Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.08.2026 | 09:30

img1688

O‘ZBEKISTONNI TANIMOQ BAXTI

XIX asr oxiri va XX asr boshida Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlari ikki bor Turkiya shaharlariga tashrif buyuradi. Ayniqsa, 1914-yildagi safari “Oyina” jurnali sahifalarida batafsil yoritiladi. Allomaning jadidlik g‘oyasi va islohotlariga kuch-quvvat bergan omil ham ayni safar taassurotlari, xususan, Kichik Osiyodagi taraqqiy mevalariga guvoh bo‘lganidir. Bugun esa O‘zbekistondan o‘rganiladigan davrlar keldi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa sifatida turkiyalik taniqli olim Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi chop etildi. Mazkur asar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida amalga oshirilayotgan “Ma’rifat elchilari” loyihasi doirasida o‘zbek va turk tillarida nashrga tayyorlandi.

Kemal Yavuz Ataman huquqshunos, siyosatshunos, sharqshunos olim, adib va jamoat arbobi. U globallashuv, Movarounnahr sivilizatsiyasi, tasavvuf, navoiyshunoslik, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar muallifi hisoblanadi. Olim ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zbek olimlari va mutafakkirlarining ilmiy merosini turk tiliga tarjima qilish va nashr etish, qo‘shma ilmiy anjumanlar hamda madaniy loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Kitobning taqdimot marosimida davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari va vakillari, olimlar, akademiklar, ziyolilar, yozuvchi va tarjimonlar, diplomatik korpus vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, talabalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, akademik Akmal Saidov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyid, tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilova mazkur ijod mahsuli nafaqat O‘zbekiston haqidagi ilmiy-ma’rifiy asar, balki xorijlik olim nigohida mamlakatimiz tarixi, madaniyati va zamonaviy taraqqiyotini aks ettiruvchi muhim ilmiy manba hisoblanishini ta’kidlab, muallifni mashaqqatli mehnatlari samarasi bilan qutladi.

Asarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan davlat siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar, xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qilayotgan o‘zgarishlar hamda mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi haqida xolis kuzatuvlar va ilmiy xulosalar ta’sirchan bayon etilgan. Shuningdek, muallifning 1991-yildan buyon yurtimiz bo‘ylab amalga oshirgan qator sayohatlari, turli hududlarda olib borgan ilmiy ekspeditsiyalari, arxiv va manbalar asosidagi izlanishlari, davlat va jamoat arboblari, olimlar, ziyolilar hamda oddiy insonlar bilan samimiy muloqotlari jamlangan.

Kitob ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda Movarounnahr sivilizatsiyasi, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarning jahon tamaddunidagi o‘rni, buyuk allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosi, islomiy madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi, tasavvuf maktablari va turkiy xalqlar o‘rtasidagi tarixiy aloqalar keng yoritilgan bo‘lsa, ikkinchi qism Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot modeliga bag‘ishlangan. Unda davlat boshqaruvi tizimidagi islohotlar, iqtisodiy liberallashuv, investitsiya siyosati, raqamli transformatsiya, ta’lim va ilm-fan sohasidagi o‘zgarishlar, yoshlar siyosati, gender tengligi, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatning Markaziy Osiyodagi integratsion jarayonlar va global siyosatdagi faol ishtiroki ilmiy tahlil qilingan.

Taqdimot doirasida ishtirokchilar kitobning ilmiy ahamiyati, uning O‘zbekistonning boy tarixi, milliy-ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyot yo‘lini xorij auditoriyasiga yetkazishdagi o‘rni haqida fikr almashdilar. Muallifning O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.

Otabek BAKIROV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 14-avgustdagi 33-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img329