Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.08.2025 | 18:28

img1823

ABDURAUF FITRATNING “HIND SAYYOHINING QISSASI” ASARIDAN IQTIBOSLAR

“Hind sayyohi…”ni mutolaa qilar ekanmiz, Fitratning yurt taqdiri uchun qanchalik qaygʻurishi, iztirobga tushishini ravshan koʻrib boramiz. Buxoro amirligi oʻsha paytda hozirgi Qarshi, Gʻuzor, Shahrisabz, hatto Hisor togʻlarigacha boʻlgan hududda hukmronlik qilar edi. Ana shunday keng sarhadlarda maʼrifat va sogʻliqni saqlash, ilm-fanning taraqqiyotdan ortda qolishi sababini mullalar, mufti va amirlarning keng maʼnodagi ilm-fandan uzoqligi, mansab-u boylikka oʻchligi, poraxoʻrligi tufayli deb bilgan Fitrat, katta mahorat bilan bu illatlarni fosh etadi, shu yoʻl bilan maʼrifat chirogʻini yoqib, qorongʻulik va dahshatdan qutulish yoʻllarini qidiradi. Fitrat “Hind sayyohining qissasi”da maʼrifat haqidagi fikrlari, mulohazalarini ilgari surar ekan, Buxoro xonligida sodir boʻlayotgan adolatsizliklarni chuqur tahlil etish, dalillarni qiyoslash, umumlashtirish yoʻlidan boradi. Uning katta samimiyat va dard bilan aytgan fikrlari, hukm-xulosalari oʻquvchiga kuchli taʼsir etadi.

Bundan ancha vaqt oldin buxorolik bir kishi bilan uchrashib qolib, bu shaharning qanaqaligini so‘ragan edim, u shunchalik maqtov so‘zlarini aytdiki, o‘sha paytdan boshlab bu shaharni ziyorat qilishni ko‘nglimga tugib qo‘ydim.

Juda katta taassuf bilan aytish mumkinki, buxoroliklar faqatgina islomning umumiy yemirilishiga “hissa” qo‘shmagan, balki islom olamining ayrim qavm-qabilalarini ham g‘aflat olamiga tortgan ekanlar.

Buxoro aholisining jami uch toifadir: ulamo, umaro va fuqaro…

Buxoro ruhoniylarining eng mo‘tabar maqomiga ega bo‘lgan bir jamoa kishilar bugungi haqiqiy ilmdan mutlaqo xabarsizdirlar. Yigirma yil tahsil olib, yana yigirma yil dars berib, undan keyin muftiylik mansabiga erishib, yana arab kitoblarini o‘qishda qiynaladilar, o‘zlarining fors tilidagi fiqh kitoblarini afzal bilib, oyatlarni qanday istasalar shunday sharhlaydilar, hadis to‘qib chiqaradilar. Masalan, kezi kelganda shuni ham ta’kidlaymizki, o‘zlari cheksiz zulm va gunohlarni sodir etadilar, biroq bilmagandek o‘tiradilar, bechora avom xalqni ozgina gunoh uchun “kofir” dyeb ayblab, tepkilaydilar.

Bu “iqtidorli” (!) hokimlarning to‘dasi hech vaqt hech kimning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lmagan ikki toifadan tuzilgan. Birinchisi johil hokimzodalarki, otalarining hukmronlik davrida fisq-fujur va bema’nilik bilan maishatga berilib, barcha insoniy fazilatlardan, hatto savoddan ham bebahra qolganlar. Boshqa toifa – attor va baqqollar bo‘lib, har ikkala dunyoning saodatidan imkoni boricha bahramandlikni istaydilar va ilm-u  fazl tahsilini insoniy fazilatlardan deb biladilarki, hammalari birlashib, turli yo‘llar bilan hokimliklikning oliy martabasiga yetganlar.

