Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.09.2025 | 12:34

img739

SAODAT VA KULFAT

Saodat Shamsiyeva 1908-yili To‘rtko‘l shahrida, novvoy Polvon Allaqulov oilasida tug‘ilgan. Asli Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘idan bo‘lgan otasi savodli odamlarni hurmat qilar, shu sababdan farzandlari, xususan, qizlarini ham maktabga bergan edi. Afsuski, Polvon ota 1916-yilda vafot etadi, onasi Roziyabibi va katta akasining qaramog‘ida o‘n nafar bola qoladi. Kichkinalar ip yigirar, kattalar sut sotar – tirikchilik shundan edi.

Saodat taqdir taqozosi bilan qo‘qonlik Zokirjon Shamsiyev bilan turmush qurib, matbuotchilar oilasiga kelin bo‘ladi. Qaynisi Husayn Shams shoir bo‘lib, kelinoyisining bilimli ekanidan behad xursand edi. Aka-uka Saodatga yaxshi kitoblar sovg‘a qilardi. Muhit ta’sirida yosh kelinchak she’rlar mashq qilib, maqolalar yoza boshladi.

Zokirjon Shamsiyev inqilobdan oldin poligrafiya maktabini tugatgan edi. 1924-yilda u Toshkentning Eski Jo‘va mahallasida qurilgan birinchi bosmaxonaga direktor etib tayinlanadi. Zokirjon bilimli, o‘qish-o‘rganishga chanqoq odam edi. Adabiyot va yangi turmush borasidagi bahs-munozaralarni jondan sevardi. Uning taklifi bilan Cho‘lpon, Botu, Elbek, Gʻayratiy, Ziyo Said, Gʻozi Yunus kabi ma’rifatparvarlar uylarida mehmon bo‘lib, sahargacha suhbat-u she’rxonlik avjida bo‘lardi.

Oila yangi joyga ko‘nikkach, Zokirjon rafiqasini xotin-qizlar bilim yurtida o‘qitdi. Saodat bu yerni bitirgach, Narkomprossning topshirig‘i bilan Xiva xotin-qizlar bilim yurtiga direktor bo‘lib ketadigan bo‘ldi.

Uning taklifi bilan Cho‘lpon, Botu, Elbek, Gʻayratiy, Ziyo Said, Gʻozi Yunus kabi ma’rifatparvarlar uylarida mehmon bo‘lib, sahargacha suhbat-u she’rxonlik avjida bo‘lardi.

Oila yangi joyga ko‘nikkach, Zokirjon rafiqasini xotin-qizlar bilim yurtida o‘qitdi. Saodat bu yerni bitirgach, Narkomprossning topshirig‘i bilan Xiva xotin-qizlar bilim yurtiga direktor bo‘lib ketadigan bo‘ldi.

Muhokamaga o‘rin yo‘qligi uchun noiloj Saodatxon otamakoniga bir yashar Nodira bilan jo‘nab ketdi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Zokirjon vafot etdi, Saodat bu yo‘qotishdan uzoq vaqt o‘ziga kelolmay yurdi. Keyin erining orzusini amalga oshirish – oliy ma’lumot olish uchun 1928-yilda Samarqand pedagogika institutining tashkilotchi fakultetida o‘qidi. Bu orada uni Samarqand eski shahar komsomol komitetining sekretari qilib saylashdi. Oradan bir yil o‘tgach, O‘zbekiston komsomol komitetining Maorif ministrligidagi vakili etib tayinlandi. Bu joyda bilimga chanqoq yoshlar turli mamlakatlar va markaziy shaharlarga ilm olish uchun yo‘llanardi. O‘sha vaqtda Fayzulla Xo‘jayevning shaxsiy tashabbusi bilan 63 nafar yigit-qiz Germaniyada ta’lim olib, turli kasblarni o‘rganib qaytgandi.

1930-yilda Saodat Shamsiyeva “Правда” nomidagi Butunittifoq jurnalistika institutiga yo‘llanma oladi. Avvaliga o‘qish dasturi murakkabligidan hayiqadi. Bir o‘yi yurtga qaytish edi. Lekin rektor Essin hujjatlarni qaytarib olishga ruxsat bermaydi. “Boshida qiyin bo‘lsa ham, keyin bemalol o‘zlashtira olasiz. Hech qo‘rqmang!” deya qolishga ko‘ndiradi. Ochlik va qimmatchilik hukm surgan o‘sha zamonda besh yil musofirlikda kun kechirish, o‘qish og‘ir mashaqqat bilan kechadi. Issiq kiyim u yoqda tursin, 100 gramm non falon pul bo‘lib ketgan mahalda u bor-yo‘g‘i 30 so‘m stipendiya olardi. Shu bois, Moskvaga borganida o‘zbekistonlik talabalar holidan xabar olgan Yo‘ldosh Oxunboboyev respublika hisobidan qo‘shimcha haq to‘lash haqida qaror qiladi…

1933-yilda institut bitiruvchilari Markaziy Komitetning siyosiy bo‘limi ixtiyoriga yuboriladi. Saodat Shamsiyevaga u yerdan Andijon rayon MTSi qoshidagi “Mo‘l hosil uchun” gazetasi redaktorligiga yo‘llanma beriladi.

