Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.03.2025 | 12:40

img559

YAPON MAKTABLARIGA KELDI HAVASIM

Aytishlaricha, Yaponiya maktablarida boshqa davlatlarda uchramaydigan qoidalar mavjud ekan. Ular boshqalardan shu jihati bilan ajralib turisharkan.

1. Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

2. Yapon maktabi o‘quvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan uyushtirilgan ovqatlar olib kelinadi va o‘quvchilar ularning hammasini yeyishga majbur.

3. Yapon maktablarida yozgi ta’til berilmaydi. 5 haftalik ta’til o‘quv yili davrida beriladi va o‘sha davrda ham o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan muttasil shug‘ullanib keladi.

4. Maktabda farrosh yo‘q, bu vazifani o‘quvchilarning o‘zi bajaradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hech qayerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar.

5. O‘quvchilarga turli-tuman soch turmaklari, lak-bo‘yoqlar qat’iy taqiqlangan.

6. Yapon bolalari forma kiyishga boshlang‘ich sinfdan keyin o‘tishadi.

7. Har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart. Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o‘tiladi va ular bu san’atni juda yaxshi egallagan bo‘lishlari kerak. Sinovdan o‘ta olmagan o‘quvchilar boshqa o‘qituvchida qayta mashg‘ulotlardan o‘tgachgina, takroriy sinovga qo‘yiladi.

8. Maktabda bir o‘quvchining o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yapon ta’lim tizimida “Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q” degan tushuncha ustuvor. Yapon maktabi har bir o‘quvchini teng va betakror deb biladi, maktab ularni har taraflama tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Yaponlar bolani qanday tarbiyalashni, o‘qitishni biladi. Bunday bolalarning kelajagi porloq bo‘lmay, kimning kelajagi porloq bo‘lsin? Bu qoidalar sizgayam yoqdimi? Bularni bizda joriy etishga nima to‘sqinlik qiladi?

Hakimjon ERMATOV
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-martdagi 10-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604