun ham bugungi kunda özbek tilini raqamlaştiriş, sun’iy intellekt tiliga aylantiriş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlari qatoriga qöşildi. Şu bois ayrim mulohazalarim bilan örtoqlaşmoqçiman. Özbek tilini sun’iy intellekt tiliga aylantiriş haqida gap ketar ekan, birinçi navbatda, davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan axborot tizimlari uçun “özbek tilida işlaş sifati” alohida qabul mezoni bölişi kerak. Bu mezon foydalanuvçi interfeysi, qidiruv, xatolik xabarlari, yordam bölimi, mobil moslaşuv va imkoniyati çeklangan şaxslar uçun qulaylikni qamrab olişi zarur. Yangi tizimlarni boşidanoq köp tilli arxitekturada loyihalaş, mavjudlarini esa texnik auditdan keyin bosqiçma-bosqiç moslaştiriş talab etiladi. Barça xususiy IT mahsulotlarini bir zumda majburiy özbekçalaştiriş esa xarajat, ijro va sifat nuqtayi nazaridan alohida baholanişi kerak.

Raqamli tilning eng muhim xususiyati maşina uçun ham tuşunarli bölişidadir. Bugun dastur sözning qöşimçasini ajrata olmasa, şaxs nomini notöğri tanisa yoki turli imlodagi bir tuşunçani bir-biriga boğlay olmasa, buni faqat texnik kamçilikka yöyib bölmaydi. Bu kamçilik hujjat izlaş, huquqiy axborotga kiriş, xizmatdan foydalaniş va ilmiy ma’lumotni topiş imkoniyatiga bevosita ta’sir qiladi. Şu ma’noda til texnologiyasi endi filologiyaning tor sohasi emas, davlatning raqamli infratuzilmasi diqqat e’tiborida bölmoği lozim.

Milliy korpus – til kelajagi

Özbek tilining raqamli kelajagi uçun eng zarur poydevor ilmiy mezonlar asosida tuzilgan, doimiy yangilanadigan milliy til korpusi hisoblanadi. Korpus oddiy elektron kutubxona emas. U matnning manbasi, davri, uslubi, mavzusi va grammatik xususiyatlari haqida tartiblangan ma’lumotni ham öz içiga oladi. Şundagina tilning real qöllanişi, sözning ma’no özgarişi, yangi atamalarning tarqalişi, hududiy farqlar va uslubiy me’yorlar dalil asosida örganiladi.

Bu yerda köpinça e’tibordan çetda qoladigan masala bor: korpus hajmi sifatning örnini bosa olmaydi. Millionlab tartibsiz jumlalarni yiğiş bilan ilmiy işonçli ma’lumotlar bazasi hosil bölmaydi. Aksinça, manbasi ma’lum, janrlar böyiça muvozanatlangan, tekşirilgan kiçikroq korpus ayrim tadqiqotlar uçun köproq qiymatga ega bölişi mumkin. Şuning uçun hisobotlarda faqat “neça million söz yiğildi?” deb emas, “qaysi janrlar qamrab olindi, xatolik darajasi qança, tadqiqotçilar undan qanday foydalanmoqda?” degan savollar ham berilişi kerak.

Özbek tilida tibbiyot, huquq, moliya, muhandislik va axborot texnologiyalariga oid yangi tuşunçalar kundan kunga köpaymoqda. Muammo xorijiy atamaning kirib kelişida emas, bir tuşunçaning turli darslik, qonun, dastur va kasbiy hujjatda har xil nom bilan yurişidadir. Terminologik nomuvofiqlik ba’zan uslubiy noqulaylikdan ham oşib, notöğri tuşuniş va amaliy xatoga sabab bölişi mumkin.

Bu sohada iş boşlanmagan, deyiş adolatdan emas. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentyabrdagi 589-son qarori bilan Atamalar komissiyasi faoliyatiga oid tartib yangilangani, sohaviy luğatlar çop etilgani ma’lum. Biroq yetarli emas.

Menimça, milliy terminologiya tizimining markazida oçiq, versiyalanadigan raqamli reyestr turişi lozim. Har bir atama uçun uning ta’rifi, sohasi, tasdiqlangan şakli, maqbul variantlari, rusça va inglizça muqobillari, manbasi, tasdiqlangan sanasi va oldingi tahriri körsatilişi kerak. Bu reyestr darslik muallifi, davlat xizmatçisi, tarjimon va dasturçi uçun birdek işlaşi zarur. Atama özgarsa, uning qaçon va nima sababdan özgargani ham oçiq körinişi lozim.

Ilmiy maqola qaysi tilda yozilsa, fan ham öşa tilda yaşaydi

Özbek tilining ilm-fan tili sifatidagi istiqboli alohida e’tiborni talab qiladi. Xalqaro ilmiy muloqotda ingliz tili yetakçi. Lekin bundan özbek tilida ilmiy fikr yuritişning ahamiyati kamayadi, degan xulosa çiqmaydi. Aksinça, mamlakatda yaratilgan bilim jamiyatga öz tilida yetib bormasa, ilm-fan bilan kundalik hayot örtasida masofa uzayadi.

Bu masalada bir notöğri tasavvurni tuzatiş zarur: özbekça matnni Scopus yoki Web of Science rad etadi, deyiş adolatdan emas. Bu platformalar asosan jurnallarni muayyan sifat va tahririy mezonlar böyiça baholaydi; alohida jurnallarning til siyosati farq qiladi. Şuning uçun muammoning yeçimi “xalqaro bazalar özbekçani qabul qilmaydi”degan da’voda emas, özbek tilida sifatli, xalqaro talabga mos ilmiy naşrlar ekotizimini yaratişdadir. DOAJ, Scopus va Web of Science bir xil tizim emas, Google Sçolar esa boşqa turdagi qidiruv va indekslaş xizmatidir; ularni yagona röyxat sifatida talqin qilmaslik lozim.

