Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.02.2026 | 16:02

img1731

ONG KELAJAKNI BELGILAYDI

“Ekstremistik mafkura va g‘oyalar ijtimoiy tarmoqlar, videoroliklar va adabiyotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatish orqali jamiyatga, ayniqsa, yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda… Taqiqlangan diniy materiallarning Internet tarmog‘ida tarqalishining oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligi yetarli darajada emasligi bunday materiallarni saqlash va tarqatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda”.

Shavkat MIRZIYOYEV
“Yangi O‘zbekiston strategiyasi”

ENDI FRONT CHIZIG‘I YO‘Q

Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki jahondagi boshqa davlatlar ham keng qamrovli xavfsizlik masalasi yechimi yuzasidan turli chora-tadbirlar ustida bosh qotirmoqda. Negaki, bugunga kelib, bu tushuncha yangi mazmun kasb etdi. Endi davlat tinchligi, farovonligi va taraqqiyoti hududiy yaxlitlik yoki iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, jamiyatning ma’naviy-mafkuraviy holatiga, qadriyatlar tizimi hamda fuqarolar ongidagi barqarorlikka bevosita bog‘liq bo‘lib qoldi. Shu nuqtayi nazardan, “endi front chizig‘i yo‘q” degan so‘z tizginsiz tuyg‘ularga tayangan mubolag‘a emas, zamonaviy geosiyosiy voqelikning aniq ifodasi, deyish to‘g‘riroqdir.

Bugunga kelib axborot, ta’lim, madaniyat, din va yana birtalay ijtimoiy omillar vositasida inson ongi, jamoatchilik fikri hamda ma’naviy muhitni shakllantirish va boshqarish imkoniyati yanada osonlashdi. Kognetiv urush – inson ongi, idroki, fikrlash usuli va qaror qabul qilish jarayonini o‘zgartirishga qaratilgan maqsadli ta’sirlar majmuasidir. U klassik harbiy urushdan farqli ravishda, axborot, g‘oya, talqin, ramziy va psixologik usullar orqali amalga oshiriladi. Gibrid tahdid – bu bir vaqtning o‘zida bir nechta turdagi ta’sir va bosim vositalarini uyg‘un holda qo‘llash orqali davlat, jamiyat yoki muayyan guruhni beqarorlashtirish, zaiflashtirish yoki boshqarishga qaratilgan kompleks tahdiddir. Aslida, hanuz to‘xtamagan, kundan kun yangicha shakl va ko‘rinishlarda davom etayotgan bu xatarlar bilan yuzma-yuz kelmagan davlat ham, jamiyat ham yo‘q hisobi.

Global axborot makonida kuzatilayotgan ma’naviy-mafkuraviy barqarorlikka tahdid o‘ta jiddiy strategik xatardir. U xalq va inson ongini nishonga oladi, shu orqali jamiyatga ham, suverenitetga ham tahdid qiladi.

GEOMA’NAVIY TAHDID VA XAVFSIZLIK

Ongni zabt etish, bo‘ysundirish va boshqarishning turli usullari mavjud. Bunday usullarning barchasini yaxlit holda “geoma’naviy tahdid” atamasi bilan ifodalash mumkin.

Xalq, inson ongi, Vatan va suverenitet uchun muqarrar xavf tug‘diradigan geoma’naviy tahdidlar kurash hududiga avvalo axborot xuruji orqali kirib keladi. U muayyan geosiyosiy manfaatlarni ko‘zlab, qadriyatlar, qarashlar va tushunchalar tizimini o‘zgartirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda buzg‘unchi g‘oyalar “oddiy fikr” ko‘rinishida jamoatchilik ongiga singdirib boriladi. Natijada, milliy qadriyatlar, tarixiy xotira va an’anaviy qarashlarning ahamiyati susayib, jamiyatda ishonchsizlik, qutblashuv hamda ma’naviy bo‘shliq yuzaga keladi. Yoshlarda tanqidiy fikrlash yetarli bo‘lmagan sharoitda bu ta’sir yanada samarali kechadi.

