Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.09.2026 | 10:49

img2913

NASRIMIZ NAMUNALARI

Taniqli navoiyshunos Qodirjon Ergashev “Muharrir” nashriyotida chop etilgan “XV-XVII asrlarda tarixiy nasr taraqqiyoti” nomli monografiyasida tarixiy nasrning Sharqda paydo bo‘lishi, xususiyatlari, asosiy rivojlanish tendensiyalarini arab, fors tilidagi manbalar, ularga oid ilmiy tadqiqotlar asosida jiddiy tarzda yoritishga muvaffaq bo‘lgan. To‘rt bobdan iborat kitob o‘zbek adabiyoti tarixida nasrning yuzaga kelishi va taraqqiyoti, mavzular ko‘lami, bu jarayonda Alisher Navoiyning o‘rni kabi qator nazariy masalalarni qamrab olgan.

Tadqiqotchi Hazratning nasriy asarlari o‘zbek adabiyotida tarixiy nasrning yuzaga kelishida muhim o‘rin tutganini ta’kidlagani holda, Navoiyga qadar ham turkiy tilda tarixiy asarlar yaratilgani, biroq bizgacha yetib kelmaganini qayd etadi.

Bundan tashqari, Qodirjon Ergashev “Tarixi anbiyo va hukamo”ni tahlil qilar ekan, asar payg‘ambarlarga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, unda hakimlar – faylasuflar haqida so‘z borishi uning “fan tarixi yuzasidan ham” alohida ahamiyatga molik ekaniga e’tibor qaratadi. Asar badiiy tasvir vositalarining keng qo‘llanishi, mavzuning qamrab olinishi hamda lisoniy tarafdan atroflicha tadqiq qilingan. “Tarixi muluki ajam” asarida davr an’anasidan kelib chiqib ko‘plab mifologik personajlar tarixiy shaxslar sifatida ham talqin qilingan. Olim Navoiy ma’lumotlari bilan zamonaviy tarixshunoslik ilmi qabul qilgan xronologiyani izchil chog‘ishtirib, ayrim ma’lumotlarni oydinlashtiradi.

Monografiyaning ikkinchi bobi “XVI asrning boshida tarixiy nasrda yuzaga kelgan yangi tamoyillar. “Tavorixi guzida – Nusratnoma”, “Zubdat ul-osor” asarlari” deya nomlanadi. Unda mazkur davr adiblari ijodining o‘ziga xosliklari, adabiyotda ko‘zga tashlangan yangi hodisa va tamoyillar, eng avvalo, jamiyatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ularning xalq ongi va tafakkuriga ko‘rsatgan ta’siri hamda yangi davr talablari bilan bog‘liqligi qiziqarli yoritiladi. Olim “Boburnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye”, Fayzulloh ibn Ro‘zbexonning “Mehmonnomayi Buxoro”, Binoiyning “Shayboniynoma” singari asarlari, bundan tashqari, ayni shu davrda yaratilgan badiiy nasrning go‘zal namunasi bo‘lmish Xojaning “Gulzor” va “Miftoh ul-qulub” asarlari tahliliga ham, muxtasar bo‘lsa-da, to‘xtaladi, ularning adabiy qiymatini aniq ko‘rsatadi.

Monografiyaning navbatdagi bobi “Memuar-avtobiografik janr. “O‘tamish Hoji tarixi” asari. Tarixiy nasrning tarjima asarlar hisobiga boyishi” deb nomlangan. Muallif Movarounnahrda yuz bergan ulkan o‘zgarishlar mintaqa hayotining barcha jabhalariga beistisno ta’sir qilgani va bu holat mazkur davrda yaratilgan ilmiy, badiiy asarlarda aks etganiga urg‘u beradi: “Faqat XVI asr nasrining emas, umuman, o‘zbek va jahon adabiyotining shoh asarlaridan biri bo‘lib qolgan “Boburnoma”ning yaratilishi ham ana shu tamoyillar bilan bog‘liq edi. Bu asarning maydonga kelishi XVI asr o‘zbek nasrida yangi bir hodisa – tarixiy-memuar janr paydo bo‘lganidan dalolat qiladi”. “Boburnoma” haqida “ko‘p va xo‘b” yozilgan va yozilmoqda, biroq Qodirjon Ergashev asarning kamroq e’tibor qaratilgan qirralarini “o‘zbek tarixiy nasri taraqqiyoti aspektida ko‘rib chiqish va uning ayrim o‘rganilmagan jihatlarini, muammoli masalalarini yoritib berishni” o‘z oldiga ilmiy muammo sifatida qo‘ygan va, aytish mumkinki, buning uddasidan chiqa olgan.

Kitobning so‘nggi bobi “Abulg‘oziy Bahodirxonning tarixiy nasr rivojiga qo‘shgan hissasi. “Shajarayi turk” va “Shajarayi tarokima” asarlarining tarixiy nasr va adabiy yodgorlik sifatidagi xususiyatlari va ahamiyati” deb nomlanadi. Har qanday asar muayyan davrning hosilasi, mevasi ekanini tadqiqotda doimo bosh prinsip sifatida bilgan muallif bu ikki yodgorlikning yuzaga kelish sabablarini quyidagicha izohlaydi: “XVII asrdagi siyosiy beqarorlik, murakkab ijtimoiy ahvolning fan va adabiyotga ko‘rsatgan salbiy ta’sirining natijasi o‘laroq tarixnavislikda yuzaga kelgan bo‘shliq va uni to‘ldirish zarurati Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” va “Shajarayi tarokima” asarlarining yaratilishi uchun turtki bergan omillardan biri edi”. Tadqiqotchi ushbu asarlarning tarixiy va adabiy manba sifatidagi ilmiy ahamiyatini dalillar bilan isbotlab bergan.

Monografiya mavzu doirasida amalga oshirilgan tugal tadqiqot hisoblanadi. Biz esa imkoniyat doirasida ayrim jihatlariga to‘xtaldik, xolos. Muhimi, muallif media maydonda javlon urmaydi, ilmiy haqiqatni o‘rinsiz hayajonga berilib baland ovozda “e’lon” qilmaydi, aksincha, vazmin izlanadi, qidiradi, topadi va isbotlaydi. Kitobni o‘qigan o‘quvchi beixtiyor muallif taqdim qilgan jarayonning ishtirokchisiga aylanadi, uning dalillash mahoratidan zavq oladi. Ifodada ilmiy akademizmga qat’iy amal qilish (afsuski, vaqt o‘tgani sayin bunday olimlar safi siyraklashmoqda), faktlarga nisbatan halol va tanqidiy munosabat, keng mushohada-mulohaza, mantiqiy izchillik kabi xislatlar olim ilmiy faoliyatiga xosdir.

Kezi kelganda bir mulohazani aytib o‘tish joiz. Monografiyaga manbalarning batafsil ilmiy tavsifi hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatining to‘liq ilova etilishi kitobning ilmiy qiymatini yanada oshirgan bo‘lur edi. Biroq bu mulohaza monografiyaning umumiy saviyasi va sajiyasiga soya sololmaydi, yuksak ilmiy darajada bajarilgan ish bilan muallifni hamda mumtoz adabiyotimiz muhiblarini qutlab qolamiz.

Abdurasul ESHONBOBOYEV,
adabiyotshunos

“Jadid” gazetasining 2026-yil 11-sentyabrdagi 37-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img97

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img135

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328