Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.05.2024 | 20:43

img315

TOSHKENTDA “FRANSUZ-O‘ZBEK TURIZM VA MADANIY MEROS KUNLARI”

Joriy yilning 16–18-aprel kunlari Toshkent shahrida Fransiyaning “Dualest” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ikki mamlakatning turizm, madaniy meros, muzey va ijodiy soha vakillari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tijorat aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha konferensiya va Fransiya-O‘zbekiston hukumatlararo hamkorlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda urbanist, arxitektura muhandisligi agentligi, feyrverk va yori­tish jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda fransuz tadbirkorlari muzeylarga sayyohlarni jalb qilishda immersiv loyihalar, bolalar va o‘smirlar uchun muzeylarda inklyuziv yechimlar kabi yirik loyihalar bilan ishtirok etishdi. Ushbu xorijiy kompaniyalar uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib keladi. Jumladan, birgina yoritgich-chiroqlar ishlab chiqaruvchi zavod dunyoning gavjum ko‘chalari va hatto “Eyfel” minorasini yoritish ishlarini ham amalga oshirgan. Shuningdek, tadbir doirasida Toshkent shahri va viloyatining mazkur sohadagi salohiyati ham taqdimot qilindi. Toshkent viloyatining turizmga ixtisoslashgan hududlarida Fransiya arxi­tekturasi asosida energiyaga tejamkor mehmonxona va chang‘i kurorti qu­rish reja qilindi. Shu bilan birga, ekoqishloqlar dizaynini yaratish bo‘yicha ham Fransiyaning yirik kompaniyasi vakillari bilan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda qurilishi rejalashtirilayotgan mehmonxonalarda suv tejashni yo‘lga qo‘yish, tabiiy quvvat olish tizimini yaratish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi. Toshkent viloyatining turizm sohasidagi tadbirkorlik subyekt­lari, jumladan, “Uzumfermer” vinochilik va “Moon Travel” turope­ratorlik kompaniyalari kelgusida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishdi. “Fransuz-o‘zbek turizm va madaniy meros kunlari” doirasida o‘tkazilgan barcha tadbirlar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlab, yurtimizda turizm salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shadi deb ishonamiz.

Odinaxon GʻULOMJONOVA,
Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi katta ilmiy xodimi
“Jadid” gazetasi 2024-yil 26-aprel 18-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596