Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.04.2024 | 10:22

img428

NAFS YETOVIDAGI ODAM

Mashhur ertakda Zumrad mehnatkashligi, ezgu xislatlari mukofoti o‘laroq uyiga xazina-sandiq olib qaytadi. Bu sandiq – baxt-saodat, to‘kin-sochinlik timsoli, azob-uqubatlardan xalos bo‘lish ramzidir. Qahramon barcha qiyinchiliklarni yengib, boshiga tushgan savdolarga sabr qilib yorug‘ kunlarga yetib keladi. Hayotda-chi, hayotda ham Zumradning sandig‘ini topish mumkinmi? Aksincha bo‘lsa-chi? Topdi ham deylik, lekin bunday farahbaxsh onlar umr bo‘yi davom etadimi? Hech o‘ylab ko‘r­gan­misiz, inson nega doim baxtni orzu qiladi? Baxt deganlari qo‘l yetmas darajada olisdami? Ko‘pincha ko‘cha-ko‘yda norozi qiyofadagi insonlarga duch kelamiz. Erta tongdan haydovchilarning asabiylashib signal chalishlari, besabab baqir-chaqirlar, navbat talashishlar, tund chehralar dilingizni xufton qiladi. Avtobusda keta­turib ham nolishu ta’na-dashnomlar qulog‘ingizga chalinadi. Beixtiyor odamlarning kayfiyati, ularning nimadan noroziligi haqida o‘yga tolasiz. Kuni kecha poytaxtimizdagi eng nufuz­li avtosalonlardan birida kichik ijtimoiy so‘rov o‘tkazdik. Orzusidagi ulovni sotib olganlar dunyodagi eng baxtli odamlar bo‘lsa kerak, deb o‘ylashingiz aniq. Biroq yuz kishidan sakson to‘rttasi o‘z turmushi­dan to‘la qoniqmasligini bayon qildi. Aksariyati esa tajangligining aniq sababini aytishga so‘z topolmay, “Ko‘rmayapsizmi, zamon shunaqa bo‘p ketgan”, deb qo‘l siltadi. To‘g‘ri, baxtni har kim o‘zicha tushu­nadi. Ko‘pchilik o‘zida yo‘q narsani baxt deb hisoblaydi. Kim uchundir bu tushuncha tansihatlikni anglatsa, kimdir buni boylik yoki tinchlik-xotirjamlik, farzandlar kamolida deb biladi. Faylasuflar baxt kishining o‘zini yaxshi his qilishi, hayotdan bahra olishi, zavqlanishi bilan bog‘liq, baxtsizlik esa o‘zini yomon his qilishi va ko‘p narsani orzu qilishning oqibati, deya ta’riflashadi. BMTning jahon mamlakatlari farovonligi darajasini o‘rganuvchi “The World Happiness Report” markazi aholining daromadi, mamlakat ichki yalpi mahsulotining jon boshiga ulushi, ijtimoiy himoya, turmush darajasi, tibbiyot rivoji, aholining hayotdan qanchalik qoniqishi kabi omillarni tahlil qilish asosida bu borada muayyan xulosalar chiqaradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Butan, Birlashgan Arab Amirliklari, Venesuela, Ekvador va Shotlandiyada Baxt vazirligi tashkil qilingan. Xitoyda 2011-yil o‘n oltita ko‘rsatkich asosida Milliy baxtlilik indeksi joriy qilingan. Indeksda ilmiy tadqiqotlar, ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi xarajatlar inobatga olinadi. Bundan tashqari, ushbu o‘lchov me’yorlariga har bir insonga xonadondagi tegishli maydon ulushi, har ming nafar fuqaroga nechta shifokor to‘g‘ri kelishi ham inobatga olinadi. Gellap jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti esa xodimlar o‘zini baxtsiz his qilganida ularning ish unumdorligi, soliqlar to‘lovi pasayishi va sog‘liqni tiklash xarajatlari ortishi hisobiga AQSh iqtisodiyoti yiliga 500 milliard dollar zarar ko‘rishi haqida ma’lumot beradi. Mol-davlat baxtlilik darajasini ko‘rsatadi deb hisoblovchilar ham