Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.04.2026 | 17:59

img2690

TEMIRMI, TEMURMI YO TIMUR?

Qay birining yozilishi to‘g‘riroq? Amir Temur deymiz va barcha manbalarda shunday yozilgan. Shu bilan birga, Temir ismi ham ko‘p uchraydi. Umuman, Temur/Temir/Timur – turkiy xalqlar ichida eng ko‘p tarqalgan ismlardan biri. Hozirgi o‘zbek tilida kimyoviy modda, ma’danni – temir deymiz. Toshtemir, Eshtemir, Bektemir kabi ismlarda “temir” shakli qat’iy o‘rnashgan, ya’ni Toshtemur demaymiz. Keling, mulohaza uchun bu so‘zning o‘tmishiga bir nazar tashlab ko‘raylik.

Xoh ma’dan, xoh atoqli ot ma’nosida bo‘lsin, temir – turklar tarixida muhim o‘rin tutadi. Buni qarangki, ikki buyuk tarixiy shaxs: Chingizxon (Timujin) va Temur ham tug‘ilishdan shu nom sohiblaridir. Temir – bu mustahkamlik, chidamlilik, kuch-qudrat, iroda ramzi, shuningdek, qadimgi turklar zehniyati, turmush tarzi, mafkuralarida markaziy o‘rin tutgan bir unsurdir.

Ma’lumki, xunlardan to ko‘kturklargacha bo‘lgan davrda Chin imperiyasi (hozirgi Xitoy) bilan baqamti yashagan qadimgi turklarning ajdodlari Xitoy madaniyati ta’sirida bo‘lgan. Shu bois temir, kumush, oltin kabi ma’danlarning nomlari, mutaxassislarga ko‘ra, o‘rta chin (xitoy) tilidan qadimgi turk tiliga o‘zlashgan. Qadimgi turklar tuprog‘i – Qocho‘ (Gaochan), Turfan yerlarida yashagan turkiy qabilalar temir qazib olish, unga ishlov berishni yaxshi bilganlar. Bizningcha, qadimgi turklarning jangovar bir xalq bo‘lishida ularning temirchilik hunarlari ham muhim rol o‘ynagan. Deylik, qadimgi turklar temirni o‘zlariga “bo‘ysundirib”, undan qurol-yarog‘ yasashni bilmaganlarida, ehtimol, Ashina qavmi Turk xoqonligiga asos solmagan, turklar tarixda yirik davlatlar, imperiyalar qura olmagan bo‘lardilar. Shu bois tarix kitoblarida Temur otliq tarixiy shaxslar ko‘p uchraydi.

Tilshunos olim O.A.Mudrakning yozishicha, “temir” so‘zi etimologiyasi qadimgi chincha “temir narsa” ma’nosidagi “diēt-mwɨt” kalimasiga borib taqalib, uning turkchaga o‘tgan eski xitoycha shakli “diērmwur”dir. Hozirgi xitoy tilida esa “temir” – “tiě” deb talaffuz etilar ekan.

Eng qadimgi turkiy obidalarda ham “temir” ko‘p uchraydigan so‘zlardan biridir. Qizig‘i shundaki, VIII-X asrlarga oid Urxun-Enasoy, Turfan, Sharqiy Turkiston hududlarida topilgan yodgorliklarda bu so‘z ko‘proq “temir” shaklida yozilgan. “Древнетюркский словарь” lug‘atida mazkur davrga oid qadimgi turkiy obidalardan: “temir”, “temir asaq”, “temirchi”, “temirlig”, “temir qapig‘” kabi o‘nlab so‘zlar keltiriladi (DTS.Leningrad.“Nauka”.1969.551-bet).

X asrdan keyingi adabiy yodgorliklarda esa ma’dan nomi ham, atoqli ot ham asosan “temur” shaklida qayd etilgan. Xususan, XI asrga oid “Qutadg‘u bilig” va “Devonu lug‘atit turk”da bu so‘z – tӭmүr shaklida uchraydi. Mahmud Koshg‘ariy “Devon”da, shuningdek, “tӭmүrchї”, “tӭmүrlүg”, “tӭmүrgän” kabi so‘zlarni keltiradi va barchasida “tӭmҮr” shakli saqlangan. Rabg‘uziy ham bu so‘zni “temur” shaklida yozgan. Ergash Fozilovning “Староузбекский язык. Хорезмийские памятники XIV века” lug‘atida keltirilishicha, XIV asr Xorazm adabiy muhitida ham bu so‘z – “tәmүr” hamda “temүr” shakllarida qo‘llangan. Lug‘atda “Nahjul-farodis” asaridan shunday misol keltiriladi: “nәtәk kim tәmurchiniң kөrүki tәmүrnүң yamanlarыnы ketәrүr” (“Temirchining kuragi temirning yomonlarini kurab tashlaydi”. E.Fazilov.SUYa.II.T.1971.378-bet).

Ovro‘palik missionerlar tomonidan XIII-XIV asrlarda tuzilgan, asosan qipchoq lahjasini o‘zida aks ettirgan “Kodeks kumanikus” lug‘atida bu so‘z “temir” shaklida uchraydi. Umuman, qipchoq va sibir lahjalarida bu so‘zning “temir”ga yaqin talaffuz etilishini ko‘rish mumkin (tatar, boshqird: timer; qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘ay: temir; tuva: demir; hakas: timər, yoqut: timir; chuvash timər; mo‘g‘ul: tөmөr). Qarluq lahjasi, xususan, uyg‘urcha: tumur, eski o‘zbek adabiy tilida: temur; eski usmonli turkchasida: demur, ammo hozirgi Turkiya turkchasida: demir; ozarboyjoncha: dәmir; turkmancha: demir va hokazo.

Shuningdek, Temur ismini kirill yozuvida – “Timur” (lotinda: “Timur”) shaklida yozish an’anasi ham bor. Ma’lumki, Temur nafaqat turkiylar ichida, balki dunyo bo‘ylab keng tarqalgan ismdir. Shu bois “Timur” shaklini bu ismning “baynalmilallashgan” ko‘rinishi, deyish mumkin.

Shu o‘rinda Chingizxonning asl ismi – Temujin haqida ham ikki og‘iz so‘z: tarixdan ma’lumki, Yasugay Bahodir tatarlar boshchisi Temujin Uge ustidan qozonilgan g‘alaba ramzi o‘laroq o‘sha paytda tug‘ilgan o‘g‘liga shu ismni bergan. “Temujin” ismi ham “temir” ma’nosini bildiradi, deyiladi, ammo nega “temu-jin”, ya’ni so‘z oxiridagi “-jin” (“-chin”) qanday ma’noga ega? Bizningcha, bu so‘zning ikkinchi qismi ham xitoycha “metall” ma’nosidagi “jin” so‘zidir.

Guvohi bo‘ldikki, X asrdan to keyingi asrlargacha mintaqamizda, Sharqiy Turkistondan to Xorazmgacha bo‘lgan yerlarda, biz eski o‘zbek tili deb biladigan turkiy adabiy tilda ma’dan ma’nosida ham, atoqli ot ma’nosida ham “temur” shakli qo‘llanilgan ekan. Shimoliy turk tillari guruhi, xususan, qipchoq, sibir lahjalarida esa ko‘proq “temir” shakli saqlangan. Hozirgi o‘zbek tilini qarluq, qipchoq, o‘g‘uz va boshqa turkiy lahjalarni o‘zida birlashtirgan, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘rta turk tili deyish mumkin. Shu bois tilimizda bu so‘zning ikkala shakli ham mavjud va ikkisi ham bizga begona emas.

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasining 2026-yil 10-apreldagi 15-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333