Geoma’naviy axborot xurujining jamiyat barqarorligi va milliy birlik uchun xavfli oqibatlari bor ekan, unga qarshi tizimli yondashuv zarurati sifatida geoma’naviy xavfsizlik masalasi kun tartibiga chiqadi. Geoma’naviy xavfsizlik axborot xuruji va mafkuraviy tahdidlar sharoitida jamiyat hamda davlatning ma’naviy-mafkuraviy barqarorligini himoya qilishga xizmat qiladigan chora-tadbirlar tizimidir. U global axborot muhitida milliy qadriyatlarni, dinni, tarixni hamda dunyoqarashni tashqi va ichki ta’sirlardan muhofaza qilishni, faqat axborot sohasi bilan cheklanmay, ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va institutsional mexanizmlarni qo‘llashni ham nazarda tutadigan kompleks yondashuvdir.

Geoma’naviy xavfsizlikni ta’minlashda faqat reaktiv himoya (tahdidli ta’sirga tezkor, ongsiz ravishda javob berish orqali himoyalanish, masalan, tanqid qilingan insonning darhol bahsga kirishib ketishi) choralari bilan cheklanib qolmaslik lozim. Chunki bunday tahdidlar aksar hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri bosim yoki ochiq chaqiriqlar bilan emas, balki ijtimoiy hayotning tabiiy sohalariga singdirilgan ta’sir mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Bunday ta’sir ko‘pincha jamiyat tomonidan oddiy axborot, diniy chaqiriq, ma’rifiy tadbir, madaniy aloqa yoki ta’lim sohasidagi hamkorlik sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu sababli, geoma’naviy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi g‘oyaviy ta’sirlar qanday yo‘llar orqali, qaysi sohalar vositasida va qay darajada amalga oshirilayotganini chuqur anglash talab etiladi.

TA’SIR MEXANIZMLARI

Geoma’naviy ta’sir mexanizmlari ichida inson ongi va jamoatchilik fikriga uzoq muddatli va barqaror ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan sohalardan biri ta’lim tizimidir. Ta’lim jamiyatning kelajakdagi intellektual qiyofasini, kadrlar salohiyatini hamda qaror qabul qiluvchi elita tarkibini shakllantiradigan strategik institut hisoblanadi.

Ta’lim sohasidagi tashqi ta’sir qisqa muddatli axborot reaksiyasi emas, uzoq davom etuvchi va tizimli jarayondir. Bu ta’sir ijtimoiylashuv, bilim standartlari, o‘quv dasturlari va akademik muhitni shakllantirish bilan amalga oshadi. Natijada, u jamiyat fikri va intellektual kun tartibiga bilvosita, ammo chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Agar mazkur jarayon muvofiqlashtirilgan holda tartibga solinmasa, mamlakat ichida xorijiy stipendiya, grant, til kurslari, akademik almashinuv dasturlari hamda ta’lim muassasalari ko‘magida muayyan tashqi ta’sir markazlarining bosqichma-bosqich kuchayishi ro‘y beradi. Bu esa tashqi ta’sirning institutsional shakli sifatida o‘quv-tarbiya jarayoni orqali yot dunyoqarashni shakllantirish, yangi standartlar, o‘zgacha bilim mezonlari va begona qadriyatlar tizimining joriy etilishiga olib keladi.

Shu ma’noda, ta’lim orqali ko‘rsatilayotgan ta’sirni “ertangi fikr va qaror qabul qilish muhiti”ni tayyorlashga qaratilgan strategik vosita sifatida baholash lozim. Chunki ta’lim sohasida shakllangan qarashlar va qadriyatlar vaqt o‘tishi bilan davlat boshqaruvi, ijtimoiy munosabat va siyosiy qarorlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur jarayon natijasida intellektual qaramlik, akademik kun tartibining tashqi markazlarga bog‘lanishi, milliy maktablar va ta’lim-tarbiya an’analarining zaiflashuvi hamda qadriyatlar transformatsiyasini qamragan tahdidlar yuzaga keladi.

