13.06.2025 | 15:55
1144
BO‘KADAGI KATTA ILON TARIXI
Toshkent viloyatidagi Bo‘ka tumanini hamma biladi. Xo‘sh, kattagina bir tuman nomini bildirgan bu so‘zning asl ildizi qanday ma’noga ega?

Mahmud Koshg‘ariyda bo‘ka so‘zi bykӓ shaklida berilib, “katta uzun ilon” ma’nosida izohlangan. “Devonu lug‘otit turk”da bu so‘z bilan bog‘liq shunday tarix bor: “Maqolda shunday kelgan jӭtti bashlïg‘ jil bÿkӓ – Yetti boshli uzun ilon. Yaboqularning eng ulug‘ kattalarini bu so‘z bilan bÿkӓ budrij deb atalgani kabi ba’zi bahodirlarni ham bu so‘z bilan ataydilar”.
Demak, bo‘ka so‘zi bahodir, botir ma’nosini ham bildirgan. Zero, o‘tmishda katta pahlavonlarni ajdarhoday deb ta’riflashgan. Baquvvat, kuchli, devkelbat kishilarni hozir ham tilimizda shunday deyishadi.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”ida bu so‘z bӧgu shaklida bo‘lib, dono, donishmand mazmunida kelgan.
Кӧңyл тил кӧни тут э билга бӧгу
Ma’nosi:
Ko‘ngil va tilni to‘g‘ri tut, ey bilag‘on dono.
Qadim zamonlarda ilon donolik ramzi bo‘lgan. Bu haqda manbalarda aytilgan. Boshqa xalqlarda ham shu qarash bor. Masalan, Redyard Kipling asari asosidagi “Maugli” multfilmida katta ilon Kaa dono bo‘ladi. Shu o‘rinda Yusuf Xos Hojibda “bo‘ka” so‘zi dono ma’nosida kelishi shu kechmishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yana bir narsani aytib o‘tishimiz kerak, Xos Hojibda “bo‘ka” so‘zi ajdarho ma’nosida ham kelgan:
Йаңан йэл бӧке–тег йэр эркан ачар
Ma’nosi:
Dunyo ajdarho kabi yer ekan, yana ochiqadi.
“Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da “bӧke” kuchli, botir, qahramon, mustahkam, chayir ma’nolarini anglatishi haqida aytilgan. Bu so‘zning tub ildizi mo‘g‘ul tilidagi bøke/bөx – jangchi so‘ziga borib taqaladi deyilgan. Ramsted qalmoq tilidagi bӧk so‘zi ham mo‘g‘ul tilidagi kabi “jangchi, atlet” ma’nosini bildirishi haqida aytib o‘tgan. Tadqiqotchi olim Chig‘atoy bӧke kuchli, qahramon ma’nolari bilan birga “dono, donishmand” mazmunini ifodalashini ham unutmaslik zarurligini uqtiradi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ba’zi hasharotlarning tuxumidan chiqadigan, qo‘shqanotlilar turkumiga mansub qurt – o‘qaloqni ham, ba’zi shevalarda sayg‘oqni ham “bo‘ka” deyishlari haqida ma’lumot bor. Lekin bu boshqa mavzu.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 6-iyundagi 23-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
97
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
610
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
607



