17.09.2026 | 09:38
2746
YANGI KITOBLAR
SHE’RDA QOLGAN YURAK
Olmos mening yuragim,
Tolmas mening yuragim.
Kim aytadi she’rimda
Qolmas mening yuragim?
Mana shu to‘rt qatorgina she’r necha-necha avlodlarning xotirasida muhrlanmagan, deysiz. Muhimi, taniqli bolalar shoiri Qudrat Hikmatning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etilgan zamonaviy dizaynga ega yangi to‘plami mana shunday ta’sirchan she’rlarga boy. Yoshi katta insonlar bu she’rlarni o‘qib, beg‘ubor bolaligini eslasa, jajji o‘quvchilar samimiy she’riyat bilan uchrashib, betakror taassurotlarga ega bo‘ladilar.
O‘tgan asrning 50–70-yillarida shoirning “Mening Vatanim”, “Baxtli bolalar”, “Obodlik”, “Do‘stlik”, “Uch o‘rtoqning sovg‘asi”, “Nevara mehri”, “Alisher va kitob”, “Soatjonning soati”, “Toshbaqalar hujumi”, “Shamol botir”, “O‘g‘lim bilan suhbat” singari o‘ndan ortiq to‘plamlari keng ommalashgan. “Olmos mening yuragim” nomli kitobda o‘sha to‘plamlardagi eng sara she’rlar jamlangan.

QAHRAMON O‘SMIRLAR
Ayni paytda zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘smirlar uchun yaratilgan asarlar nihoyatda kamyobligi sir emas. Shu ma’noda, yosh ijodkor Mehrixon Ortiqovaning “Jumboqlar kundaligi” asari ana shu bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Fantastik roman sifatida taqdim etilgan mazkur asarning asosiy qahramonlari o‘smirlar bo‘lib, ularning aql bovar qilmas sarguzashtlari qiziqarli tilda hikoya qilinadi.
“– Anunnakilarni fosh qilish shunchalik oson ish deb o‘ylaysizmi? – birdan suhbatga aralashdi anchadan beri jim o‘tirgan g‘ayrioddiy mehmon.
– Muddaoga o‘tadigan bo‘lsak, biz ham shogirdim bilan Reptiloidlarni o‘rganyapmiz, – hamrohini qo‘llab-quvvatladi professor. – Avvaliga buning iloji yo‘qdek tuyulardi, ammo kecha sizning sharofatingiz bilan mana buni olib qochishga ulgurdik.
U shunday deb stol ustida yopib qo‘yilgan matoni ko‘tardi…”
Xo‘sh, fosh qilinmoqchi bo‘layotgan anunnakilar, professor shogirdi bilan o‘rganayotgan reptiloidlar kimlar? Stol ustida yopib qo‘yilgan sirli narsa nima? Albatta, o‘quvchilar bu kabi savollarga kitobni o‘qibgina javob topadilar. Ushbu kitob ham Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr etilgan.
Nigina ISKANDAROVA
“Jadid” gazetasining 2026-yil 11-sentyabrdagi 37-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
37
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
120
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
312



