07.10.2024 | 16:29
1572
“ULUG‘IMSAN, VATANIM…”
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi “Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga ko‘ra, respublikamizda shoir tavallud topgan kun keng nishonlanmoqda. Poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan xotira kechasida ham davlat va jamoat arboblari, adabiyotshunos olimlar, shoir-u yozuvchilar, she’riyat muhiblari jam bo‘lishdi.

Tadbirga kelganlar dastlab saroyning bayramona bezatilgan foyesida Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan suratlar hamda kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Tadbirning tantanali qismi boshlanishida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi ijodkorlari tomonidan suratga olingan hujjatli film va “Biz baxtli bo‘lamiz…”, “O‘zbekiston” she’rlari shoirlarning o‘zi o‘qigan videolavhasi namoyish etildi. Ekranda ulug‘ shoirlarimiz Erkin Vohidov va Abdulla Oripovning suratlari namoyon bo‘lib, ularning Muhammad Yusuf haqidagi fikrlari o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng sahnaga taklif etilgan mehmonlar atoqli shoirning o‘zbek adabiyoti va she’riyatida tutgan o‘rni, insoniy fazilatlari, haqida so‘zladi.
Tadbirga bag‘ishlangan badiiy qismda taniqli va yosh xonandalar ijrosida Muhammad Yusuf she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar yangradi. Konsert xotimasida O‘zbekiston xalq artisti Sevara Nazarxon ijrosida “Vatanim” qo‘shig‘i yangraganda butun zal oyoqqa qalqdi. Yig‘ilganlar qo‘shiqni xonanda bilan birgalikda kuyladi. Bunday ajoyib, ta’sirchan xotima Muhammad Yusuf shaxsiga va ijodiga ehtiromning ifodasidir.

– Muhammad Yusufning she’rlari yangrashi bilan hammaning yuragiga xuddi o‘z she’riday, o‘z yaqin do‘stining, qadrdonining, tug‘ishganining she’riday yetib borardi. Shu tobda mening xayolimga kelib turibdiki, go‘yo u o‘ziga bag‘ishlangan tabarruk anjumanlarda qatnashishni istaydi, siz, biz bilan yonma-yon o‘tirgisi keladi, u haqdagi so‘zlarimizni, she’rlarini qanday o‘qiyotganimizni, nasllarga qanday yetkazayotganimizni eshitgisi keladi. U hammamiz uchun shunday yaqin inson edi.
Aslida ham Muhammad Yusuf o‘zini hammaga yaqin olardi, odamlarni aka-ukasiday, opa-singlisiday ko‘rardi. U shunday go‘zal bir satrlar yozgandi: “Sen o‘choq oldida chaqqan gugurtning uchida lovullab tursa yuragim…” Qarang, qanday ajoyib, betakror satrlar. Xayolimda goho shunday tuyuladi: sportchilarimizning sha’n-u shavkati, zafarlari, jahon arenalarida qozonayotgan g‘alabalarini ko‘rib, shundan ko‘nglimiz o‘sib, o‘tkir isfaxon qilichlarining jaranglari yangrab turgani kabi shoirning har bir satri, har bir qofiyasi, har bir jumlasi hech qachon sinmaydigan o‘zbekning qilichiday sado berayotgandek…

– Muhtaram Prezidentimiz adabiyotimizga, yozuvchi va shoirlar ijodiga hamisha hurmat bilan yondashib kelmoqdalar. Aynan shu ma’noda “Adabiyot – xalqning yuragi” der ekanlar, adabiyot elimizning, yurtimizning dil-u joniga singishini nazarda tutganlar. Ayni kunlarda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 70 yilligi keng miqyosda nishonlanayotgani ham ana shu e’tibor va e’tirofning yorqin namunasidir.
Muhammad Yusuf she’riyati, avvalo, Vatan sevgisini, Vatanga muhabbatni o‘zida mujassam etgani bilan qadrli. Shoir she’riyatining ohangdorligi, jozibasi o‘zgacha. Shuning uchun ham shoir tavalludining 70 yilligi yurtimizda she’riyat, adabiyot, ma’rifat bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. “Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida” deb nomlangan kitobning chop etilishi shoir tavalludining qutlug‘ sanasiga munosib tuhfa bo‘ldi.
Biz “Toshkent oqshomi” gazetasida Muhammadjon bilan birga ishlaganmiz. Bu gazetada Muhammad “Maqsad Yaxshiyev” nomi bilan she’riy luqmalar chiqarardi. O‘sha paytlarda ikkimiz ham faqat oq ko‘ylagimizni kiyib yurardik. Navbatchi bo‘lib qolgan, yomg‘irli kunlardan birida, menga qarab turib “Sirojiddin, bu ko‘ylakning tagidan qovurg‘alaringiz ko‘rinib turibdi-ku”, degandi. Shunda men ham unga javoban “Sizning ko‘ylagingiz ostidan ham qovurg‘alaringiz, yuragingiz ko‘rinib turibdi”, degandim. Keyinchalik bu kabi tashbehlar she’rlarga tushdi.
Muhammadjon keyinchalik katta shoir bo‘lib elga tanildi. Ayni paytlarda turli go‘shalarda shoirning xotira kechalari o‘tkazilyapti. Muhammad Yusuf o‘zini to‘kib, sochib yashab o‘tgan ijodkor edi. Uning she’rlari hamon xizmatda. Shoir yaratgan juda katta bir she’riyat bugun ham Vatanni, adabiyotni, el-yurtimizni ulug‘lash, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida xizmat qilmoqda.

