23.05.2025 | 09:21
663
“O‘TIR” SO‘ZI QANDAY PAYDO BO‘LGAN?
O‘tirmoq fe’lini katta-yu kichik yaxshi tushunadi. Izohga hojat yo‘q. Bu so‘zning ildizi o‘t qadimgi tilimizda ot bo‘lgan va oturdï shaklida bo‘lgan, o‘tiradigan joyga otruq deyilgan. Menimcha, bu so‘z ro‘baro‘, yuzma-yuz bo‘lmoq ma’nosidagi otrï so‘zidan kelib chiqqan bo‘lsa kerak.

“At-tuhfa” lug‘atida ham bu so‘zlar yuqoridagiday ko‘rinishda ko‘rsatilgan. Alisher Navoiyning “Munojot” nomi bilan mashhur “kelmadi” radifli g‘azalida ham o‘tru so‘zidan foydalanilgan.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsakim qo‘ydi qadam
Yo‘lg‘akim avval qadam, ma’shuqi o‘tru kelmadi.
Mahmud Koshg‘ariyda otru so‘zi “ro‘baro‘”, “qarshi tomon” ma’nosini ifodalagan: Ol meңӓ otru keldi.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 16-maydagi 20-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



