Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.05.2025 | 16:00

img920

YANGI AVLOD TASHABBUSLARIGA DOIR ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

Bugun taraqqiyot yo‘lida yurtimiz yoshlariga bildirilayotgan ishonch, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va ilm-fan sohasiga bo‘lgan e’tibor bevosita kelajak bunyodkorlariga berilayotgan yuksak bahodir. Zero, innovatsion g‘oyalarga boy, startap loyihalarga ega, ekologik faol va axborot texnologiyalarini puxta egallagan yangi avlod vakillari – ertangi kunimiz poydevorini barpo etish yo‘lida o‘qib-o‘rganmoqda, izlanishlar olib bormoqda. Bunda ularga yanada qulay sharoitlar yaratib berish, ilm-fan yig‘inlarini muntazam tashkil etib borish har bugun doimgidan-da dolzarb.

Ana shunday yuksak maqsadlarga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biri 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida bo‘lib o‘tdi. “Yangi avlod tashabbuslari va barqaror taraqqiyot” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi yoshlar salohiyatini namoyon etish, ularning dolzarb sohalardagi faol ishtirokini ta’minlashga yo’naltirildi. Mazkur tadbir Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi – yoshlarning ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy innovatsiyalar, mediafaollik kabi sohalardagi g‘oyalarini ilgari surish, mavjud muammolarni hal etishga oid ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida yosh mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar va amaliyotchilar o‘rtasida fikr almashinuvi maydoni yaratilib, xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda istiqbolli kadrlar tayyorlashning innovatsion yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Konferensiya to‘rtta asosiy sho‘baga bo‘lingan holda o‘tkazildi: ijtimoiy innovatsiyalar – kreativ va yangicha fikrlash, ta’limda zamonaviy yondashuvlar; yoshlarning salomatligi va ekologik faolligi – ijtimoiy moslashuv hamda atrof-muhitga e’tibor; axborot maydonida yoshlar – raqamli texnologiyalar, mediafaollik va onlayn ishtirok; yashil iqtisodiyot – startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar tomonidan minglab maqola va tezislar taqdim etildi. Konferensiya mehmonlari safida davlat va jamoat arboblari, taniqli olimlar hamda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur ilmiy platforma yoshlar bilim va salohiyatining namoyon bo‘lishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi rolini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Farangiz ABRUYEVA
O‘zJOKU talabasi


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328