Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 14:24

img631

INSON QALBI BILAN HAZILLASHMANG SIZ…

Turkshunoslik ilmining asoschisi Mahmud Koshg‘ariy jahon adabiyotining mangu obidasi “Devon-u lug‘otit turk” (“Turkiy so‘zlar lug‘ati”) asarini 1072-yilda yozib bitirgan, ya’ni bugungi til bilan aytganda, ona tilimizning birinchi akademik lug‘ati bundan salkam ming yil avval yaratilgan. Bunday lug‘atlar boshqa xalqlarda, jumladan, ruslarda V.I.Dalning mashhur izohli lug‘ati 1819-yilda yozilgan va 1863—1866-yillarda nashr qilingan. Birinchi ingliz tili lug‘ati esa 1552-yilda Richard Xaloet tomonidan tuzilgan. Agar hisob qilsangiz turkiy so‘zlar lug‘ati rus va ingliz tilidagi lug‘atlardan besh-yetti asr avval yaratilganiga tarixning o‘zi guvoh…

Oksford universiteti professori Jon Grivs 1643-yildan boshlab “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarini ilmiy tadqiq qila boshlaydi va Ulug‘bekning yulduzlar katalogidan olingan 98 ta yulduz holatini 1648-yili e’lon qiladi. Keyinchalik esa, u Mirzo Ulug‘bekning to‘rt qismdan iborat “Zij”ining birinchi kitobini lotin tiliga tarjima qilib nashr etadi.

Tarixda bu singari misollarni istagancha topish, qiyoslash mumkin. Yurtimiz zaminida tavallud topib, dunyo tamadduniga munosib hissa qo‘shgan bobolarimizning ilmiy-madaniy meroslari, shubhasiz, xalqimiz tarixidagi yorqin sahifalardir.

Ammo bu sharafli tarixni ko‘rolmaydigan, unga hasad ko‘zi bilan qaraydigan “tarixchilar” hamma zamonlarda ham bo‘lgan. Bunga ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Yaqinda millatchi Zaxar Prilepinning shovinistlarcha tuhmatidan keyin kuni kecha haqiqatni soxtalashtiruvchi, bir qator turkiy xalqlar tarixini chippakka chiqaruvchi “tarixchi” Mixail Smolinning tuhmatlarini ham eshitdik.

Imperiyaparast “tarixchi”ning “NTV” tele­­kanalidagi chiqishida aytgan gaplaridan, birinchi navbatda, ulug‘ xalqlarning tarixi­ni, insoniyat tarixini buzib talqin qilishga urinayot­gani yaqqol seziladi. Nahotki, odam shu darajada nodonlikka berilsa, butun dunyo ahliga qarab bemalol yolg‘on so‘zlasa?! Balki bu alamli so‘zlardir!

Beixtiyor akademik shoir G‘afur G‘ulom­ning “Sharaf qo‘lyozmasi” she’ri yodimizga tushadi. Bundan 75 yil oldin yozilgan bu she’r ingliz lordining bizni qabila deb ataganiga javob tarzida bitilgan edi. Lordning so‘zlariga qarshi shoir yozadi:

Qadim o‘zbek xalqisan,

Asl odam avlodi.

Misr ehromlaridan

Tarixing qariroqdir.

Ma’lumki, Odam atodan boshlangan tariximiz qadimiy qo‘lyozmalarda bitib qo‘yilgan. Azaldan yetti pushtini bilib kelgan ota-bobolarimiz nafaqat milliy urf-odatlar, an’analarimizni boyitgan, balki ilm-fan bobida ham tengsiz edilar. 

Bizda logarifmaning

Mushkul muammolari

Qo‘ldagi barmoqlarday

Oddiy qilinganda hal,

Oliy irq da’vogari

Hatto sanay olmasdi

O‘n barmoqni mukammal.

Tushungan o‘quvchiga she’rning har sat­rida olam-jahon ma’nolar bor. Algebra­ning asoschisi Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ekanini butun dunyo olimlari e’tirof etgan. Bobomizning “Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob” asari nomi bilan murakkab bir fan atalishini ham, bu asar bugungi raqamli texnologiyalarning poydevori ekanini ham, akademik shoirimiz o‘sha zolim sovetlar zamonida baralla aytayot­ganidagi jasorati ham bizni hayratga soladi.

Shoir o‘z xalqi bilan g‘ururlanib davom etadi:

Jahonlar yaratarlik

Tarixiy kamoling bor.

Ozod vatan egasi,

O‘z ko‘ksingda o‘z quyosh,

Quyoshday zavol bilmas

Yarqiroq jamoling bor.

Xuddi shu tarixingni,

Shu yering, quyoshingni,

Biliming, do‘stligingni

…Qullik kishanlarida

Qilmoq bo‘ladi ma’tal.

Ustoz shoir endi xalqimizning kamolini ko‘rolmaydigan tuhmatchilarning yovuz maqsadini zukkolik bilan o‘quvchiga anglatadi. Ya’ni bizni “qullik kishanlarida” tutib turmoq­chi bo‘lgan kimsalarning qilmishini fosh etadi. She’r mazmunan yanada teranlashib boradi:

Ular ne-ne paktlarga

Og‘uli muhr bosib,

Jahannam qopqasini

Yer yuzida ochmoqchi…  

Dunyodagi yovuz kuchlarning bundan ming yil avval ham, bundan yuz yil avval ham, bugun ham qabih maqsadlari ma’nosi o‘zgarmas – bir xildir, ammo turlicha ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Ular boshqa xalqlarning tinch-totuv yashashini, o‘zga yurtlarning gullab-yashnashini ko‘rolmaydilar. O‘zgalar hisobiga yashashni, bosqinchilikni, talonchilikni ko‘zlaydilar. Buni tarix isbotlaydi.

Shoir she’rni yakunlar ekan, buyuk xalqimizga qarata rag‘batlantiruvchi so‘zlarini aytadi:

Bir zo‘r ur, gurillasin

Bilag‘onlik ijoding,

Sening bilan shoirning

Manglayi yarqiroqdir.

Akademik shoir G‘afur G‘ulomning she’riyati an’analarini munosib davom ettirgan ustoz Abdulla Oripovning ushbu satrlari ham o‘z vaqtida xalqimizning kelajagiga g‘arazli niyatda qarovchi kimsalarni ogohlikka chaqiradi:    

Inson qalbi bilan hazillashmang Siz,

Unda millat yashar, unda til yashar.

Unda ajdod faxri yashaydi so‘zsiz,

Unda istiqomat qiladi bashar.

She’rning davomini yaxshi bilasiz.

Mustaqillikka erishgan yurtimizning kun­dan ­kunga gullab-yashnayotgani, dunyo mamlakatlari orasida teng huquqli bo‘lib, kelajakka dadil odimlab borayotganidan tinchini yo‘qotgan kimsalar ko‘p. Ular o‘z davlati va xalqining tashvish­larini yengillatish choralarini ko‘rgani ma’qul emasmi? Nahotki, ular o‘z hayotining mazmunini tuhmatchilikda, talonchilikda, deb bilsalar? Nahotki, urushsiz, ahil umrguzaronlik qilishni bilmasalar? Avvaliga jahling chiqadi, keyin esa, ularga achinasan kishi…

Humoyun AKBAROV 

2024-yil 26-yanvardagi 5-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596