Bu “azizlar” maktab ko‘rmaganlar, hukmronlik qonunlarini eshitmaganlar, ma’muriy idoraning odob va qoidalarini bilmaydilar. Millat qanday yuksaladi, mamlakat qaysi yo‘l bilan boyiydi, davlatning xazinasi qanday to‘ladi kabi masalalar xayollariga ham kelmaydi.

Fuqaro bechoralarda ayb yo‘q, ular har tomonlama qobiliyatlidirlar. Shunchalikki, buni o‘zlari “bilmaydilar”.

Makka kofirlari ham musulmon bo‘lishdan oldin butga sig‘inar edilar, go‘yo o‘sha butlar qiyomat kuni ularni asrar ekan. Juda hayratlanarli joyi shundaki, sizlar boshqalarni butparastlik va salibga sig‘inish jihatidan kofir deb ataysiz, shu qatori o‘zingiz ham mozor cho‘plari va yalovlariga sajda qilib, hojatingiz ravo bo‘lishini Bahovuddindan tilaysiz va yana o‘zingizni musulmon deb aytasiz.

Biz pok Ollohdan boshqa hech kimga sajda etmaymiz. Payg‘ambarimiz bizni kishilarga sajda etishdan ma’n qilganlar va xudovanddan o‘zgaga sajda etmasligimizni amr etganlar.

– Pul istayapti.
– Men: Hali hikoyati tugaganicha yo‘q-ku?
– Do‘stim: To‘g‘ri, agar hikoyatini tugatib so‘rasa, hech kim bermaydi. Shuning uchun qissasini eng qiziq joyida to‘xtatib, pul so‘raydi.

Yo Muhammad! Agarchi qiyin bo‘lsa ham tikka turgin! Turgin! Ey madaniyat qoidalarining noshiri, ushbu vahshiylarning harakatiga bir nazar sol! Ey olamni xalq etganning musallah homiysi! Yoki bularni tarbiyalashning biron chorasini top yoki Lut qavmi  singari yer tagidan bularga ham joy ko‘rsat! Bu uyatsiz va sharmandalarning iflos vujudi Qur’onning obro‘-e’tiboriga putur yetkazishiga yo‘l qo‘yma!

Shunday qilib, olamga to‘rt yuz olimni hadya etgan Buxoroi sharif shunchalik mustahkam ilmiy kuchga ega bo‘lib, endi… oh! Buyuk badbaxtlik bilan iqror bo‘lamanki, hozir bu madaniyat quyoshining  osmoni, bu insoniyat olamining jannati, bu  fozillar dunyosining ma’mur xonadoni, bu ma’rifat jahonining darsxonasi taraqqiyot uchun barcha vositalarga ega bo‘lsa ham, jaholatning asl makoni, xorlik zanjirining asiriligicha qolyapti. Tirikchilik uchun barcha zarur vositalari bo‘lishiga qaramasdan, yoqasini ajal panjasiga topshirgan.

Xayr joylar, hisobsiz mablag‘lar xalq mulkini talovchi bir to‘da razolatpesha xudobexabarlarning razolat uyiga  aylanib, ikki-uchta o‘z qornini o‘ylaydigan insofsiz kimsalarning fasod to‘la qozonini qaynatishdan boshqa narsaga yaramasa, birovning og‘irini yengil qilmasa, ulardan xalqqa nima naf?

To‘g‘ri, kutubxonamiz bor, biroq kitob qani? Barcha kitoblarni o‘sha toifadagi ulamolar uylariga eltib, o‘z mulklariga aylantirganlar.

Ilohiy qonun budir: modomiki biron bir qavm o‘zining ishlarini Olloh farmoyishi asosida olib bormas ekan, o‘zining shaxsiy hayotini sharaf, saodat va farog‘at, buyuklik bilan hamqadam bilib o‘tkazmas ekan, tinchlik va osoyishtalik niyatlarini yo‘qqa chiqarishga intilib, kibr va g‘urur vodiysiga qadam qo‘yar ekan, chin haq va adolat yo‘lidan chiqar ekan, o‘sha zahotiyoq shon-sharaflari yer bilan yakson bo‘lib, osoyishtaliklari zahmatga,  buyukliklari esa xorlikka aylanishi muqarrardir!..

