22.04.2026 | 09:22
2035
“VATAN TASHLAB KETMAS HECH QACHON”
1990-yilda Iroq va Quvayt o‘rtasidagi urush paytida 170 000 dan ortiq hindistonliklar begona yurtda qolib ketadi. Pulsiz, aloqasiz va ertangi kunga umidsiz. O‘sha urush sababli Hindiston dunyo tarixidagi eng katta evakuatsiyalardan birini amalga oshiradi – o‘z fuqarolarini urush ichidan olib chiqadi. AIR India kompaniyasi Ginnes rekordlar kitobiga kirgan 488 ta parvozni amalga oshiradi.

Bu voqeani men dam olish kunlari tomosha qilgan “Qutqaruv parvozi” (“Airlift”) hind kinosi orqali ko‘rdim. Bu men uchun shunchaki kino emasligini his qildim. Eng avvalo, yurtimdagi tinchlik uchun Allohga cheksiz hamdlar aytgan bo‘lsam, yana menga ta’sir qilgan boshqa holatlar ham ko‘p bo‘ldi. Bu haqda nima uchun yozayotganimni so‘zim oxirida xulosa qilaman.
Filmdan kichik voqea: o‘zlarini deyarli quvaytlik deb hisoblagan hindlar o‘sha qiyin onlarda o‘z davlatidan panoh kuta boshlashadi. o‘shanda bir hind boshqasiga: “Nimaga bizga davlat yordam bermayapti? Nima qilib berdi bizga davlat?” degan savollarni qo‘yadi. Shunda boshqasi: “Aslida, biz o‘zimizni quvaytlik deb hisoblar edik, shu yerda yashayapmiz, endi boshga ish tushganda, biror joyi og‘riganda onasini eslagan boladay, davlatimizni eslab qoldik. Biz o‘zimiz davlatga nima qildik?” degan javobni beradi. Ko‘pgina harakatlar natijasida ular davlatdan yordam olishga erishadi. Hindiston hukumati o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish yechimini topadi va buning uchun bor imkoniyatini safarbar qiladi.
Shu yerda bir narsani o‘ylab qoldim. Qarang, aslida, kino san’ati – bu, shunchaki hikoyalar jamlanmasi emas. Bu – davlat obrazini yaratadigan kuch. Bu – tarixni, qadriyatlarni ko‘rsatadigan va ishonchni shakllantiradigan kuchli vosita.
Bizning davlatimiz ham turli qiyin inqirozli vaziyatlarda, masalan, pandemiya paytida, Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi vaziyatlarda o‘z fuqarolarini himoya qilgan va qilib kelmoqda. Bizda ham ko‘rsatsa bo‘ladigan shunday hikoyalar bor. Lekin ular hali ham bunday kuchli hikoyalarga va his-tuyg‘ularga aylanmagan.
Film yakunida aeroportda hindlarning evakuatsiyasi uchun ko‘tarilgan bayroqdan xuddi o‘zim qutqarilayotgandek suyundim, tasavvur qiling, o‘z bayrog‘ingni ko‘rganda qanday ta’sir qilishi mumkin!
Bizda ham shunday haqiqiy, kuchli va tabiiy ravishda insonning o‘z davlatiga mehrini oshiradigan voqealar ko‘p va ularni ko‘tarish kerak. Ehtimol, shunda yoshlarda ham g‘urur tuyg‘usi uyg‘onib, o‘zlariga “Bizning mas’uliyatimiz nimadan iborat degan?” savolni bera boshlashadi. Sababi, kino – bu, shunchaki ko‘ngilochar narsa emas, u odamning fikrlash tarziga, hissiyotiga va hatto qarorlariga ham ta’sir qila oladi. Shunday filmlar orqali davlat imijini nafaqat xalqimiz orasida, balki xalqaro darajada oshirsa bo‘ladi, lekin bunday filmlar juda kam suratga olinadi.
Filmni, albatta, ko‘rishni tavsiya qilaman. O‘ylab ko‘rish va xulosa qilish esa har kimning o‘ziga havola.
Laylo RUSTAMOVA
Facebook
“Jadid” gazetasining 2026-yil 17-apreldagi 16-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
111
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



