Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.08.2025 | 12:26

img565

“TURKISTON DAHOSI”NING CHIN BAHOSI

Yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan jadidshunos olim Halim Saidovning “Turkiston dahosi” kitobi nashrdan chiqarildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan bosilgan ushbu kitobdan adabiy-ilmiy maqolalar o‘rin olgan.

Halim Saidov jadidlik harakati, o‘zbek jadid adabiyoti va publitsistikasi, xususan, Behbudiy adabiy shaxsiyatining xolis va bilimdon tadqiqotchisidir. Uning yozganlarini erinmasdan sinchiklab o‘qish kerak. Chunki bu halim olim maqolalarini shunchaki yozmaydi. Maqola negizida muallifning o‘z mustaqil qarashi bo‘ladi. Bu qarash va ifoda ko‘pincha boshqa jadidshunoslar fikridan farq qiladi ham. Aslida Halim Saidovning yozish uslubi, maqolalarining ichki strukturasi, o‘ziga xos xulosalarining o‘zi maxsus tadqiqotlarga mavzu bo‘la oladi.

“Turkiston dahosi” – jiddiy kitob. Bu – Behbudiy hayoti va ijodi qariyb qirq yildan beri xayolini egallab yurgan olimning kitobi. Istiqlol yillarida Mahmudxo‘ja Behbudiy to‘g‘risida birinchilardan bo‘lib ilmiy tadqiqot olib borib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan ham shu yigit edi. Ko‘p davralarda Mahmudxo‘ja Behbudiy mavzusi o‘rtaga chiqqudek bo‘lsa, birinchi navbatda Halim Saidov nomi, maqolalari, xizmatlari xayolimga keladi. Bir necha o‘n yillar davomida ayni shaxsiyat, uning yozganlari tahlili bilan shug‘ullangan bu mutaxassis har jihatdan Behbudiy fenomeni xususida kitob ta’lif etishga haqlidir. Dissertatsiyasidan tashqari Halim Saidovning davriy matbuotda bu mavzuda bir qancha jiddiy maqolalar e’lon etganini, hatto bahs-munozaralar ko‘tarilgan pallada bilimdon mutaxassis sifatida aralashib, jo‘yali fikrlar aytganini ham bilaman.

Tabiiyki, bu izlanish pallasida Behbudiy nashr etgan “Samarqand” gazetasi bilan “Oyina” jurnalining mazmun-mundarijasini har jihatdan puxta o‘rgandi. Kitobdagi har ikki vaqtli matbuot nashriga tegishli “Samarqand” – jadidlar g‘oyasining targ‘ibotchisi” hamda “Jurnallarning eng birinchisi va yaxshisi…” deb nomlangan alohida ikki maqola shu izlanishlar hosilasidir.

Halim Saidovning jadidlar publitsistikasi, o‘zbek dramasining ibtidosi, jadid hikoyasi to‘g‘risida yozganlari ham o‘rinli. “XX asr boshlarida yosh adiblarni munosib tarbiyalab, ularning qo‘lidagi qalamni charxlash, adabiy asarlar yaratib, ular orqali o‘zlikni anglashga va oqibat xalqni ma’rifat, ma’rifat vositasida esa hurriyatga chorlash jadidlarning ezgu orzusi edi”. Aynan shu missiya, ya’ni adiblar yetishtirish, ma’rifat tarqatish va nihoyat hurriyatga erishmoq orzusining konseptual negizini Behbudiydan topamiz. To‘g‘risi, bunday fikrlarni yozish uchun, albatta, o‘sha murakkab davr adabiy, ijtimoiy, ilmiy manbalarini tekshirib, ularni fikran bir tizimga solmoq kerak.

Halim Saidov kitobida jadidlikka doir juda ko‘p masala muhokama qilinadi. Behbudiy va uning tegrasidagi shaxsiyatlar faoliyatiga ham diqqat qaratiladi. Jadidlarning jiddiy-hayotiy g‘oyai a’moli bo‘lgan ozodlik, istiqlol tushunchalari, xususan, Turkiston muxtoriyati qismati uchun “Yashasun, Turkiston muxtoriyati!” nomda alohida sahifa ajratiladi.

Birinchi manbalarni, o‘zbek mumtoz yozuvida bosilgan vaqtli matbuotdagi maqolalarni, xabarlarni, adabiy asarlarni o‘qish, anglash va uqish – bu o‘z-o‘zidan bo‘ladigan ish emas. Arabiy imloda harf tanish bilan barobar sabr, qunt va eng muhimi, tamiz lozim. Tamiz degani bilim, fahm-farosat va analizga to‘g‘ri keladi. O‘zbek mumtoz yozuvida bosilgan “Samarqand” bilan “Oyina”dan tashqari, Behbudiyning yozganlarini “Tarjimon”, “TVG”, “Tujjor”, “Ulfat” bilan “Hurriyat”dan ham izlamoq lozim. Olim ana shunday izlanishdan erinmadi. U o‘zidan oldin sarg‘aygan sahifalar changini yutib, qimmatli adabiy manbalarni tabdil qilgan olimlar xizmatini ham unutmaydi. Bu ilmda adolat va xolislik tamoyili demakdir. Halim Saidov inson va olim sifatida aynan shu fazilati bilan ham yangi toifadagi yosh-u qari jadidchilar uchun namuna bo‘ladi, deb o‘yladim.

Jadidlardan ibrat olishning qiymati xususida kitobining xulosa qismida muallif yozadi: “Bugungi avlod oldida yangi vazifa turibdi – Vatanni dunyoning har jihatdan rivojlangan yetakchi davlatlari qatoriga olib chiqish! Ana shu maqsadga erishsakkina ozodlik yo‘lida qurbon bo‘lgan bobolarning ruhlarini shod etgan bo‘lamiz”. Olim haq.

Ilm-fanda ma’lum bir adabiy hodisa yoki muammo, adib shaxsiyati yoki badiiy asarlar muhokamasida ma’naviy haq-huquq degan mo‘tabar tushuncha bor. Shunday masalalar borki, uning talqinchi-muallifi ba’zan ilmiy etikani unutadi; asil mavzu bilan yillar bo‘yi mashg‘ul bo‘lgan olim yozganlarini eslamaydi yoki stilistik tomondan mahorat bilan o‘zgartirib o‘zlashtiradi. Gohida hoshiyabozlik bilan “ko‘rganlarimdan ko‘chirganlarim” usulida haybatidan odam qo‘rqadigan kitoblarni ham do‘ndiradi.

Yana ayrim masalalar bo‘ladiki, aynan uni o‘z mutaxassisi yozmaganidan odam afsuslanadi. Har ishning o‘z egasi bor. Aslida ish egasini va egasi ishini topsa – olam guliston. To‘g‘risi, “Turkiston dahosi” aynan ish egasini topganidan darak beradi.

Bahodir KARIM,
professor

“Jadid” gazetasining 2025-yil 15-avgustdagi 33-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324