Bir johil millatning olim bo‘lishi uchun uch narsa zarurdir: pul, madrasa, sa’y-u amal.

Maktab o‘qimasdan turib tabib bo‘lish mumkin emas. Taraqqiy etgan mamlakatlarda o‘n yil umumiy ta’lim  olingandan so‘ng, tibbiy maktabga kirib besh yil o‘qiydilar, shundan keyingina tabib bo‘ladilar. Siz bo‘lsangiz “bo‘sh vaqtimda otamdan qolgan kitoblarni o‘qidim”, deysiz. Sizning bu aytganingiz bilan tabib bo‘lish mumkin emas…

Shunday katta bir shaharda birgina donishmand tabibning bo‘lmaganligi katta bir baxtsizlik!

Bir tomondan tabibsizlik, boshqa tomondan dono tabiblarga e’tiqodsizlik. Ana shu ikki narsa Buxoroda biron-bir kishining sog‘ qolmasligi uchun yetarli omildir.

Ovro‘poliklar bizlardan kelgusi avlodga bir yodgorlik qolsin deb, har kuni bir xayr binosini bunyod etadilar, biz musulmonlar esa, “kelgusi avlodga bizdan yodgorlik qolsin, ular bizning nomimizni unutishmasin”, degan fikrni xayolimizga ham keltirmaymiz. Yana eng ajib tomoni shundaki, ota-bobolarimiz va buyuklarimizdan qolgan yodgorliklarni buzamiz, xarobaga aylantiramiz.

Kecha namozi shomdan keyin ikki oqsoqol kelib, shariatpanoh janoblariga ikki ming tanga hadya etib, erning gunohini tilab oldilar. Qozi esa oqsoqollar “hurmati” tufayli, u bechoraning gunohidan kechdilar.

Shahar yonmasa darvishning kabobi pishmas.

Ey birodar… shariatni qo‘ying, agar qozilikning shunday ishlari bo‘lmasa, issiq uy-joyimizni sovutib bu yurtlarga nega keldik?

Har bir hokim o‘zini uch tomonning vakillari tanishini istaydi: birinchi – mamlakat, ikkinchi – raiyat, uchinchi – podshoh. Chunki, hokimiyat vatan va millat vujudi bilan bog‘liqdir. Agar millat mahv etilib, vatan xarob bo‘lsa, na biz hokim bo‘lamiz, na podshoh.

Podshohlar qanchalik toshbag‘ir bo‘lishmasin, mamlakatning vayronaligi va xalqning bechoraligiga chidasholmaydi.

Agar barcha kishilar kecha-yu kunduz toat va ibodat bilan shug‘ullansalar, biron ishga qo‘l urmasalar, unda oziq-ovqatlari va kiyim-boshlarini qayerdan topadilar?

Buxoroga tegishli yerlarda tilla, mis, temir, ko‘mir, lampa moyi va boshqalar qo‘pdir. Siz buxoroliklar ulardan bahramand bo‘lmaganlaringdan keyin, bu boyliklardan nima foyda?

Shuni ham bilingki, agar siz buxoroliklar, ta’kidlaganimdek, bu xudo bergan ne’matdan foydalanmasangiz, albatta hayal o‘tmay begonalar bu  boyliklarga ega bo‘lib, ularning  har birining ustida fabrikalar va hayratangiz mashinalarni o‘rnatadilar. Dunyo-dunyo pul ishlab oladilar.   Minglab xizmatchilar bu ishga safarbar qilinadi. U vaqtda sizlarning farzandlaringiz chorasiz qolib, ularning xizmatlariga bo‘yin egishlari muqarrar.

Murodim nasihat aytmak edi, aytdim. 
Xudoga topshirdim dedim-u, ketdim.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img119

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img630

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img624