Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.01.2025 | 11:22

img1681

YURT QAYG‘USI

Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdir?
Nomusmi, vijdon bila imonmi kerakdir?
Temur bila Chingiz qoni toshdi tomrimizdan,
Aytgil! Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdir?
Yov suqg‘ali kelgach qilichini yuragingga,
Tush oldiga, ol ko‘ksumi – qalqonmi kerakdir?
Boq, boq, mana turk tengizi toshqun qila qoldi,
Turon yovini quvgali to‘fonmi kerakdir?
Turon, yigiting, barchaga boq, qalqdi oyoqg‘a,
Yurtda qorovul qo‘yg‘ali arslonmi kerakdir?

YURT QAYG‘USI
(Sochma)

Ey Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi!
Senga ne bo‘ldi? Holing qalaydir? Nechuk kunlarga qolding?
Ey Chingizlarning, Temurlarning, O‘g‘uzlarning, Otillalarning shonli beshiklari! Qani u chiqdiging yuksak o‘rinlar?
Qullik chuqurlariga nedan tushding?!
Dunyoni „urqo“lari bilan titratkan yo‘lbars yurakli bolalaring qani? Yer tuprog‘ini ko‘klarga uchiraturgan tog‘ gavdali o‘g‘lonlaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydir?
Yer yuzining bir necha polvonlari bo‘lgan botir turklaring qani? Nechun chekindilar? Nechun ketdilar? Kurash maydonlarini o‘zgalarga nechun qo‘ydilar? Nechun… Nechun… nechun..? Gapur menga, ey Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi!
Senga ne bo‘ldi?!
Yer yuzining buyuk saltanatlarini sen qurmadingmi?
Hindistonning, Eronning, Ovropaning ulug‘ xoqonlarini sen yubormadingmi? Ey xoqonlar o‘chog‘i! Ey qahramonlar tug‘ilgan go‘sha! Qani u chaqmoq chaqishli botir xoqonlaring? Qani avvalg‘i o‘q yurushli, otli beklaring? Nechun „urho“laring eshitilmaydir?
Dunyo xalqini bo‘ysundirmagan saltanatlaring nechun buzildi? Insonlik olamini qanotlari ostinda olgan xoqonligning nechun kuchi o‘ldi? Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qoldi?
Yo‘q… yo‘q… Tangri haqqi uchun yo‘q!.. Sen kuchsiz emassan, sen kimsasiz emassan! Bugun yer yuzida sakson milyun bolang bor. Bularning tomirlaridagi qon Chingizlarning, Temurlarning qonidir. Bularning kuchlari sening kuchingdir!
Ey Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi!
Qayg‘urma! Eski davlating, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech biri yo‘qolmamishdir.
Yolg‘iz… Oh, yolg‘iz… tarqalmishdir.

YURT QAYG‘USI
(bir o‘zbek tilidan)

Yotsam tushumda, uyg‘onsam yonimda, ko‘z yumsam
miyamda, ko‘z ochsam qarshumda mungli bir xayol kelib turadur! Bu bir xotun xayoli… Bir xotunki, egnida ipakli, lekin yirtiq va eski bir ko‘ylakdan boshqa bir kiyim yo‘q.
Bosh-ayog‘lari yalang‘och, tirsaklarigacha qop-qora loyqadan botgan, baqirurga tovushi, qutilurga kuchi qolmagan!..
Qarayman: kimsasizlik yukindan orig‘langan tanda zolimona urulg‘an qamchilarning yarasi bor. Ko‘raman: johilona qiling‘an emlardan nosulg‘a qaytg‘an yaralarindan qonlar
oqib turadur!..
Ey mungli xotun, sen kimsan?
Ey g‘amli ona, nechuk mundan ayrilmaysan?
Yonimda, ko‘zimda, miyamda, yuragimda nima axtarasan, nechuk ketmaysan?
Qayg‘u tutunlari ichra yog‘dusiz qolg‘an ko‘zlaring, u yosh yomg‘urlarin nechun to‘kadir? Zulm zanjirlari bilan bog‘langan qo‘llaring nechun har yonga uzatiladir, nima tilaysan?..
Oh… Bildim… bildim… Angladim!
Sen mening Vatanimsan, Vatanimning mungli xayolisan.
Ey muqaddas Turonimning xayoli, ketmay tur, ayrilma!
Yonimda, kozlarimda, yuragimda, vijdonimda qol, ketma!
Turonim, sendan ayrilmoq – mening uchun o‘limim.
Sening uchun o‘lmoq – mening tirikligimdir.
Panohim, sajdagohim, umidim!
Yovlaring seni shu kungami soldilar?
Tilagim, istagim, saodatim!
Bolalaring seni shu holdami qo‘ydilar?
Suyunchim, ovunchog‘im, o‘chog‘im!
Zolimlar seni kimsasizmi ko‘rdilar?
Yo‘h, sen kimsasiz emassan. Mana men, butun borlig‘im bilan senga komak qilurg‘a hozir. Mana men chin ko‘ngil bilan sening yo‘lingda o‘lurga rozi.
Qof tog‘lari yo‘limda tushsa,
Tamug‘ olovlari qarshumdan chiqsa, yana sen sari ketarman.
Ustimga insonlar emas, shaytonlar qoshini kelsa,
Oyog‘imga zanjirlar emas, jahannam ilonlari sorilsa, yana sen sari ketarman.
Dunyoning butun balolari boshimg‘a to‘kulsa,
Zulm cho‘lining temir tikonlari ko‘zlarimga kirsa, yana seni qutqararman.
Men sening uchun tirildim,
Sening uchun yasharman,
Sening uchun o‘lurman.
Ey turklikning muqaddas o‘chog‘i!
O‘lim sening o‘limingni istaganlarga,
Nafrat seni ko‘mgani kelganlarga!