bor. AQShning Purdue universiteti olimlari dunyo bo‘yicha insonlar o‘zini baxtli his etishi uchun qancha mablag‘ kerakligi borasida tadqiqotlar o‘tkazishdi. Xulosalarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar farovon yashashi uchun yiliga 21 960 dollardan ko‘proq mablag‘ topishlari kerak ekan. Xo‘sh, insonning puli ko‘p bo‘lsa, u hayotdan to‘la-to‘kis mamnun bo‘ladimi? So‘rovimiz ishtirokchilarining ayrim izohlari e’tiborimizni tortdi. Ma’lumki, avto­mobil sotib olishga qurbi yetadiganlar kam­bag‘al hisoblanmaydi. Ko‘pchilik ha­yo­tida sodir bo‘layotgan ko‘ngilxiraliklarga daromadining kamligi, uyining torligi, to‘y qilolmayotgani, qarzga botgani, farzandlariga so‘nggi rusumdagi ulov olib berolmayotgani va oilaviy nizolarni sabab qilib ko‘rsatgan. Aslida baxt insonda hech narsaga ehtiyoj qolmasligida bo‘lmagani­dek, baxtsizlik ham orzu-havasning be­po­yonligida emas. Ruhshunoslarning fikricha, inson qan­chalik farovon yashasa, tashvishlar ham shunchalik ortib boradi. Chunki odamlar o‘zlarini boshqalar bilan solishtira boshlaydi. Ko‘p daromad topish ishga yanada mas’uliyat bilan yondashishni talab etadi. Natijada dam olishga vaqt qolmaydi. Demak, baxtning siri faqat pulda emas. Boriga qanoat qilmay, shukrona keltirmay turib to‘kislikni his etib bo‘lmaydi. Faqat moddiy boylik bilan ruh va qalb xotirjamli­giga erishib bo‘lmaydi. Sharqona dunyoqarashda baxt haqidagi fikrlar Gʻarbdagi qarashlardan tubdan farq qiladi. Dalay Lama aqidasiga ko‘ra, baxt ikki tomonlamadir: “Birinchisi, tashqi – yaxshi uy-joy, po‘rim kiyim-kechak, sadoqatli do‘stlar bilan ma’lum darajada hayotdan qoniqish his qilish mumkin. Ikkinchisi, ruhiy rivojlanish. Bi­roq bu ikki yondashuv muqobil emas. Botiniy baxt bo‘lmasa, zohiriysining ham umri qisqa bo‘ladi”. Ruhiy halovatga esa nafsni tarbiya va tazkiya qilib erishiladi. Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘liga nafsni anglash haqida shunday ta’lim bergan: “Ey o‘g‘lim! Avvalo nafsingdan ehtiyot bo‘l. Chunki har nafsning bir havosi, nafsoniy istagi bor. Agar nafsga nafsoniy istak­larini bersang, tobora yo‘ldan ozadi va ko‘proq va turfa narsalarni istay bosh­laydi. Chaqmoq­toshda olov yashirin bo‘lgani kabi nafsoniy orzular ham qalbda yashi­rindir; yoqsang porlar, o‘z holiga qo‘yilsa, beki­nib turadi”, degan ekan.  Inson o‘z nafsining yetovida ekan, dunyodagi barcha boyliklarni qo‘lga kiritsa ham unga kamlik qiladi, umri armon va taassuf bilan yakun topadi. Muborak hadislarda aytilishicha, “Kimki tongda uyqudan uyg‘onganda oilasi tinch, tani sog‘ va uyida bir kunlik yeguligi bor ekan, bilsinki, unda dunyodagi barcha ne’matlar mujassam”. Demak, baxt boylikdagina emas, qal­bi­mizdagi halovat, shukr va qanoatda­dir. Aslida har bir olayotgan nafasimiz, bu dunyoda borligimiz, kimlargadir ke­rakligimiz va xalq iborasi bilan aytganda, “shirin tashvishlarimiz” o‘zbekona baxtning nishonasidir. 

Muyassar IBROHIMOVA

“Jadid” gazetasin 2024-yil 29 -mart 14-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img97

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img610

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img607