Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


09.07.2025 | 15:57

img690

YURT ISHQI

RAVOJ O‘TAR (Rao‘aj Otarbayev) – 1980-yil 14-fevralda Chimboy tumani “Kenges” ovul fuqarolar yig‘inida tug‘ilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan. Qoraqalpoq davlat universitetini jurnalistika bo‘limini tugatgan.
“Jayhun jilvalari”, “Vatan mehri” she’riy to‘plamlari muallifi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

TEATR

O‘spirin bolangning ushlab qo‘lidan,
Qaytarib noma’lum manzil yo‘lidan,
Aktyor uchun olib gulning zo‘ridan,
Kel, do‘stim, xizmatga tayyor teatr.

Hayotning lazzatin, ba’zan g‘avg‘osin,
Kimga achchiq, kimga shirin sovg‘asin,
“Seniki-meniki” – umr savdosin
Laganday oldingga qo‘yar teatr.

Bu joyda o‘rin shay keksa, yoshgacha,
Ko‘ngilga o‘rnashar zavqi boshqacha,
Yuraklar aylanib ketmay toshgacha,
Bayram chechaklarin yoyar teatr.

Tagi yo‘q to‘rvani bir chetga qo‘yib,
Qorin tashvishini ko‘ngildan quvib,
Ruhni poklantirib, nafas ol to‘yib,
Ko‘ngil muhandisi, dildor teatr.
Ro‘yo dunyosidan uzgil ko‘zingni,
So‘ylagil bolangga tansiq so‘zingni.
“O‘rgimchak to‘ri”dan qutqar o‘zingni,
Jadidlardan meros, hamkor teatr.

OLTILIK

Anov sochi oppoq to‘rdagi kishi,
Aqli to‘lishgan-u, kamaygan tishi,
Xayolini bo‘lar murti nish urgan
O‘smir nevarasin sirli kulishi.
Quyosh aylantirar zamon charxini,
Nevara o‘ylamas non-choy narxini.

TESHIK TO‘RVA

Barakasi yo‘qning teshik to‘rvasi,
Hech qachon to‘lmaydi, doim biri kam.
Bugun savdogarning qizg‘in savdosi,
Lekin ko‘ngli to‘lmas, aytar “miri kam”.

Bir inson boylik deb hisoblab suvni
Tuyada keltirib, quduqqa to‘kmish.
Hisobli dunyo bu tosh-tarozuli,
Quduqqa qo‘shilib, qo‘rg‘oni cho‘kmish.

Xudoga shukur, deb duolar qilgan,
Tangriga topingan ko‘z-qabog‘i nam,
Nolish nimaligin aslo bilmagan,
Qanoatda baxtin topgandi onam.

Shukrona bo‘lmasa, oltin tog‘ bekor,
Qanoatli chehra taratadi nur.
Ajdodlardan meros tengsiz tole bu –
Menga ham shukrona berilgan, shukur.

ANGLA, DO‘STIM

Bu dunyo mehmonlar makoni emas,
Mehr-muhabbatga qo‘rg‘on u asli.
Johil, buzuqlarning karvoni emas,
Oqibat, sabotga karvon u asli.

Qancha gerdaysang-da osmon uzoqda,
Yetti qat sirlaring yashira berar.
Shumlikni o‘ylasang xilvat chorbog‘da,
Dunyo o‘z shumligin oshira berar.
Bugun zahar bo‘ldi kechagi sharbat,
Hashakka aylandi ko‘klam chechagi.
Bugun o‘tin bo‘ldi bulturgi ko‘chat,
Oqshom kulga do‘ndi ildiz kechagi.

Taltayib tashlangan qadam omonat,
Yo‘llar izingni jim yutaveradi.
Iloho, manzilda kutsin saodat,
Baxtsizlar g‘aflatda o‘taveradi.

Kimman? Nechun keldim bu dunyoga, deb,
Har kuni o‘zingni tutgil so‘roqqa.
Yaxshilik qilib qol, savob qilib qol,
Inson degan nomni burkagin oqqa.

* * *

Burgutning makoni tovlar orasi,
Sotqinlar makoni zovlar orasi.
Burgutlar ko‘paysa, tovday o‘sarsan,
Sotqinlar ko‘paysa, quvrab to‘zarsan.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 4-iyuldagi 27-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596