Jamoatchilik kayfiyati va ongga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim yo‘nalishlardan yana biri madaniy diplomatiyadir. U “yumshoq kuch” strategiyasi doirasida festivallar, til kurslari, adabiy tadbirlar, kino va musiqa mahsulotlari namoyishi, grantlar, ijodiy dasturlar hamda madaniy markazlar ko‘magida amalga oshirilib, to‘g‘ridan to‘g‘ri bosim yoki majburlash usullarisiz jamiyat ongida emotsional moyillikni shakllantiradi. Natijada muayyan bir davlat, xalq yoki madaniy makonga nisbatan xayrixohlik, ishonch va ijtimoiy yaqinlik hissi yuzaga keladi. Ayrim hollarda madaniyat siyosiy maqsadlarga xizmat qiluvchi vositaga ham aylanib, “birlik”, “umumiy tarix” yoki “qadriyatlar mushtarakligi” kabi tushunchalar bilan muayyan geosiyosiy maqsadlarning mafkuraviy asosini mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.

Din vositasidagi tashqi ta’sir ham aholi dunyoqarashi, axloqiy mezonlari va ma’naviy qadriyatlariga bevosita daxldor bo‘lgani jihatidan, geoma’naviy tahdidlar tizimida eng ta’sirchan va uzoq muddatli omillardan biri hisoblanadi. Turli diniy infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash, xayriya va ijtimoiy yordam loyihalari, diniy ta’lim hamda ma’rifiy faoliyat bilan jamiyatda ishonch, ma’naviy yaqinlik va ijtimoiy legitimlikni shakllantirish mumkin, biroq geosiyosiy raqobat sharoitida aynan shu holat diniy sohani siyosiy va mafkuraviy manfaatlar uchun vosita sifatida qo‘llash xavfini ham oshiradi.

Din siyosiylashib, muayyan g‘oyaga, harakat yoki tashqi manfaatlarga xizmat qiluvchi vositaga aylangach, davlat va qonun ustuvorligi tamoyillari zaiflashib, jamiyatda huquqiy me’yorlar emas,  muayyan diniy talqinlar birlamchi ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bu esa davlat asoslariga nisbatan ishonchning susayishi, huquqiy ongning zaiflashuvi va ijtimoiy munosabatlarda qutblashuvning kuchayishiga olib keladi. Natijada radikallashuv jarayonlari tezlashib, konfessiyalararo ishonchsizlik, toqatsizlik, ijtimoiy keskinlik uchun ma’naviy-psixologik muhit shakllanadi.

Bugungi tashqi g‘oyaviy ta’sirlar bir martalik kampaniya emas, uzoq muddatli, tizimli va barqaror jarayon sifatida maydonga kirib kelmoqda. Shu bois, bunday tahdidlarni hamda ularni keltirib chiqarayotgan tashqi omillarni aniqlash va tahlil qilish juda muhim. Chunki tashqi ta’sir mexanizmlari qanday ishlayotganini bilmay turib, samarali himoya strategiyasini ishlab chiqish mumkin emas. Axborot bilan bog‘liq ta’sir mexanizmlarida quyidagi bir qator tashqi omillar bor.

Birinchi tashqi omil shuki, global axborot makonida amaliy jihatdan hududiy chegaralar mavjud emas. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqagan kontent davlat chegaralarini inobatga olmaydi. U qisqa vaqt ichida barcha mamlakatlarga kirib boradi. Aynan shu holat axborot ta’sirining tezkorligi va ommaviyligini keskin oshirib, uni nazorat qilish va himoyalanish mexanizmlarini murakkablashtiradi. Bunday holat ikkinchi tashqi omilga keng yo‘l ochadi. Ikkinchi tashqi omil g‘oyaviy ta’sirning kengayib borishi bilan bog‘liq. Bu ta’sir ko‘p hollarda suverenitet, milliy o‘zlik va tarixiy xotiraga nisbatan ishonchni susaytirishga qaratilgan axborot bosimida ko‘rinadi. Jamoatchilik ongida suveren davlatchilikni shartli, nisbiy yoki “kimningdir ta’sir doirasidagi makon” sifatida qabul qilishga undaydi. Bu esa muayyan davlat yoki mintaqaning davlatchilik modeli, tarixiy legitimligi va milliy o‘zligini shubha ostiga qo‘yadi.

