Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 14:20

img342

YORNI DEB O‘LGAN YASHAR

ORZU

To Iskandar ko‘zgusiga boqarman – sen ko‘ringaysan, Ko‘zim darchalarin qattiq yoparman – sen ko‘ringaysan, Uzugimni yitirgayman, toparman – sen ko‘ringaysan, Mayli, shodon, mayli, horg‘in ko‘rin menga, ko‘rin, sarvim! 

Qo‘llarimni yozib har kun gir aylandim – soat bo‘ldim, Gohi yupqa namat bo‘ldim, gohi ming-ming qavat bo‘ldim, Par o‘rinda noz uyqungga botib turgan no‘xat bo‘ldim, Har na bo‘lib kechdi umrim, ko‘rin menga, ko‘rin, qumrim!

Yo‘lga tushdim, qoldi jannat, zora, zahmat shirin, zora… Xatm qildim hijroningni qatra-qatra, pora-pora, Buncha tordir, sitamzordir, qaro g‘ordir bu sayyora, Bulutlarni kesdi ohim, ko‘rin menga, ko‘rin, mohim! 

Bosh egmading, oldim-u bosh, yetti iqlim sari ketdim, Bog‘da yomg‘ir bo‘ldi talosh, ikki qultum xarid etdim, Ko‘zlaringda bir tomchi yosh – cho‘kib o‘ldim, shahid ketdim, Mudom tashna ko‘nglim tusar – ko‘rin menga, ko‘rin, kavsar! 

Dilimning to‘rida og‘riq, biroq sendek muhtarammas, Malham bosay desam – zulmat, ich-ichimdan nur taralmas, Jonga tegdi manov g‘urbat, boshqa g‘urbat istaram, bas, Kuyib ketsin tog‘-u mardum – ko‘rin menga, ko‘rin, dardim!

 Uzugimni yitirgayman, toparman – sen ko‘ringaysan…

YORNI DEB O‘LGAN YASHAR

Ketding, oqqush, behalovat munglig‘im, qayga suzib? Ko‘ldayin sof ko‘ngil botqoq bo‘ldi-ku, naylar o‘sib, Ne toparsiz, ey odamlar, oyni qo‘l birla to‘sib, Ne gunohga iqror bo‘lsin ko‘ylagi butun Yusuf? 

Sizga furqat bazmi shirin, kuysa dil, jizza deysiz, Yig‘lasa yor, ko‘zlariga jom tutib, bo‘za deysiz, Sho‘rlik ushshoq, fig‘on cheksa, voh-voh-ey, mazza deysiz, Ko‘p sog‘ingay, may ichinda kiprigi suzsa deysiz… 

Qani, oqqush, sani noxush dovuldan o‘zim to‘ssam, Qaro g‘ordan uchsang, uchsam, ishq uza birga suzsam, Buncha xormiz, bemadormiz, g‘ussam-ey, maning g‘ussam, Jon uzilgay, diydoringdan bir zamon umid uzsam…

Siz-chi, bedil, johil avom, cho‘g‘dan o‘t, kutma deysiz, Majnun – osiy, osiyni hech etagin tutma deysiz, Muqaddas dor harom senga, ostidan o‘tma deysiz, Fitna deysiz, fitna deysiz, voh, nechun, fitna deysiz! 

Deysiz: ey qul, bu jahonda beko‘ngil bo‘lgan yashar, Notavonmas, xurjuniga arpa non to‘lgan yashar, Yanglisharsiz! Kimki xushvaqt – dardlari ulkanlashar, Aslida, chin dunyoda chin yorni deb o‘lgan yashar… Aslida, chin dunyoda chin yorni deb o‘lgan yashar…

* * *

Timsohlar ajdar edi, Ignalar xanjar edi. Qancha suv tutsa labi, Shuncha dil chanqar edi.  

Hur emas, hulkar edi, Quvlasam hurkar edi. Kelmog‘i – “Qadri navo”, Ketmog‘i – “O‘rtar” edi.  

Manzili Qashqar edi, Diydori Mahshar edi. Ko‘zlarim ko‘rsam, kuyar, Ko‘rmasam, qaqshar edi.  

Qorsevar qishlar edi, Bog‘ to‘la yoshlar edi. Qo‘l solib cho‘ntagimga, Qo‘limdan ushlar edi.

Kun-tunim yaproq edi, Unsurim tuproq edi. Daromad kamroq, biroq, Karomat ko‘proq edi.

Kemamiz ulkan edi, Orzular yelkan edi. Tishlari bor omadim Kulgani kulgan edi…

 Hur emas, hulkar edi, Quvlasam hurkar edi. Kelmog‘i – “Qadri navo”, Ketmog‘i – “O‘rtar” edi. 

Shahriyor Shavkat

2024-yil 26-yanvar 5-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599