YURT QAYG‘USI
(Temur oldinda)

Bag‘rim yoniq, Yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘ynim bukuk.
Sening ziyoratingga keldim, sultonim!
Ezilgan boshim, qisilgan vijdonim, kuygan qonim, o‘rtangan jonim uchun bu sag‘anangdan davo izlab keldim, xoqonim!
Yuz yillardan beri jafo ko‘rub, g‘am chekib kelgan turning qonli ko‘z yoshlarin etaklaringga to‘karga keldim.
Qorong‘uliklar ichra yog‘dusiz qolgan o‘zbek ko‘zlari uchun tuprog‘ingdan surma olg‘ali keldim.
Nomusini bad kishilarning ayog‘lari ostinda ko‘rib turklik qoni qaynagay, musulmonlik hamiyati toshg‘ay, tamug‘ olovlari kabi sochrag‘ay.
Lekin o‘z kuchsizligin anglab qaytib o‘tirgan va qon yig‘lagan turkning holini aytarga keldim, xoqonim!
Ulug‘ xoqonim! Turklik sharafi talandi.
Turk uchun qo‘ydig‘ing davlat bitdi, turk ostiga qurdig‘ing xoqonlik yog‘iygami ketdi.
Turkning nomusi, e’tibori, imoni, vijdani zolimlarning ayog‘lari ostinda qoldi.
Turkning yurti, ulog‘i, o‘chog‘i, Turoni yot qo‘llarga tushdi.
Turkning bilgisi, ong‘i, oylovi, ziyrakligi jaholat o‘ljasig‘a ketdi.
Sening qiliching bilan dunyo egasi bo‘lg‘an turk tinchgina bir yotoq topolmay qoldi.
Sening kuching bilan dunyo xojasi bo‘lgan turk qarluq temurlariga kirdi.
Xoqonim!
Turklikka xiyonat qilg‘anlar turk bo‘lsalar ham qonlarini oqizmoq sening muqaddas odatingdir, yotma, tur!
Sening omonatingg‘a xiyonat qilg‘anlarni ez, ur, o‘ldur!
Sultonim!
Bilaman, shu tobda sening u yuksak va ulug‘ ruhoniyating men kabi tuban ruhli va himmatsiz bir bolasining shu holig‘a g‘azabli kulub turubdir.
Bilaman, shu chog‘da sening to‘lqunli dengizlarg‘a o‘xshag‘an yuraging men kabi yuraksiz bir o‘g‘lingning shu ko‘rinishindan nafrat qiladir.
Chunki yuqorida aytdigim ishlarning hammasiga o‘zim sabab bo‘ldim, barchasini o‘zim qildim,
Sening Turoningni o‘zim talatdim,
Sening turkligingni o‘zim ezdirdim,
Sening omonatlaringga xiyonat o‘zim qildim.
Men uch kunlik umrimni tinchgina yotib o‘tkazmoqchi bo‘lmasa edim, shularning birortasi bo‘lmas edi.
Men qo‘limg‘a topshirdiging qilichni tashlab, cholg‘uni olmasa edim, Turonim talanmas edi!..
Men yolg‘iz qonli ko‘z yoshlarimni bu sag‘anangga to‘kmak uchun emas, o‘z yoziqlarimni iqror etarga keldim,
XOQONIM.
Meni qo‘yma!
Men yolg‘iz yoziqlarimni iqror etarga emas, Turong‘a berdigim zararlarni to‘lamoq uchun keldim, XOQONIM.
Mendan nafrat etma!
Ey arslonlar arsloni!
Menim yozuqlarimdan o‘t,
Meni qo‘limni tut,
Belimni bog‘la, muqaddas fotihangni ber!
Sening dunyoga sig‘magan g‘ayratingga ont ichamanki, Turoning eski sharaf va ulug‘ligini qaytarmasdan burun
ayog‘laringda o‘tirmasman.

Abdurauf FITRAT
1917-yil


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596