Keyinchalik Saodat Shamsiyeva “Saodat” jurnaliga bergan intervyusida “kolxozlashtirish” siyosati haqida fikr bildirib, shunday deydi: “O‘rtahol dehqonlarni quloq qilish xalqqa hech foyda keltirmasligini, aksincha, odamlarning qaysidir ma’noda yosh sovetlar hokimiyatidan ko‘ngli sovishiga sabab bo‘lishini biz yaxshi bilardik. Lekin yuqoridan kelayotgan buyruqni ham bajarmay ilojimiz yo‘q edi…. Hatto, 34–36-yillar, odamlarning qorni nonga to‘ymaydigan zamonlar bo‘lishiga qaramasdan, sholipoyalarni buzib paxta ektirilishiga bir oqil odam chiqib e’tiroz bildira olmagan vaqtlar ham bo‘lgan…”

1936-yilning bahorida sholipoyalarda suv kechib, uzoq vaqt bezgak bilan og‘rib yotganini hisobga olib, Saodatning Toshkentda ishlashiga ruxsat berishadi. U “Qizil O‘zbekiston” gazetasining madaniyat bo‘limida ishlay boshlaydi. Bir kuni redaksiyaga O‘zekiston Kompartiyasining birinchi sekretari Akmal Ikromov keladi va Saodatni ko‘rib suyunib ketadi. Uni Markaziy Komitetning bosmaxona ishlari bo‘limiga ishga taklif qiladi.

O‘shanda “Saodat” jurnali “Yangi yo‘l” nomi bilan chiqardi. Saodat bir vaqtning o‘zida ham bo‘limda ishlab, ham jurnalga muharrirlik qila boshlaydi. O‘sha paytda jurnal nomini o‘zgartirish masalasi ko‘tarilib, A’zam Ayupning taklifi bilan “Yorqin turmush” deb nomlanadi. Aslida, shu jarayonda jurnalga “Saodat” nomini berish Fayzulla Xo‘jayev tomonidan ilgari surilgan. Lekin Akmal Ikromov masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashgan edi: “Redaktori Saodat bo‘lsa, jurnal nomini ham “Saodat” deb atasak, odamlar noto‘g‘ri tushunishi mumkin”, deya rozi bo‘lmaydi…

Saodat Shamsiyeva ikki davlat arbobi haqida quyidagi fikrlarni bildiradi:

– Fayzulla Xo‘jayev va Akmal Ikromov o‘zbek xalqining chinakam farzandlari edi. Ular har bir ishni bamaslahat, hamjihatlikda hal qilishni ma’qul ko‘rardi. Har ikkalasi ham yoshlarning siyosiy yetuk, bilimdon bo‘lishiga juda katta e’tibor berardi. “Hozirdanoq rahbarlik ishini o‘rganganlaring ma’qul. Bizdan keyin respublikamiz taqdiri sizlarning qo‘lingizda”, der edi Akmal aka. Fayzulla Xo‘jayev bilan Moskvadagi “Rabfak”ni bitirib kelgan o‘zbekistonlik yoshlar haqida maqola tayyorlash tashvishida yurgan kezlarimda tanishdim. Bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni respublika arxividan topolmadim. Shunda Fitratning singlisi Mahbuba Rahim qizi Fayzulla Xo‘jayevga ko‘mak so‘rab murojaat etishimni maslahat berdi. Shuni alohida ta’kidlashim kerakki, Fayzulla Xo‘jayev bilan uchrashganimda, uning qanchalar ziyoli, tarbiyali va bilimdon odam ekaniga amin bo‘ldim. Fayzulla Xo‘jayevning biror so‘zida, xatti-harakatida zo‘rakilik ko‘rinmas, aksincha, uning o‘z e’tiqodiga, och-yalang‘och xalqning qullikdan batamom ozod bo‘lishiga ishonch butun vujudini qamrab olgan edi. Arxiv materiallarini ko‘rib chiqish davomida uning “Rabfak”da o‘qiyotganlarga (Moskvada kiyimlarining yupunligi va nonning qimmatligini hisobga olib) Buxoro hukumati tomonidan yana qo‘shimcha pul ajratilishini ta’kidlab yozgan xatini o‘qib qoldim. Ming afsuski, repressiyaning sovuq shamoli eng avvalo ana shunday insonlarni oramizdan olib ketdi…

Qatag‘on mashinasining qonli g‘ildiraklari Saodat Shamsiyeva hayotida ham ayanchli izlar qoldirgan. O‘zbekiston KP(b) Markaziy Komitetining 1937-yil oxirgi Plenumida yoshlar masalasi ko‘rib chiqildi. Ko‘plar qatori uni ham ayg‘oqchilikda ayblashdi. Emishki, uning akasi Madamin chet el ayg‘oqchisi bo‘lib, Saodat unga ma’lumotlar yetkazib turarmish….

