Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.08.2025 | 14:21

img673

“O‘RNAK” BIZGA O‘RNAK BO‘LSIN!

Jadidlik harakatining atoqli vakili Elbek (Mashriq Yunusov) ko‘p qirrali ijodkor hisoblanadi. O‘tli she’rlari, davr ruhini aks ettirgan hikoyalari, Pushkin, Krilov, Nekrasovlardan qilgan tarjimalari, tilshunoslikka oid maqolalari, tuzgan lug‘atlari, darsliklari va to‘plagan folklorshunoslik namunalari – shoir, nosir, tarjimon, tilshunos, folklorshunos, pedagog hamda taniqli publitsist sifatida Elbek juda katta adabiy va ilmiy meros qoldirganidan dalolatdir.

Hayoti davomida bir qancha mas’ul lavozimlarda ishlagan bo‘lsa-da, Elbekning asosiy kasbi o‘qituvchilik edi. Jadid maktabi ta’limini olgan shoir erksizlikdan qutulishning eng qulay yo‘li – xalqni ma’rifatli qilish, farzandlarga to‘g‘ri ta’lim va tarbiya berish, deb bilgan. Shu maqsad yo‘lida u bolalar uchun turkum she’rlar, masallar yozdi. Xalq qo‘shiqlari, ertaklarini to‘plab nashr ettirish bilan birga, boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan “Yozuv yo‘llari”, “O‘rnak”, “Boshlang‘ich maktabda ona tili”, “Bilim”, “Go‘zal yozg‘ichlar” singari darsliklar yaratdi.

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mashhura Darmonova hamda Baxtiyor Murodov tomonidan yaqinda Elbekning “O‘rnak” kitobi hozirgi o‘zbek alifbosiga o‘girilib, qayta nashr qilindi. Maktablarning birinchi, ikkinchi va uchinchi sinflariga mo‘ljallangan uch kitobdan iborat ushbu darslik eski o‘zbek yozuvidagi asl matn (faksimile) bilan birga yaxlit to‘plam qilingan. Dastlab, 1925-yilda chop etilgan bu kitoblar XX asr boshlaridagi yangilangan pedagogikaning ilg‘or tamoyillarini aks ettiradi.

Muallif darslik muqaddimasida shunday yozadi: “O‘zbekiston maorif komissarligi qoshida tuzilgan “O‘zbekiston bilim kengashi”ning menga topshirishi bo‘yicha, boshlang‘ich maktablarimizning I, II, III bo‘lumlari uchun ushbu qo‘lingizdagi “O‘rnak” otli asarni tuzdim. Buni tuzishda O‘zbekiston bilim kengashining “Ta’lim va tarbiya” komissiyasining ko‘rsatgan yo‘li bilan harakat etishga tirishdim”. Ushbu darsliklarning har biri o‘quvchilarning yoshi hisobga olingan holda turli darajadagi hikoyalar, she’rlar va kichik matnlar bilan boyitilgan.

 Birinchi sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Maktab”, “Uy”, “Uy ichi” (oila), “Jonivorlar”, “Qushlar”, “Kishi”, “Sog‘liqni saqlash yo‘llari”, “Qurt-qumursqalar”, “Fasllar”, “O‘simliklar”, “Ma’danlar”, “Kashshoflar” kabi o‘n ikki bobdan iborat darslikning dastlabki qismida bolalarga hayotiy va ilmiy tushunchalar berilgan. Ikkinchi sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan qismda turli masal va ertaklar, bolalarning qiziqishi va istaklarini aks ettiruvchi she’rlar jamlangan. Uchinchi sinflarga mo‘ljallangan  “O‘rnak” o‘qish kitobi esa har biri o‘ziga xos didaktik vazifani bajaradigan 7 bobdan tashkil topgan. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakasini bosqichma-bosqich oshirib borishga qaratilgan.

Uch qismli mazkur darslikda xalq og‘zaki ijodi namunalari, shoirning o‘zi tomonidan yozilgan she’r va hikoyalar, zamondosh shoir va yozuvchilar bilan bir qatorda, rus va qardosh xalqlar adiblarining asarlaridan ham foydalanilgan. Jumladan, Botu, Cho‘lpon, Ilg‘or, Chig‘atoy, A.Avloniy, Hasanbek, Gʻulom Zafariy, M.Toshmat, Yugurik, M.Toshmon, Yulduz, Rahim Rahmoniy taxalluslari ostidagi she’r va hikoyalar berilgan. Ular o‘sha davr adabiyotini tadqiq etishda qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

Bu darsliklar bugungi davr o‘quvchilari uchun ham ahamiyatlidir. Ulardan zamonaviy ta’lim tizimidagi darsliklarni yaratishda, shuningdek, jadid maktablarining asoslarini o‘rganishda foydalanish mumkin.

Bekzod IBRAGIMOV,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil izlanuvchisi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-avgustdagi 31-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img105

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331