01.07.2025 | 15:16
1496
MING QARG‘AGA BIR KESAK
Bugun biz haqoratlamagan biror hurmatga loyiq odam qoldimi?!
Olomon sharafli kishilarni yoppa talarga kirishdi. Go‘yo iste’dodli kishilarni haqoratlagan iste’dodli-yu, talangan iste’dodsiz bo‘lib qoladiganday. U tadbirkormi, ulamomi, san’atkormi, barchasining sha’niga turli gaplarni aytib, haqoratladi, so‘kdi, shu ishi bilan o‘zini botir sanab, birdaniga baxtiyor bo‘lib qoldi.

Ko‘plar bunday ishlarning hadisini olib, tajriba orttirdi, ijtimoiy tarmoqlar millat ulug‘larini haqoratlash uchun “mahorat saboqlari” o‘tiladigan qulay vositaga aylantirildi.
Endi kunda-shunda biror kishini haqoratlamasa bo‘lmay qoldi. Bugun ijtimoiy tarmoqlar asabi tarang, og‘ziga kuchi yetmaydigan odamlar bilan to‘lib-toshgani ham bor gap.
Eslaysizmi, ijtimoiy tarmoqda taniqli bir ulamoning qo‘lidagi soati rosa muhokama bo‘lgandi. Uyatni bir chekkaga qo‘yib, soatning necha pul turishini, uni qanday olganini, sovg‘a qilingan bo‘lsa, qaysi xizmati uchun ekanidan gapni boshlab, shu odamni holi-joniga qo‘yishmadi…
Holbuki, u ko‘plab yoshlarning nikohini qiygan, ajdodlarimiz haqqiga duolar qiladigan, shu millatni ezgu yo‘lga boshlab turadigan chinakam ma’rifatparvarlardan edi.
El-ulus taniydigan u zot bugun oramizda yo‘q. U ibratli hayot yo‘li bilan ko‘plarga o‘rnak bo‘lib kelardi. Ammo olomon shu odamni yoppa talar qilayotganda, “Ey baraka topgur, insofing bormi?” deb aytmadik.
Nega?
Nima uchun?
Nazarimda, uyaldik, og‘zi buzuqlar bilan teng bo‘lamizmi, deb o‘yladik. To‘g‘ri, bunday paytda farosatli odam borki, o‘zini chetga oladi. Masalaga aralashgisi kelmaydi. Ammo dono xalqimiz “Ming qarg‘aga bir kesak”, deb bekorga aytmagan. Qora quyunday bosgan qarg‘ani ham bir kesak bilan quvgandek, gap-so‘zining toshi bor kishilar “lom-mim” deb qo‘yishi kerak emasmi?
Negaki, olomonchilik kayfiyati millatning durdek farzandlarini oyoqosti qilib ketaversa, buning badali og‘ir bo‘lishini ko‘rdik, bildik…
Nurilla CHORI,
“Yoshlik” jurnali bosh muharriri
“Jadid” gazetasining 2025-yil 27-iyundagi 26-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
114
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