– Muhammad Yusuf, avvalo, kamtarin inson, mehribon do‘st edi. Shaxsan menga yaqinlarim, ustozlarim qilmagan yaxshiliklarni qilgandi. Hamisha bu insonni o‘zim uchun ustoz, deb bilganman.
Shoir bilan “Toshkent oqshomi” gazetasida ishlab yurgan paytlarida tanishganman. O‘shanda, 20-21 yoshlarda edim. Pushkinning bir nechta she’rini tarjima qilib, tahririyatga olib bordim. Meni Muhammadjon Yusupovga ro‘para qilishdi. Tarjimalarni o‘qib ko‘rib, “O‘zingiz tarjima qilganmisiz?” deb so‘radi. “Ha”, javobini eshitgach, “bittasini berishimiz mumkin, qolganlarini boshqa shoirlar tarjima qilishgan”, dedi. Keyin o‘zimning ham she’r yozish-yozmasligimni so‘radi. “Ha, yozaman”, dedim va bir nechta qoralamalarimni ko‘rsatdim, suhbatlashdik, maslahatlar berdi. Shu-shu qadrdonlashib ketdik. Taniqli bo‘lib ketganidan so‘ng ham ko‘plab tadbirlarda, safarlarda birga bo‘ldik. “Siz meni taniysiz” deb nomlangan birinchi kitobimning tashabbuskori ham Muhammad Yusuf bo‘lgan.
Muhammad Yusuf odamlardagi iqtidorni qadrlar, qo‘lidan kelgan yordamini ayamasdi. Odamgarchiligi zo‘r edi. Akam vafot etganlarida ma’rakalariga aytdim. Biroq Qoraqalpog‘iston safariga ketgan ekan. Men esa kelmaganiga o‘zimcha xafa bo‘ldim. Ertasiga telefonim jiringlab qoldi va tanish bir ovoz ma’yus ohangda “Muhammad akangiz Qoraqalpog‘istonda o‘tib qoldilar”, dedi. Ustimdan muzdek suv ag‘darilgandek bo‘ldi. Men eng yaqin odamlarimning yana bittasini – qadrdon insonim, akamni yo‘qotib qo‘ygandim. Xalqimiz esa samimiy, dilkash, betakror shoiridan ayrilgandi.

– Bugun barcha oila a’zolarimiz, uchun nihoyatda baxtli kun bo‘ldi. Shoir Muhammad Yusufning 70 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechalari ko‘tarinki ruhda o‘tayotir. Shunisi e’tiborliki, har yili 26-apreldan boshlab muxlislarning, she’riyat ixlosmandlarining xohish-istagi, tashabbusi bilan shoirning tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi. Bu Muhammad Yusuf shaxsiga, uning ijodiga munosabat, hurmat, e’tibordan dalolat. 23 yildan buyon bu an’ana to‘xtagani yo‘q.
Fursatdan foydalanib, yurtimizda Muhammad Yusufga ko‘rsatilayotgan ehtirom uchun Prezidentimizga, hukumatimizga, xalqimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bu kabi tadbirlar Yurtboshimiz tomonidan adabiyotga, adiblarga berilayotgan katta e’tiborning yorqin namunasidir.
Gulchehra UMAROVA yozib oldi.
“Jadid” gazetasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 41-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



