Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.05.2025 | 16:47

img538

URUSH VA TINCHLIK

9-may – Xotira va qadrlash kuni nafaqat tarixni yodga olish, balki yurtga muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini qalbimizda uyg‘otadigan muqaddas sana hisoblanadi. Bu kuni biz fashizmga qarshi kurashda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimizni chuqur ehtirom bilan yodga olamiz. Gʻalabaga o‘z joni, mehnati va sabr-u matonati bilan ulkan hissa qo‘shgan millionlab yurtdoshlarimiz – urush va mehnat fronti faxriylarini alohida ehtirom bilan sharaflaymiz.

Bu kun – kelajak avlod qalbiga milliy iftixor, vatanga muhabbat va jasorat ruhini singdirish, fidoyilik saboqlarini o‘rgatish, o‘rganish pallasi ham. Men esa shu muqaddas kunlarda otam – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Xalil Yo‘ldoshevning fidokorona hayoti va mardonavor xizmatlarini yuksak faxr va g‘urur bilan xotirlar ekanman, ularning hayoti orqali nafaqat bir oila, balki butun avlod qanday jasorat, sabr va sadoqat bilan yashaganini his qilaman.

Otam urush boshlanganidayoq janggohga yo‘l olgan. U kishi frontda radist, aloqachi va razvedkachi sifatida xizmat qilgan. Gvardiya starshinasi unvonini olgach, 7-alohida gvardiya aloqa rotasiga telefon bo‘limi komandiri etib tayinlangan.

Jang maydonida otam hayotini ko‘p bor xavf ostiga qo‘ygan. Esimda, u kishi bizga Belarusning Nikolayevka qishlog‘i yaqinidagi jang haqida hikoya qilar ekan, har gal ko‘zlarida yosh qalqirdi. Artilleriya otishmalari vaqtida shtab bilan aloqa uzilib qolganida simlarni 18 marta ulab, diviziya shtabini polk komandiri bilan uzluksiz muloqotda ushlab turgani haqida faxr bilan gapirardi.

Otam yana bir voqeani quvonch va iztirob aralash so‘zlab bergan. Fashistlarning joylashuvini aniqlash uchun yuborilgan guruh tarkibida bo‘lgan otam front chizig‘ini kesib o‘tib, razvedka ishlarini olib boradi. Safdoshlarining ko‘pchiligi daydi o‘qdan qirilib ketadi, otam esa yarador holida uzoq yo‘l bosib, o‘ta muhim ma’lumotni komandirga yetkazishga muvaffaq bo‘ladi. Shu ma’lumotlar asosida dushman ustiga hujum uyushtirilib,  ular tor-mor qilinadi.

Otam Kursk yaqinidagi dahshatli janglarda, Dnepr daryosini kechib o‘tishda ham ishtirok etgan. Yaqinlar to‘kin-sochin dasturxon boshida yig‘ilgan kezlarimizda u kishi ba’zan kutilmaganda hardamxayol bo‘lib qolar, harchand sezdirmaslikka urinsa-da, allaqachon bizga yod bo‘lgan manzaralar – bir necha kun yemaksiz qolib, ko‘lmak suvlar ichganlari, o‘qlar yomg‘iri ostida daryodan kechib o‘tganlari – urushning og‘ir zahmatlari xayolida birma-bir jonlanayotgani shundoq ko‘zlaridan bilinib turardi. Biroq padarimiz o‘tkan kunlaridan biror marta nolimas, bu bilan qanday yuksak matonat egasi ekanligini so‘zsiz uqtirib qo‘yardi.

Otamning o‘zlari hadeb aytishga og‘rinadigan, biz esa jon qulog‘imiz bilan tinglaydigan bir hikoyasi bo‘lardi. Bu – navbatdagi razvedka vaqtida otamning oldida dushman snaryadi portlab, bir chekkaga uloqtirib yuborgani va buning oqibatida u kishining og‘ir jarohat olishi bilan bog‘liq voqea edi.

Shundan so‘ng, 1944-yili otamiz Toshkentga qaytib, uzoq vaqt gospitalda davolanadi. Janggohda ko‘rsatgan mardonavor xizmatlari uchun ko‘ksi shoda-shoda orden-u medallarga to‘ladi. Xonasiga tuyqus kirib qolsak, ba’zan u kishini o‘ziga tegishli “Jasorati uchun” medaliga termilib o‘tirgan holda uchratardik. O‘shanda yoniga imlab, boshimizdan silab: “Urush dahshatini biz ko‘rdik, sizlar ko‘rmang. Urush siz televizorda ko‘rgan paxtavon otishma-yu paqilloq shovqini emas”, deb chuqur xo‘rsinardi. Yurakni ezadigan og‘ir sukunat zamirida urushning neki dahshati – jondo‘stdan ayrilish, qoraxatlar, onalar faryodi, ko‘zlari oldida yiqilayotgan do‘stga yordam berolmaslik azobi, yetimlik anduhini… his qilardik. So‘ng “Bugun osmon tinch, dasturxon to‘kin, bolalar maktabda o‘ynab-kulib o‘qiyapti – eng katta g‘alaba, eng buyuk ne’mat shu – xalqning erki, ozodligi”, deya sukunatni kesib, chiroyi yorishardi. Ana shu yuz-ko‘zlarda tinchlik hikmatini ro‘y-rost o‘qirdik.

Har yili Xotira va qadrlash kuni arafasida oilamiz a’zolari jam bo‘lib, poytaxtimizdagi “Minor” qabristoniga yo‘l olamiz. Ota-onamizning qabrini ziyorat qilib, ularning ruhiga atab Qur’on tilovat qilamiz. Ilohim, o‘tgan ajdodlarimiz – Xalil otamiz va Umriniso onamizning, urush va urush oqibati qurbonlarining ruhlari shod, oxiratlari obod bo‘lsin.

Keksalar duolarida niyat qilganidek, xalqimiz hech qachon urush nimaligini bilmasin. Iloho, yoshlarimiz tinchlik va farovonlik, mustaqillik va erkinlik nashidasini bilsin-u, shukronasini qilsin.

Guljamila A’ZAMXO‘JAYEVA,
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 9-maydagi 19-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596