07.02.2025 | 09:18
431
XIJOLATPAZLIK VA MAS’ULIYAT
Pedagog bo‘lganim bois, viloyatdagi aksar madaniy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashaman. Ana o‘sha yig‘inlarda meni bir savol qiynaydi: biz qachongacha ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-adabiy meros va ular zabt etgan marralar bilan maqtanib yashaymiz?!
Qaysi tadbirga bormang shu gap: biz falonchi va falonchilarning avlodimiz! Ajdodlarimiz undoq qilgan, bundoq qilgan deb ko‘krakka urishlar, falonchi bizning bobomizni tortib olmoqchi, deb jazavaga tushishlar.

Gapim noo‘rin bo‘lsa ma’zur tutgaysiz, ammo bugun biz o‘zimizni merosxo‘r sanab, ko‘ksimizni kerib maqtanayotgan o‘sha bobolarimiz qiyin shart-sharoitda yashashiga qaramay, o‘zlari mustaqil izlanib, o‘qib-o‘rganib biz faxr qilayotgan ilm-u irfon cho‘qqilarini zabt etishgan. Ularga hech kim topshiriq yoki ko‘rsatma bermagan.
Shunday ekan, biz ham bugunning egalari o‘laroq ertangi avlodlarimiz faxr etishi mumkin bo‘lgan ixtirolar-u ilm-fan yangiliklariga qo‘l uraylik. Vaholanki, ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lolmayotgan ekanmiz, hech yo‘q kelgusi avlodlar oldida mas’uliyatni his qilaylik.
Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida faoliyat olib borayotgan hamkasblarimga va markazda malaka oshirayotgan o‘qituvchilarga ana shu hayotiy haqiqatni bot-bot takrorlab turaman. Quvonarlisi, ular bilan fikrimiz bir joydan chiqib, gapimiz gapimizga ulanib ketaveradi…
Ma’lumot uchun, hozirda Farg‘ona viloyatining maktab tizimida 56 mingdan ortiq pedagog faoliyat olib borayotir. Viloyat pedagogik mahorat markazi bir vaqtda 1200 nafar tinglovchini qayta tayyorlash va o‘qitish imkoniyatini shakllantirgan. Sayyor kurslarimizda esa 1500 nafardan ziyod o‘qituvchilar o‘z malakasini oshirishga erishdi.
Markazdagi hamkasblarim ham barcha islohotlar avvalo ta’limdan boshlanishini urg‘ulab, hozirgi pedagoglar oldida bugunning Avloniysiga aylanib, sohada tashabbus va islohotlarga qo‘l urmoq vazifasi turganini alohida ta’kidlashadi. Jamoamiz bilan ana shu maqsad yo‘lida hamjihat harakat qilayotirmiz.
To‘g‘ri, ajdodlar merosini targ‘ib qilish lozim. Lekin oltin o‘rtalikni tutgan holda bobolar amalga oshirgan ishlar bilan maqtanishda me’yorni bilgan ma’qul.
Topqir xalqimizda: “Birovning tahoratiga namoz o‘qima”, degan pand bor. Shu ma’noda, bugungi yoshlarimizning o‘z vazifalari, missiyalari, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yumushlari bisyor. Biz ana shu mas’uliyatni unutmasligimiz shart..
Maftuna ODILXO‘JAYEVA,
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 31-yanvardagi 5-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



