03.10.2026 | 14:28
2825
UYGʻONING, ODAMLAR!
Yer yuzida 220 dan ortiq millat va xalq bor. Biroq ularning hech biri biz kabi 500 kishilik to‘y, to‘ydan keyin “charlar”, “otako‘rdi”, “kelinko‘rdi”, yana allambalo marosimlar, udumlar qilmaydi. Yer yuzidagi hech bir millat ertalab turib nahorda oshga bormaydi; kelin-kuyovning uyini jihozlar, maishiy texnikalar bilan to‘ldirib, parda, gilam, qalin, sarpo-suruq qilmaydi.

Aqlini yegan milliarder ham qiz chiqarsa yoxud o‘g‘il uylantirsa, to‘yda pul sochmaydi. To‘yxonada, katta monitorda “Love story” (muhabbat tarixi) kabi bema’ni lavha qo‘ygan biror inglizni ko‘rganim yo‘q. Nihoyat, 220 dan ortiq millat va xalqning birortasida 500-600 kishilik to‘yxonaning o‘zi yo‘q.
Uyg‘oning, odamlar! Xalqni, davlatni to‘ylarning kattaligi, dabdabali yo shohonaligi emas, ilm-ma’rifati, aql-u salohiyati, intellektual avlodi yuksaltiradi.
Hurmatli tadbirkorlar! Yurtga 1000 kishilik to‘yxona emas, 500 o‘rinli maktab quring, 300 sig‘imli kutubxona, 100 o‘rinli bolalar bog‘chasi quring. Kitoblar olib bering, maktablarni gazeta-jurnallarga obuna qildirib bering – homiylik qiling.
Ota-onalar! Yoshlarning uyini maishiy texnikalar bilan emas, ularning ongini ma’naviy “texnikalar” bilan boyiting. Kelinlik, kuyovlik, oila ilmini, ro‘zg‘or tutish ilmini o‘rgating. Ustaga bering, hunar o‘rgating.
Xalqqa “Love story” emas, ilm kerak. To‘yxona emas, maktab kerak.
Pivo festivallari emas, ma’rifat, madaniyat, axloq kerak.
Erkinjon YARASHEV
Facebook
“Jadid” gazetasining 2026-yil 25-sentyabrdagi 39-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
48
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
125
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
315

