Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.11.2025 | 16:16

img660

YASHIL KELAJAK SARI

Islomjon QO‘CHQOROV

Bugun yurtimizdagi afkor omma jadal rivojlanishlar va iqtisodiy o‘sishlarni e’tirof eta turib, ekologik muammolar tahdidiga ham o‘z qat’iy munosabatini bildirib kelmoqda. Sir emaski, atmosfera ifloslanishi, global iqlim o‘zgarishlari, o‘rmon yong‘inlari, muzliklarning tez sur’atlarda erib borishi va quruqlikning chekinayotgani dunyo aholisi salomatligi, biologik xilma-xillik, umuman, ekologik barqarorlikka xavf solyapti. Mazkur ekologik masalalarning oqibatlarini yumshatish borasida yurtimizda ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga barchamiz guvohmiz. Jumladan, 2025-yil 19-noyabr kuni “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ham ushbu sohaga qaratilgan jiddiy e’tiborning yaqqol tasdig‘idir.
Farmonga muvofiq, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarildi hamda amaldagi shtat birliklari saqlangan holda uning negizida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etiladigan bo‘ldi. Uning zimmasiga qator ustuvor vazifalar yuklatildi: yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash; atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat siyosatini izchil yuritish; “Yashil makon” umummilliy loyihasini keng miqyosda amalga oshirish; o‘rmon maydonlarini ko‘paytirish, bioxilma-xillikni asrash; global iqlim o‘zgarishi ta’sirlarini yumsha­tish; cho‘llanish va yer degradatsiyasiga qarshi samarali choralar ko‘rish shular jumlasidandir.
Shu bilan birga, yangi qo‘mita mamlakatda ekologik siyosatning yagona markazdan boshqarilishi va tizimli muvofiqlashuvini ta’minlashi kutilyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibida ikki shtat birligidan iborat Ekologiya masalalari bo‘yicha Prezident maslahatchisi bo‘lin­masi tashkil etilgani ekologik siyosatni strategik darajada muvofiqlashtirish va nazoratni kuchaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Hamzayev:
“Ushbu islohotlar mamlakatimiz rah­bariyati ekologik barqarorlikni ta’min­lash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida aniq va uzoqni ko‘zlangan maqsadlarni belgilab olganini tasdiq­laydi. Yangi tizim ekologik nazorat samaradorligini oshirish, kompleks yondashuvni ta’minlash uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi va uning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi sifatida biz ushbu oqilona va qat’iy siyosatni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Dav­latimiz rahbarining ekologiya sohasida ichki va tashqi siyosatda yangi pragmatik g‘oyalar ilgari surayotganini yuksak e’tirof etib, shu kabi g‘oya va tashabbuslariga o‘z hissamizni muntazam qo‘shib boramiz”.
Ekologiya qo‘mitasi raisining 4 nafar o‘rinbosari Prezident tomonidan lavo­zim­ga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy xizmat va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda Prezident maslahatchisi o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi. Ekologiya qo‘mitasi raisi bir vaqtning o‘zida Ekopolitsiya boshlig‘i hisoblanadi.
Shuningdek, farmonga muvofiq Eko­logiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mi­tasining 40 nafar shtat birligi asosida Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tashkil etiladi. Ekopolitsiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni (elektroshoker quril­malarini) va xizmat qurolini (rezina o‘qli, to‘r otuvchi) qo‘llash huquqi beriladi hamda ularning maxsus kiyimiga bodi-kameralar o‘rnatiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi Oybek Rahimov: “Ekologik monitoringning raqamlashuvi va yangi ekspert platformalarining joriy etilishi davlat, biznes va fuqarolik jamiyati ishtirokini kengaytirib, ekologik boshqaruvni ochiq va barqaror modelga olib chiqadi”.
Farmonga muvofiq Ekologiya qo‘mitasi huzurida “Ekoloyihalar fabrikasi” tashkil etiladi. Ekologik tashabbuslarni mahalliy darajada qo‘llab-quvvatlash, aholi o‘rta­sida atrof-muhit madaniyatini oshirish va yoshlarning eko-faolligini kuchaytirish ham muhim vazifalardan biri sifatida ko‘rilyapti.
Yangi hujjatlar ma’muriy o‘zgarishlar bilan cheklanmay, javobgarlik, jamoatchilik nazorati va raqamli monitoringni birlash­tirgan kompleks tizimni joriy qilyapti. Jumladan, 2026-yil 1-apreldan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun yuridik shaxslarga moliya­viy sanksiyalar qo‘llash tartibi joriy etiladi, bunda: moliyaviy sanksiyalar pul undirish (jarimalar) tarzida faqat yuridik shaxslarga qo‘llanadi; bir xil huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llangan yuridik shaxslarning xodimlariga ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi; huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirish olish hamda jarimani to‘lash qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxsni Ekologiya qo‘mitasining qarorini (taqdimnomasini, ko‘rsatmasini) bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva: “Bu farmon mamlakatda ekologik boshqaruvni moder­nizatsiyalash va turizmni yanada barqaror rivoj­lantirishga yo‘naltirilgan. Mahalliy kengash deputatlari sifatida biz ushbu farmonning joylarda samarali ijro etilishini ta’minlash, yangi boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash, aholi bilan bevosita ishlashda ekologik madaniyatni oshirish va turizm infratuzilmasini mustahkamlash borasida faol ishtirok etishga tayyormiz”.
Ko‘rinib turibdiki, “Yashil makon”, “Toza havo”, “Bio-meros”, “Eko-madaniyat” kabi loyihalarning aniq vakolatli organ tomonidan boshqarilishi ekologik das­turlarni uzoq muddatli maqsad-natijalarga yo‘naltirilgan davlat siyosatiga aylantiradi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda ekologik xavfsizlik davlat siyosatida alohida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanyapti. Ushbu ijtimoiy, mas’uliyatli islohotlar ekologik barqarorlikni milliy taraqqiyotning alohida yo‘nalishi emas, uning asosiy shartlaridan biri sifatida shakllanishiga asos bo‘ladi.

«Jadid» gazetasining 2025-yil 21-noyabrdagi 47-soni


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img104

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139