14.08.2025 | 15:06
554
TOJMAHALGA BORSAM MEN AGAR…
Dunyoning yangi yetti moʻjizasidan biri – Tojmahal haqida ko‘p o‘qigandim va eshitgandim. Boburiy humdor Akbarshohning nabirasi Shoh Jahon tomonidan sevimli malikasi Mumtoz Mahalga atab qurilgan ko‘zlarni qamashtiruvchi mahobatli dahma salkam besh asrdan buyon muhabbat ramzi bo‘lib kelyapti. Bo‘lganda ham, benazir, ulkan muhabbat ramzi!

Hindistonda boburiylar sulolasi tomonidan bunyod etilgan me’morchilik obidalari ko‘p – Qizil qal’a, Qizil masjid, Humoyun qal’asi, Akbar qal’asi… Lekin bu o‘lkaga otlangan sayyoh ko‘nglida avvalo Tojmahalni ko‘rish ishqi alangalanadi. Saodatli bir ayyomda kamina ham muhabbat va afsonalar yurtiga yo‘l oldim.
Toj Mahalni ko‘rish uchun uzundan-uzun, bir necha qator navbatda turar ekanman, yon-atrofimdagi yosh-u qarining ko‘zida orziqish va quvonch uchqunlarini ko‘raman.
Xorijliklar uchun o‘rta qatordan alohida yo‘lak ajratilgan. Har bir tashrif buyuruvchi sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazilar ekan. Men fotoapparatni olib qo‘ymasliklaridan xursand bo‘ldim. Demak, Tojmahalni suratga olish, uning manzarasida suratga tushish imkoni bor.
Qip-qizil darvozadan o‘tib, qizil toshlar ustida qadam tashlab borar ekanman, ko‘z o‘ngimda quyosh nurida oppoq tovlanib turgan oq marmar bino – Tojmahal paydo bo‘ladi. Unga uzoq-uzoq tikilaman. Mehr-muhabbat bilan tikilaman.
Tojmahal! Kuniga 70–80 ming odam ziyorat qilayotgan muhabbat ramzi! Ana, dunyoning turli tomonlaridan shu ishq ramzi oldida ahdlashuv uchun kelgan yuzlab yigit-qizlar bir Tojmahalga boqishadi, bir o‘zlariga, ya’ni muhabbat to‘la ko‘zlariga boqishadi. Ular bir umrga vafoli yor bo‘lishga ahdlashar ekan, qalbidan joy olgan ishq xuddi Xurram va Arjumandbonuning buyuk muhabbati kabi bo‘lishini orzu qilishadi. Oshiqlar orasida atrofdagi odamlardan sira uyalmay sevgi izhor qilayotgan ikki yoshni kuzataman. Aravachada o‘tirgan ikki qariya esa, bir umr Tojmahal oldida muhabbat izhor etishni orzu qilgan ekan. Ular orzusiga yetishib, biri yoshlik davrini eslab, o‘ylanib qolgan. Ikkinchisi esa Tojmahalni suratga olish bilan band.
Kimdir ortimda shivirlaydi: “Bir joyda o‘qigandim, Tojmahal qurilishi uchun bugungi hisobda 100 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflangan!”
Men bu buyuk moʻjizani pulga chaqish mumkinmikan, deb o‘ylayman. Tojmahalni asrash uchun 1983-yilda u YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganini xotirlayman. 2007-yilda Tojmahal dunyoning yangi moʻjizalaridan biri sifatida e’tirof etilgani ham yodimga tushadi.
Tojmahal bog‘ida uzoq sayr eta turib, buyuk hind mutafakkiri, dunyoga dong‘i ketgan adib Rabindranat Tagorning “Abadiylik yuzidagi ko‘z yosh” deya Tojmahalga bergan ta’rifini takrorlayman.
“Muhabbat ramzi”ni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganimdan so‘ng yiliga Hindistonga kelayotgan bir yarim milliard sayyohning nega ko‘proq Agraga borishining, nega Tojmahalni ziyorat etishining sababini tushungandek bo‘laman. Ha, aytganday, Hindiston davlati sayyohlar tashrifidan oz emas – yiliga naqd 2,5 milliard dollar foyda ko‘radi-ya!
Tojmahal bilan xayrlashib ketib borar ekanman, ortimda ma’yus nigohni sezaman. Lekin endi abadiylik yuzidagi ko‘z yoshiga qayrilib qarashga kuch topa olmayman…
O‘rinboy USMON
Hindiston, Agra
“Jadid” gazetasining 2025-yil 8-avgustdagi 32-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
84
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
599
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
597