Shundan keyin Saodat do‘stlarining tavsiyasi bilan yashirincha kun kechirishga majbur bo‘ladi. Dastlab qizi Nodira va o‘g‘li Bahodirjonni olib, singlisi bilan Orjonikedze rayonidagi bir qishloqqa borib, xaroba uyda yashay boshlaydi. O‘sha yili qish qattiq kelishiga qaramay, bir buxanka non olish uchun Saodat va singlisi yarim beligacha loy kechib dalaga mahalliy o‘g‘it chiqarardi. Shundan keyin Saodat ikkinchi marta bezgakka chalinib yotib qoladi. Yana shaharga hech kim bilmas tarzda ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishadi. Shundan so‘ng, sog‘ligi biroz yaxshilangach, “Tashkentprom”da shisha idishlarga siyoh quyuvchi, non zavodida yuk tashuvchi bo‘lib ishlaydi.

1945-yilda arab tilini yaxshi bilgani uchun ishga olishar degan maqsadda Sharqshunoslik institutiga ish so‘rab boradi. Afsuski, yana omadi kelmaydi. U yerda odam boshiga 300 grammdan non berishardi, tabiiyki, bu bilan ikki bolasi, singlisi va o‘zini to‘ydirolmasdi. Shuning uchun boshqa ish qidirishga majbur bo‘ladi. O‘zTAGga ish so‘rab boradi, u yerda unga bir xat berib maqola tayyorlab kelishini aytishadi. Maqola ma’qul kelib, unga rahmatnoma e’lon qilinib, ishga olishadi. U shu yillarda O‘zbekiston radiosida, Parkent rayon gazetasida, Angren ko‘mir koni gazetalarida ham ishlaydi.

Saodatga bir joyda uzoq ishlashiga amnistiya chiqqan bo‘lsa-da, haliyam o‘zini oqlab olmagani xalaqit berardi. Shuning uchun 1955-yilda u Moskvaga boradi. Repressiya qilinganlar ro‘yxatida uning familiyasi ham bor ekan. O‘shanda ko‘zoynakli sekretar unga uzoq tikilib qolgan edi. “Siz partiyadan o‘chirilib, ishdan olingan, 1937-yilda otuvga hukm qilingan ekansiz. Qanday tirik qoldingiz?”  deydi sovuq ohangda. Shu lahzada Saodatning oyoq-qo‘lidan darmon ketib, o‘tirib qoladi… Hartugul bu vaqtda Stalin siyosati kuchsizlangan, turg‘unlik shamollari esa boshlagan, qatag‘on qurbonlari nari-beri oqlangan 1956-yil kirib kelgandi. Shu yili Saodat Shamsiyeva O‘zbekiston xotin-qizlari jurnali “Saodat” tahririyatida muharrir o‘rinbosari lavozimida ish boshlaydi. Shu o‘rinda qahramonimizning nolalariga quloq tutamiz.

“1956-yili Toshkentga kelib, O‘zbekiston xotin-qizlari jurnalida 3-4 yil ishlab pensiyaga chiqdim. Sog‘ligim zaif bo‘lsa ham endi jamoat ishlarida qatnashib yurdim. “Respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist” degan unvonim bor edi… 17 yillik repressiyadan so‘ng hayotimdan biron durustroq narsa qoldirolmadim. Yozish uchun yaxshi kayfiyat, ilhom, toza havo, tengdosh qalamkashlar bo‘lishi kerak ekan. Yoshligimning 17 yili yig‘lab o‘tdi. “Xalq dushmani” degan so‘z yurak-bag‘rimdan o‘tardi, yuzim qaro edi”.

Nafaqaga chiqdi-yu, qalam tebratishni davom ettirdi. Kitoblar tarjima qilish, radioeshittirishlar, teleko‘rsatuvlar tayyorlash, respublika gazetalariga maqolalar yozish bilan mashg‘ul bo‘ldi.

Saodat Shamsiyeva 1999-yili vafot etdi. Saodat ayaning umr yo‘llari ko‘z oldimizda iroda va sabotning yorqin namunasi kabi bo‘y rostlaydi. Bu kabi achchiq qismat egalarining jabrdiyda hayoti bilan tanishganda bugungi ozod kunlarimiz, yurtimizda ayollarga bo‘layotgan yuksak e’tibor uchun beixtiyor shukronalar aytasan kishi.

Aziza AHROROVA,
Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiya bo‘limi boshlig‘i

“Jadid” gazetasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 37-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596