21.08.2025 | 16:57
605
QADIMDA ITNI KIM BOQQAN?
Itlarni o‘rganish, urchitish, oziqlantirish, saqlash, qo‘riqlash, qidiruv, bojxona, chegara va boshqa xizmatlarda foydalanish uchun maxsus ko‘nikmalarga o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi soha mutaxassislariga nisbatan yurtimizda XX asr boshidan buyon kinolog so‘zi qo‘llaniladi. Bunga rus ofitserlarining ovchi itlarni saqlash va ko‘paytirishga oid klublari faoliyati sabab bo‘lgan ekan.

Ammo ungacha mintaqada it boquvchilar bo‘lmaganmi? Hukmdorlar va aslzodalarning zotdor ko‘ppaklarini kim parvarish qilgan? Chorsuning shundoq biqinida joylashgan Sag‘bon mahallasi nomi ham “sakbon”, ya’ni “it boquvchi” ma’nosini beradi, degan qarashlar bor. Lug‘atlarni ko‘zdan kechirish jarayonida “itarchi”, “itarji” shaklida uchraydigan “itorchi” so‘ziga duch keldim.
Gulxaniyning “Zarbulmasal”ida Boyo‘g‘li tilidan “It qilganni itorchi qilmas”, degan maqol yangraydi. Itorchi kimligiga “Mumtoz adabiy asarlar o‘quv lug‘ati” (J.Lapasov)ning 92-sahifasida “it boquvchi”, “Mumtoz adabiyot manbalari lug‘ati” (V.Rahmonov)ning 166-sahifasida “itboqar, yugurdak, xizmatkor” deb ta’rif berilgan.
Shuningdek, “itarji” so‘zi Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” asarida urug‘ nomi qatorida sanab o‘tilgan. Yuridik fanlar doktori, professor Ziyodulla Muqimov “Shayboniylar davlati va huquqi” nomli tadqiqotida “itarchi”ning asl shakli “o‘tarchi” bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.Samarqand viloyati Ishtixon tumanida O‘tarchi, Tojikistonning Xo‘jand viloyati Gʻonchi tumanida Itorchi nomli qishloqlar bor.
Nomshunos olim Mo‘min Turdibekovning “Shimoliy Tojikiston toponimlarining tarixiy-lingvistik xususiyatlari” nomli dissertatsiyasida itorchi urug‘i yaloviga it tasviri tushirilganini qayd etgan. Demak, itorchi urug‘i vakillari itlarning xatti-harakatlari, seleksiyasi, ularni urchitish, oziqlantirish, saqlash, o‘rgatish bilan shug‘ullanganlar. Ov, qo‘riqlash, qidiruv kabi jarayonlarda foydalanganlar.
Shundan kelib chiqib, itlarni parvarishlash va ularni biror faoliyatga o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi shaxsga o‘zbekcha “itorchi” so‘zini qo‘llashga to‘la asos bor.
Dostonbek SHARIPOV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 15-avgustdagi 33-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
114
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



