28.08.2025 | 17:27
889
TAJRIBA QUYONI KIM?
Instagramda bir videoga ko‘zim tushdi. Ko‘rinishidan tuppa-tuzuk ayol uyqudagi yosh bolaning tepasida suv to‘ldirilgan pufakni igna bilan yordi. Uch-to‘rt yoshlardagi go‘dak qattiq qo‘rqib ketdi va chinqirib yubordi. Bola yig‘lagani sari videoga olayotgan ham, uyg‘otgan ayollar ham beo‘xshov qahqaha uradi. Shu narsa 16 mingta “layk” olib, 18 mingdan ortiq izohga sabab bo‘libdi.

Xo‘sh, norasidaning sog‘lig‘i, psixologiyasi endi nima bo‘ladi? Kuchli qo‘rquv yillar o‘tib ta’sir ko‘rsatmasligiga kim kafolat beradi? Xudo ko‘rsatmasin, nogiron bo‘lib qolsa, to‘plangan layklar dori bo‘ladimi? E’tiroz bildirganlarga javobi ham bor ekan “balogir”larning: bu tajribaviy kontent. Nima, yosh bola tajriba quyonimi senga?
Bugun “layk”sirab qolgan odamlar tobora bachkana, mantiqsiz va xavfli xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymoqda. Natijada biz ongimizni sirti yaltiroq, ichi qaltiroq axborot bilan to‘ldiryapmiz. Aniqrog‘i, miyamizni chiqindixonaga aylantiryapmiz.
Gap faqat kontent yaratuvchilarda emas. Ularning tegirmoniga suv quyuvchilar siz bilan biz – “layk” bosib, izoh yozib, ko‘rib, boshqalarga ulashayotgan auditoriya. Bu zanjir o‘zaro bog‘langan va har bir bo‘g‘in o‘ziga xos javobgarlikka ega. Zanjirni uzish oson emas, ammo imkonsiz ham emas.
Ijtimoiy tarmoqlardagi barcha kontentni salbiy deb baholash adolatdan emas. Tanganing narigi tarafi ham bor. Bugun ijtimoiy tarmoq sahifalarida axloqiy, tarbiyaviy yo‘nalishdagi materiallar soni ham borgan sari ortib bormoqda. Ayniqsa, tabiatni asrash, suv va havoga nisbatan mas’uliyat bilan yondashish g‘oyalari yoshlar orasida tez ommalashyapti. Odamlarga salbiy kontentlar qay darajada ta’sir o‘tkazayotgan bo‘lsa, dolzarb mavzulardagilari ham hayotda xuddi shunday rol o‘ynamoqda.
Shu nuqtada milliy kontentning ahamiyati yanada ayonlashadi. Toki bugungi internet olamini o‘zimizning kontent bilan boyitmas ekanmiz, yot g‘oyalar bilan raqobatga kirishmas ekanmiz, yangi avlodni boy berib qo‘yishimiz hech gap emas.
Buning uchun har kim islohni o‘zidan, oila a’zolari va yaqinlaridan boshlashi kerak. Ota-onalar ham medisavodxonligini oshirishi kerak. Buning uchun universitetda o‘qish shart emas. O‘sha internetda bu haqida ma’lumotlar yetarli. Nahotki, mediaolamdan har narsani topishga yetgan aqlimiz shunga kelganda oqsaydir?
V.HABIBULLAYEVA
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 22-avgustdagi 34-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



