16.06.2026 | 14:28
2948
XAYRLI MANBA
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ko‘p jildli Islom ensiklopediyasini yaratish barobarida tayyorlangan bir jildli muxtasar “Islom ensiklopediyasi” nashrdan chiqdi.
Ma’lumki, har qanday ensiklopediya o‘z davri va jamiyatining in’ikosi hisoblanib, tegishli mamlakat va hududlarda ustuvor bo‘lgan qadriyat va an’analarni o‘zida aks ettiradi. “Islom ensiklopediyasi” ham bu qoidadan mustasno emas, albatta. Qolaversa, ushbu ensiklopediya uzluksiz jarayon, ya’ni, davomli loyihadir.

Bir jildli ensiklopediyani nashrga tayyorlashda ko‘p sonli o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olingan, kitob islomshunoslik sohasidagi yangi ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan boyitilgan, tahrir hay’ati a’zolari tomonidan shaklan, mazmunan qayta ishlangan. Uni tayyorlashda mamlakatimiz va xorijdan 80 dan ortiq olim va mutaxassislar muallif, tarjimon va taqrizchi sifatida qatnashgan. Arab, turk, fors va rus mualliflari asarlaridan foydalanilgan.
Kitob O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Islom ensiklopediyasi” o‘quvchilariga tabrigi bilan boshlanadi. Unda Islom ma’rifati, tarixi, shariat va tariqat qonun-qoidalari, muqaddas obidalar, dinimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk shaxslar va ularning boy merosi haqida tizimli maqolalar berilgan. Shuningdek, ilmiy-ijodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyati jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan shaxslar va qimmatli asarlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritilgan.
Maqolalarning 30 foizga yaqini mahalliy, 70 foizdan ziyodi umumbashariy voqea va hodisalar, atamalar hamda shaxslarga bag‘ishlangan. Kitobga o‘zbekistonlik barcha muftiylar, mufassirlar va dunyoga mashhur ulamolar kiritilgan. Jami 1 ming 232 ta maqoladan 351 tasi biografik maqoladir.
Xalqimiz ma’naviyati uchun zarur bo‘lgan ushbu yangi ensiklopediyaning ilmiy-akademik nashrini yaratishdan asosiy maqsad – Islom dini, tarixi, ta’limoti, uning turli davrlardagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy jarayonlarga ta’siri to‘g‘risida xolis ilmiy-tahliliy ma’lumotlar berishdan iborat. Shuningdek, kitob islomiy e’tiqod mohiyatini buzib talqin qiluvchi mutaassib, aqidaparast, ekstremist guruhlar faoliyati va ularning iddaolariga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, radikal oqimlar tahdidlarining oldini olish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.
Ensiklopediyaning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini inobatga olgan holda, uni dastlab ingliz, fransuz, arab, rus, keyin esa imkoniyat doirasida boshqa tillarga ham tarjima qilib chop etish mo‘ljallangan.
Ozodbek ALIMOV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 12-iyundagi 24-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



