09.06.2025 | 15:07
966
ESIMIZNI KIM O‘GʻIRLADI?
Yoki yana TV mavzusida
Ayrim iddaolarga ko‘ra, chinakam ma’rifiy eshittirish va ko‘rsatuvlarning muxlislari yengil-yelpi, ko‘cha-ko‘yning gapi sifatida olib chiqilayotgan ko‘rsatuvlarga nisbatan ancha kam emish.
Boringki shundaydir, biroq bu teran so‘z, ezgu fikr oshuftalarining hafsalasini pir qilishga asos emas-ku.

Shaxsan men ilmni boyitadigan, dunyoqarashni to‘g‘ri shakllantiradigan, ma’rifatni va odob-axloqni targ‘ib etadigan dasturlar tarafdoriman. Bir vaqtlar Nikolay Gogol asarlarini tushunish uchun soddalashtirib nashr etishni talab qilganlarga nisbatan mashhur rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiy: “Gogolni xalq uchun soddalashtirish kerak emas, balki xalqni Gogolni anglash darajasiga olib chiqish kerak”, deb javob qilgan ekan.
Reyting borasida bugun kuzatilayotgan holat kishiga shuni eslatyapti. Boshlovchilarining likillashi, professional formatning jo‘nlashgani, qaynota-kelin mavzusida axloq chegarasidan juda uzoqlab ketgan, axloqsizlik targ‘ibotiga o‘xshab qolayotgan ko‘rsatuvlarning bemalol namoyish etilishi, suitsid mavzusi va uning namoyishi va hokazo kallavaramliklar.
Nima bo‘lyapti o‘zi?
Esimizni kim o‘g‘irladi?
Suitsid va insest mavzusi hatto Yevropa va Amerika qit’asidagi aksar rivojlangan davlatlarda ham yoritilishi taqiqlangan. Biz nima qilyapmiz?
Reyting ketidan quvib “marojnani ular tishlagan joyidan” tishlab yurganimiz yo‘qmi, ishqilib? Telekanallar o‘zgarishi shart, ammo o‘z qadriyati, an’anasi, professionalligini yerga urish evaziga emas.
Abdulhamid MUXTOROV
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 6-iyundagi 23-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
329