Milliy ilmiy jurnallar uçun maqsadli dastur işlab çiqilsa, unda mustaqil taqriz, naşr etikasi, bibliografik standartlar, DOI, xalqaro tahrir hay’ati, oçiq metama’lumotlar va barqaror elektron arxiv asosiy örinni egallaşi kerak. Faqat indeksga kiriş uçun muammo mablağ tölaşda emas, jurnalning ilmiy sifatini oşiriş ustuvor bölsin. Indekslaş – sifatning sababi emas, uning ayrim körsatkiçlaridan biridir.

Amaliy yeçimlardan biri – ikki qatlamli ilmiy naşr modeli: maqolaning töliq matni özbek tilida, kengaytirilgan annotatsiyasi, kalit sözlari va bibliografik ma’lumotlari ingliz tilida beriladi. Zarur hollarda, töliq inglizça tarjima ham e’lon qilinişi mumkin. Bunda xalqaro körinuvçanlik va milliy ilmiy muloqot örtasida köprik quriladi. PhD tadqiqotçilari uçun akademik yozuv, ilmiy dalillaş va tadqiqot etikasi böyiça kurslar esa rasmiyatçilik uçun emas, real yozma iş va ekspert bahosi bilan yakunlanişi lozim.

Özbek tili va jahon

Özbek tilining xalqaro mavqeyini oşiriş uning örganişga qulay metodika va ta’lim resurslarining mavjudligi hamda zamonaviy kommunikatsiya vositalaridagi iştiroki bilan ham boğliq. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan amalga oşirilayotgan “Özbek maktabi” va UzAcademy loyihalari özbek tilini xorijiy til sifatida örganiş imkoniyatlarini kengaytiriş, ta’lim materiallarini zamonaviy formatlarda taqdim etiş va tilimizga qiziquvçilar uçun qulay öquv muhitini yaratişga xizmat qilmoqda. Xususan, “Özbek maktabi” tomonidan özbek tilini xorijiy til sifatida öqitişning CEFR talablari asosidagi milliy ta’lim ekotizimi yaratildi. A1, A2 va B1 darajalari uçun öquv dasturlari hamda “Xorijliklar uçun özbek tili” darsliklari tayyorlandi.

Mazkur metodika universitet huzuridagi “Özbek maktabi”, xorijdagi Özbek tili va madaniyati markazlarida aprobatsiyadan ötkazildi. Uning imkoniyatlari Oksford universitetining Özbekşunoslik dasturi talabalari va tadqiqotçilari, Ka’ Foskari universitetining turkiy tillar yönalişi tadqiqotçilari tomonidan ham sinovdan ötkazildi.

Uzacademy milliy raqamli ta’lim platformasi özbek tilini xorijiy til sifatida öqitiş bilan birga, Özbekiston tarixi, madaniyati va adabiyotini keng tarğib qilişga xizmat qiluvçi yagona raqamli ta’lim muhiti sifatida şakllantirildi. Unda A1–B1 darajalari uçun tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş va gapiriş könikmalarini kompleks rivojlantirişga qaratilgan raqamli kurslar işlab çiqildi.

Çet el fuqarolari uçun özbek tilini biliş darajasini aniqlaş va malaka sertifikati beriş tizimi joriy etilgan. Hozir A1, A2 va B1 darajalari böyiça malaka sertifikati uçun imtihonlar ötkazilmoqda. 2027-yil 1-martdan boşlab B2, C1 va C2 darajalari böyiça sertifikat beriş tizimini joriy etiş rejalaştirilgan.

Yurtimizda yagona oila bölib yaşayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillariga öz ona tili va qadriyatlarini saqlaş va rivojlantiriş uçun qançalik şaroitlar yaratib qöyilgan bölsa, özbek tilini örganişlari uçun ham qulay şaroitlar yaratilgan. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi qaroriga asosan Alişer Navoiy nomidagi özbek tili va adabiyoti universiteti huzurida Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi taşkil etildi. Prezident qarori bilan uşbu markaz zimmasiga respublikada doimiy istiqomat qiluvçi, boşqa tillarda sözlaşuvçi aholi uçun bepul öqitiş kurslarini taşkil etiş mas’uliyati yuklatildi, şuningdek, mamlakatimizdagi oliy ta’lim taşkilotlarida tahsil olayotgan özbek tilini örganiş istagida bölgan çet ellik talabalar, Özbekiston oliy ta’lim muassasalariga öqişga kirgan va kiriş istagida bölgan xorijlik fuqarolar uçun pulli ta’lim xizmatlari yölga qöyildi.

* * *

Til haqida qay darajada sözlaşişimiz emas, şu tilga dunyoning ilğor texnologiyalarni tatbiq etiş va uni xalqimiz hamda dunyo xalqlari uçun jozibador amaliy tilga aylantirişimiz özbek tilimizning ertangi taraqqiyotiga mustahkam zamin böladi. Şuning uçun ham ona tilimizning tarixiy qadrini e’tirof etiş bilangina çeklanib qolmay, uning kelajakdagi imkoniyatlarini – bola ta’lim oladigan, olim tadqiqot yozadigan, muhandis loyiha yaratadigan, fuqaro davlat bilan muloqot qiladigan va xorijlik döstlarimiz özbek tilini sevadigan til sifatida qöllanişini kengaytirişimiz kerak. Davlat tilining kuç-qudrati ana şu imkoniyatlarni yuzaga çiqarişida ham namoyon böladi.

Nozliya NORMURODOVA,
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, professor

“Jadid” gazetasining 2026-yil 23-oktyabrdagi 43-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img61

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img586

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img583