Uchinchi tashqi omil sifatida global axborot maydonida media markazlar o‘rtasidagi tengsizlikni alohida qayd etish lozim. Radikalistik, ekstremistik, terroristik, ksenofobik, imperialistik va shovinistik g‘oyalarni ilgari surishga xizmat qiluvchi ayrim xorijiy ta’sir markazlari moliyaviy, texnologik va tashkiliy resurslarni yuqori darajada jamlagani bilan ajralib turadi. Masalan, “Al-Qoida” xalqaro terroristik tashkilotining elektron jurnali, ISHIDning tarmoqlangan media infratuzilmasi, shuningdek, ayrim mahdud yirik axborot tizimlari aniq maqsadga yo‘naltirilgan qat’iy narrativlar asosida kontent ishlab chiqarishda tezkorlik, ko‘p tilli auditoriyani qamrab olish, tarqatish infratuzilmasining kengligi va algoritmlar orqali ommalashtirish imkoniyatlari bilan ustunlikka ega. Bunday sharoitda global axborot oqimida tashqi manbalarning salmog‘i oshib, mahalliy axborot tizimlari uchun raqobat muhiti yanada murakkablashadi. Ayniqsa, resurs cheklovlari mavjud bo‘lgan milliy media markazlar auditoriya e’tibori uchun global platformalar bilan raqobatda qiyinchiliklarga duch keladi.

Global axborot muhitidagi yana bir tashqi omil platformalar algoritmining ishlash mantig‘i bilan bog‘liq. Aksar kishilarga ma’lumki, raqamli platformalar tahliliy yo ma’rifiy materiallardan ko‘ra, auditoriyada kuchli emotsional reaksiya uyg‘otuvchi kontentlarni tezroq ommalashtiradi. Ekstremistik g‘oya tashuvchilari esa shu xususiyatdan samarali foydalanadi. Natijada roliklar, ta’sirchan sarlavhalar, soddalashtirilgan shiorlar va qarama-qarshi obrazlarni o‘zida jo qilgan kontentlar internetda keng ommalashadi. Bundagi xavf ham shunda: huquqiy davlat tamoyillariga zid ravishda, diniy tushuncha va qarashlarni mutlaq ustun qo‘yayotgan media mahsulotlarning ommalashayotganidadir. Bunday kontentlarda qonun ustuvorligi emas, subyektiv diniy talqinlar “eng oliy mezon” sifatida ko‘rsatiladi. Oqibatda, diniy e’tiqodning manipulyativ talqin qilinishi va davlatchilik asoslariga qarshi yo‘naltirilishi ulkan muammolarni yuzaga keltiradi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, ayrim hollarda TikTok, Instagram Reels va YouTube Shorts kabi qisqa video formatlarining ta’siri to‘liq metrajli badiiy yoki hujjatli filmlardan ham kuchli bo‘lishi mumkin. Radikal va ekstremistik targ‘ibotda ham aynan shu formatlardan faol foydalaniladi. Xavfli g‘oyalar ko‘pincha “quvnoq”, “oddiy hayot haqiqati” yoki “shaxsiy tajriba” ko‘rinishida “yumshatilgan” holda taqdim etiladi. Natijada auditoriya bu kabi mazmunni darhol xavf sifatida qabul qilmaydi. Bu holat “yashirin radikallashuv” deb ataladigan mexanizmni yuzaga keltiradi va radikallashuvni yashirin, bosqichma-bosqich yuzaga chiqaradi.

QUTBLASHUV VA HUQUQIY ONG ZAIFLASHUVI

Yashirin radikallashuvni keltirib chiqaradigan kontentlarning keng tarqalishi jamiyatni bir qator salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Birinchidan, jamoatchilik ichida qutblashuv kuchayadi. Turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasida murosasizlik ortib, bag‘rikenglik va muloqot madaniyati yo‘qolib boradi. Bir-birini onlayn haqorat qilayotganlar bunga yaqqol misol. Ikkinchidan, huquqiy ong zaiflashadi. Davlat institutlari, qonun va huquqiy tartibga nisbatan ishonch so‘nib, hissiyotlarga asoslangan subyektiv “hukmlar” ustuvorlik qila boshlaydi. Uchinchidan, radikal targ‘ibotning normallashuvi zo‘ravonlikka nisbatan ma’naviy cheklovlarni susaytirishi mumkin. Ayrim hollarda ekstremistik chaqiriqlar “adolat uchun kurash” yoki “majburiy chora” sifatida oqlanib, ijtimoiy ongda xavfli tendensiya shakllanadi. To‘rtinchidan, tanqidiy fikrlash va manbalarni tekshirish madaniyati shakllanmagan sharoitda axborotning mazmuni emas, balki uning “trend” darajasi va ommaviyligi hal qiluvchi ahamiyat kasb eta boshlaydi.

