08.08.2025 | 09:15
1069
“TAVON” VA “TOVON”: ETIMOLOGIK “QARINDOSH”MI YOKI SHAKLDOSH?
Munda men, anda notavon ko‘nglum,
Munda men zor-u anda qon ko‘nglum.
Ushbu bayt Alisher Navoiy “Xamsa”sining “Sab’ai sayyor” dostonidan keltirildi. Navoiy asarlari tilining izohli lug‘atiga ko‘ra, notavon – zaif, quvvatsiz, qudratsiz, ojiz ma’nolariga ega. Notavonlik, notavono shaklida ham keladi. Navoiy “Saddi Iskandariy”da shunday yozadi:
Bu ishga keraktur tavono kishi
Emas men kibi notavono kishi.

Tavono notavonning ziddi bo‘lib, qodirlik, qudrat ma’nosida qo‘llaniladi. Tavon so‘zi forsiy tavonestan – qila olmoq, qodir bo‘lmoq fe’liga no- old inkor qo‘shimchasi qo‘shish orqali yasalgan, nimjon, kuchsiz, qashshoq ma’nolarini ifodalaydi. Tavon – forsiy o‘zlashma so‘z.
Ahamiyat bersak, insonning tana a’zolaridan biri tovon deb ataladi. Agar odamda tovon bo‘lmasa oyoqda tik turolmaydi, muvozanatni yo‘qotadi. Ma’no jihatidan tavon tovonga biroz to‘g‘ri keladi. Ya’ni, tovon insonning muhim a’zosi, tovonsiz nimagadir qodirlik xususiyati susayadi (Inson tovonining nozik a’zo ekanligini ifodalashda “Axilles tovoni” iborasidan foydalanishadi. Bu ibora “ojizlik hududi, zaif nuqta” ma’nolarini bildiradi).
Tovon ham forsiy o‘zlashma bo‘lsa kerak, deb turgan edim hamki, bir ma’lumot “manaman” deb o‘zini ko‘z-ko‘z qilib qoldi. Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘atit-turk” kitobida taban – tuya tovoni, tabanladi – tovoni bilan urdi deya izohlangan. O‘zbek tilining etimologik lug‘atidagi ma’lumotga ko‘ra, tovon – oyoq kiftining orqa qismi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan bu ot asli “bos-”, “ez-” ma’nosini anglatgan ta:pa – fe’lidan -n qo‘shimchasi bilan yasalgan. Keyinroq a: unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolib, ikki unli oralig‘idagi p tovushi b undoshiga, o‘zbek tilida b undoshi v undoshiga, a unlilari o ga almashgan: ta:pa +n=ta:pan>tapan>taban>tavan>tovon.
Fors lug‘atshunos olimi Dexxudo lug‘atida tovon turkiy o‘zlashma sifatida kelgan. Fors tilining izohli lug‘ati, shuningdek, Muin, Umid fors lug‘atlari ham buni tasdiqlaydi.
Tovon (ba’zi o‘rinlarda tavan) so‘zining boshqa – jarima, haq to‘lash ma’nolari ham bor. Aynan shu ma’noda qo‘llaniladigan tovon fors tilidan o‘zlashgan. Lekin tilimizda tovon to‘lash fe’li ko‘p o‘rinda tavon to‘lash shaklida ham keladi.
Yuqoridagi har ikki so‘z o‘ziga xos semantik yuk va tarixiy ildizga ega. Ular o‘zaro fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, turli tillardan kirib kelgan. Til taraqqiyoti zanjirida “tovon” so‘zi turkiy ildizga ega bo‘lib, fors tilida shakllangan “tavon” bilan fonetik va semantik yaqinlik tufayli chalkash yoki parallel ma’nolarda rivojlangan bo‘lishi mumkin. Bu kabi so‘zlar etimologik konvergensiya, ya’ni turli manbadan kelib chiqqan, lekin shaklan yaqinlashgan so‘zlar hodisasi bilan izohlanadi.
Iroda RAHMONALIYEVA
“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-avgustdagi 31-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
329



