25.09.2025 | 11:50
4899
INSON QADRI VA FAROVONLIGI USTUVOR YO‘NALISH
Siyosatchilarning mustaqil O‘zbekistonning dastlabki yillariga oid hazilomuz bir gapi bor: “Ozodlik, demokratiya, so‘z va vijdon erkinligi haqidagi bayonotlar, oliy minbarlarda aytiladigan fikrlar bu xalqaro kuzatuvchilar va tashqi siyosatning belgilari hisoblanadi. Ichki siyosatda esa biz o‘zimizga xos va mos demokratiya unsurlaridan foydalanishimiz kerak”. Bu esa, o‘z navbatida, tashqi va ichki siyosatdagi fikrlar, bayonotlarning ma’lum darajada so‘zda va amalda bir xil emasligini ko‘rsatar edi.

So‘nggi yillarda olib borilayotgan ochiq islohotlar, pragmatik siyosat tufayli ichki va tashqi siyosat o‘zaro uyg‘unlashdi. Kecha BMTning oliy minbaridan aytilgan gaplar Yangi O‘zbekiston siyosatning asosiy konturlarini belgilash bilan bir qatorda, ana shu uyg‘unlikning bir namoyoni bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Davlatimiz rahbarining kuni kecha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirdagi “Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir” bayonoti va BMT oliy minbaridan aytilgan “Eng asosiysi – o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaramoqdamiz” degan gaplari Yangi O‘zbekiston tashqi va ichki siyosatidagi uyg‘unlikning yorqin misoli bo‘la oladi.
Albatta, bu yutuqlar o‘z-o‘zidan vujudga kelgan emas. Bugungi kunda O‘zbekistondagi taraqqiyotning asosi, poydevori aynan ta’lim va ilm-fan sohasida qo‘yilayotganini davlatimiz rahbari bilan bir qatorda xalqaro kuzatuvchilar ham e’tirof etishmoqda. Bu e’tirof zamirida nafaqat mamnuniyat, balki katta bir mas’uliyat ham borki, Uchinchi Renessans poydevoriga asos bo‘ladigan ta’lim, ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat tizimida faoliyat yuritayotgan har bir ziyoli shaxs buni chuqur his qilishi va shunga ko‘ra o‘z faoliyatini tanqidiy nuqtayi nazardan qaytadan ko‘rib chiqishi lozim.
Olimjon DAVLATOV,
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori
___ ___ ___
Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlangan nutq xalqimiz hayotida katta voqea bo‘ldi. Bu nutq nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning xalqaro maydondagi obro‘sini oshiradigan, yangi taraqqiyot ufqlarini belgilab beradigan tarixiy voqelik bo‘lib qoldi.

Davlatimiz rahbarining nutqida insoniyat oldida turgan eng dolzarb global muammolar – tinchlik va xavfsizlik, barqaror rivojlanish, ekologiya, suv tanqisligi, gender tenglik, yoshlar tarbiyasi, ilm-fan va ma’rifat kabi masalalar atroflicha yoritildi. Bu masalalarga yondashuv O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi munosib o‘rnini yanada mustahkamlamoqda.
Ayniqsa, nutqda inson qadri va farovonligi ustuvor yo‘nalish sifatida alohida ta’kidlangani biz ma’naviyat targ‘ibotchilari uchun katta ibratdir. Prezidentimizning “har bir oila, har bir fuqaroning hayotini tubdan yaxshilash” haqidagi fikrlari jamiyatimizning barcha qatlamlariga ruhiy kuch va mas’uliyat yuklaydi.
Bugun Surxondaryo viloyatida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim qamrovi ortib, oliy ta’lim eshiklari yoshlarimiz uchun keng ochildi. Ayniqsa, o‘qituvchilar kasbining nufuzini yuksaltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar Surxondaryodagi minglab ustozlar qalbida faxr uyg‘otmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Butunjahon professional ta’lim sammitini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi viloyatimiz ta’lim sohasidagi yangilanishlarga ham yangi turtki beradi.
Shuningdek, nutqda ekologik muammolarga, xususan, suv resurslarini tejash, yashil hududlarni kengaytirish masalalariga qaratilgan e’tibor biz uchun ham dolzarbdir. Chunki Surxondaryo – dehqonchilik va bog‘dorchilik yurti sifatida suv va ekologik barqarorlikka bevosita bog‘liqdir. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Suvni tejash bo‘yicha Butunjahon forumini o‘tkazish tashabbusi viloyatimiz aholisi uchun ham umidbaxsh tashabbusdir.
Nutqda yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi. “Ertangi kun taqdiri yoshlar qo‘lida” degan g‘oya bizga yaxshi tanish. Chunki Surxondaryo azaldan ilm-fan va ma’rifat maskani, Imom Termiziy kabi buyuk allomalar vatani sifatida yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor bergan. Bugun ham Prezidentimizning yoshlarga qaratilgan tashabbuslari viloyatimizdagi ta’lim muassasalari, ma’naviyat va ma’rifat maskanlari uchun yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.
Shu bilan birga, nutqda xalqaro hamkorlik, mintaqaviy barqarorlik va tinchlikni mustahkamlash masalalariga urg‘u berildi. Surxondaryo viloyati Afg‘oniston bilan chegaradosh hudud sifatida, bu yurt bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashga har doim tayyor. Prezidentimizning Afg‘onistonga oid tashabbuslari bizning viloyatimiz uchun ham dolzarb va hayotiy ahamiyatga ega.
Hurmatli hamyurtlar!
Prezidentimizning BMT minbaridan aytgan nutqi xalqimiz qalbida faxr va g‘urur uyg‘otdi. Bu nutq orqali dunyo yana bir bor O‘zbekistonning qat’iyatli pozitsiyasini, xalqimizning ezgu intilishlarini ko‘rdi. Biz, Surxondaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazi jamoasi, ushbu g‘oyalarni keng targ‘ib qilish, har bir yurtdoshimiz qalbiga yetkazish, islohotlarga hamnafas bo‘lish yo‘lida bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz.
Bizning eng katta vazifamiz – xalqimizning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, har bir inson qalbida Vatanga sadoqat, ezgu orzu va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirishdir.
Nargiza RAHMATULLAYEVA,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
145
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
149
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
345