Zamonaviy axborot makonida geoma’naviy tahdidlarning yana bir xavfli mexanizmi axborot manipulyatsiyasi ko‘magida jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatishdir. U ong boshqaruvidagi psixotexnologik yondashuv sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bunday ta’sir harbiy tajovuz yoki iqtisodiy bosimdan farqli ravishda, aholi kayfiyati, dunyoqarashi va qabul qilinadigan siyosiy qarorlarga bilvosita ta’sir o‘tkazishni maqsad qiladi.

Axborot ta’siri tashqi jihatdan bosim sifatida ko‘rinmasligi mumkin, biroq uzoq muddatda uning oqibatlari jamiyat barqarorligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Mazkur jarayonlarning amaliy namunasi sifatida Cambridge Analytica voqeasini misol keltirish mumkin. Bu holat raqamli muhitda ma’lumotlardan qay tarzda maqsadli manipulyatsiya vositasi sifatida foydalanish mumkinligini yaqqol ko‘rsatib berdi.

Cambridge Analytica – Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan, siyosiy konsalting va ma’lumotlar tahlili bilan shug‘ullangan kompaniya bo‘lib, uning faoliyati raqamli muhitda jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatishning yangi bosqichga chiqqanini namoyon etdi. 2013-yili ishlab chiqilgan mazkur ilova foydalanuvchilarning shaxsiy xususiyatlarini test savollari orqali aniqlashga qaratilgan edi. Biroq o‘sha davrda testda ishtirok etgan shaxslar bilan cheklanib qolmasdan, ularning “do‘stlari” haqidagi ma’lumotlar ham avtomatik ravishda yig‘ib olingan. Natijada, taxminan ikki yuz yetmish ming foydalanuvchi testdan o‘tgan bo‘lsa-da, sakson milliondan ortiq akkaunt ma’lumotlari noqonuniy tarzda qo‘lga kiritilgan. Bu voqeaning geoma’naviy tahdidlar nuqtayi nazaridan ahamiyati shundaki, yig‘ilgan ma’lumotlar faqat tijoriy maqsadlarda emas, siyosiy targ‘ibotda ham qo‘llangan. Xususan, mazkur ma’lumotlar AQSH prezidenti Donald Tramp va 2016-yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etgan senator Ted Kruzning saylov kampaniyalarida manzilli tarzda siyosiy targ‘ibotni individuallashtirish uchun ishlatilgani haqida ochiq ma’lumotlar mavjud.

Zamonaviy axborot makonida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va auditoriyaga manzilli ta’sir ko‘rsatish usuli jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli platformalardagi algoritmlar kontent tarqalishini avtomatik ravishda boshqarib, ko‘pincha emotsional, bahsli va keskin reaksiya chaqiruvchi materiallarni ustuvor holda ommalashtiradi. Bu esa axborot muhitida oqilona tahlilga asoslangan muhokamalar o‘rnini hissiy munosabatlar egallashiga olib keladi. Shu sharoitda mikro-targeting va psixografik profillash texnologiyalari foydalanuvchilarning internet muhitida namoyon qiladigan onlayn xulqi va jamoat ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalarga aylanmoqda.

Mikro-targeting – raqamli platformalar orqali to‘plangan ma’lumotlarga tayangan holda, axborot, reklama va targ‘ibot xabarlarini keng auditoriyaga emas, muayyan shaxs yoki tor guruhlarga moslab yetkazish usulidir. An’anaviy ommaviy reklamada barchaga bir xil xabar taklif etilsa, mikro-targetingda har bir foydalanuvchiga uning qiziqishlari, ehtiyojlari va psixologik holatiga mos axborot taqdim etiladi. Ushbu texnologiya foydalanuvchining “raqamli izlari”ga – layklar, izohlar, ko‘rilgan video va o‘qilgan materiallar, obunalar, qidiruv so‘rovlari va onlayn faollik vaqtlariga tayanadi. Bu ma’lumotlar umumlashganida, shaxsning onlayn xulqiga oid raqamli portreti shakllanadi. Shu asosda foydalanuvchining demografik ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda, uning qadriyatlari, qo‘rquvlari, emotsional moyilliklari va qaror qabul qilish uslubi haqida taxminiy xulosalar chiqariladi. Aynan shu jihat mikro-targetingni axborot ta’siriga asoslangan psixologik texnologiyaga aylantiradi.

Psixografik profillash inson ongini axborot ta’sirining markaziy obyekti sifatida ko‘radi. U mikro-targeting texnologiyasi bilan uyg‘un ishlaydi. Ya’ni avval auditoriya ma’lum psixologik belgilar asosida guruhlarga ajratiladi, keyin esa har bir guruh uchun alohida axborot ssenariylari ishlab chiqiladi. Bu texnologiyaning qisqa video, mem, shior, infografik materiallar, maqsadli reklama yoki manipulyativ postlar ko‘rinishidagi turli formatlari mavjud. U asosida yaratilgan har bir kontent tashqi jihatdan neytral yoki “oddiy fikr” sifatida taqdim etilsa-da, mazmunan muayyan qaror yoki qarashni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu jihati bilan psixografik profillash inson ongiga yashirin ta’sir ko‘rsatishning texnologik asoslaridan biri sifatida geoma’naviy tahdidlarning zamonaviy shakliga aylanadi.

Bugungi kunda soxta akkaunt va sahifalar yaratish, muayyan auditoriyalarga mos kontent ishlab chiqish, maqsadli reklama joylashtirish hamda platformalarning targeting mexanizmlaridan foydalanib jamiyatdagi bo‘linish nuqtalarini kuchaytirishga urinishlar qayd etilayotgani, “Facebook”da bunday kontentlar foydalanuvchilari yuz millionlab adadni tashkil etayotgani haqidagi ma’lumotlar bu amaliyotning keng qamrovi va tizimli xarakterini ko‘rsatadi.

Algoritmlar va kontent muhiti ijtimoiy inqirozga olib kelishi mumkin. Bunga Myanma voqeasi misol. Facebook asosiy axborot manbasiga aylangan bu mamlakatda aynan shu platforma nafratga yo‘g‘rilgan targ‘ibot va tizginsiz dezinformatsiya manbayiga aylanishi natijada 2017-yili Rohinja aholisiga nisbatan keng ko‘lamli zulm sodir etildi. Minglab inson halok bo‘lib, yuz minglab kishi o‘z uy-joylarini majburan tark etdi. BMT hisobotlari hamda qator xalqaro tahlillarga ko‘ra, Facebook platformasi Rohinja musulmonlariga qarshi nafrat targ‘ibotida muayyan rol o‘ynagan. Bu, Cambridge Analytica voqeasi bilan umumiy jihatlarga ega. Har ikki holatda ham raqamli muhit orqali auditoriya ongiga yashirin ta’sir ko‘rsatish va ijtimoiy muhokamani manipulyatsiya qilish mexanizmlari ishlatilgan.

Raqamli platformalar muhitida manipulyativ ta’sir o‘tkazishning yana bir keng tarqalgan shakli sifatida muvofiqlashtirilgan soxta faoliyat – Coordinated Inauthentic Behavior (CIB – internet va ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh akkauntlar tomonidan oldindan kelishilgan holda, o‘zining kimligini va niyatini yashirib, jamoat fikriga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan soxta va muvofiqlashtirilgan profillar va sahifalar faoliyati) alohida o‘rin tutadi. Meta (Facebook va Instagram) kompaniyasi turli yillarda turli davlatlar bo‘yicha CIB tarmoqlarini fosh etish va ularni bloklashga doir bir qator rasmiy hisobotlarni e’lon qilib keladi. Ularda soxta akkaunt tarmoqlari orqali auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish, kontentni sun’iy ravishda ommalashtirish, ijtimoiy muhokamani buzish yoki muayyan siyosiy pozitsiyani “ommaviy qo‘llab-quvvatlanayotgandek” ko‘rsatish mumkinligi ta’kidlanadi. Bunday amaliyotlar axborot muhitida real ijtimoiy kayfiyat bilan sun’iy yaratilgan tasavvurlar o‘rtasidagi chegarani olib tashlaydi. Bu holat raqamli muhitdagi manipulyativ ta’sir faqat tashqi faktorlar emas, ichki siyosiy maydon doirasida ham amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Abdulhamid MUXTOROV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-fevraldagi 7-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599