Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.05.2026 | 10:00

img1401

TILIMIZNING ILK IMLO QOIDASI

Jadidlar millatning mavjudligini tasdiqlaydigan bebaho javohir ona tili ekanini anglagan holda, xalqning milliy ruhini uyg‘otish va ongini o‘stirish uchun tilga alohida ahamiyat qaratdi. Ular rivojlangan davlatlar kabi o‘z qonun-qoidalariga ega adabiy til yaratishni maqsad qilib qo‘ydi. Shu bois, barcha choralarni ishga solib, o‘zbek tilining qonun-qoidalarini ishlab chiqish va adabiy til sifatida mavqeyini oshirishga intildi. Zero, o‘tgan asrning 20–30-yillarida xalq jonli tilining imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘zbek adabiy tili me’yorlarini belgilash g‘oyat dolzarb vazifa edi.

Ma’lumki, boshqa turkiy xalqlar kabi o‘lkamizda arab yozuvi ming yillardan ortiq davr mobaynida asosiy yozuv sifatida qo‘llanib kelgan. Arab tilida unlilar cho‘ziq va qisqa unlilarga bo‘linishi, qisqa unlilarning yozuvda ifodalanmasligi, unlilarning uchtagina harf bilan ifodalanishi, qolaversa, imlo qoidalarining yo‘qligi jiddiy muammolardan edi, lekin bu muammo hech kimni qiziqtirmasdi. Yangi usuldagi maktablarning ochilishi, ular uchun darslik va qo‘llanmalar yaratilishi jarayonida bu muammolarni hal qilish kun tartibiga chiqdi. Ashurali Zohiriy 1916-yilda nashr ettirgan “Imlo” darsligida bu haqda shunday deydi: “Bizning hozirgi (eski) imlomizda qoida degan narsa aslo rioya etilmag‘anlig‘idan har kim o‘zicha qanday yozmoqni xohlasa, o‘shanday yoza berg‘an; bu adabiyotimizning kengayishiga sad bo‘lib, yoshlarimizning qiynalishidan boshqa ajnabiy millatlarning qoshida tilimizning masxara qildirib, madaniy tillarga baho qo‘yg‘anda, qimmati hech bo‘lishiga sabab bo‘ldik. Shunga binoan bul “Imlo” risolasini yozdim. Eng zarur qoidalarni darj etdim”.

Bunday muammolarni Elbek ham qayd etadi: “Bizning bu kungacha qo‘llanilib kelmakda bo‘lgan imlomiz iki turli edi: biri chig‘atoy imlosi va ikinchisi eski imlo. Bu imlodan eski imlo atagan imlomiz burun choqlardan beri bir yo‘sunsiz, negizsiz yozilib kelmakda bo‘lgan bir imlodurkim, buning bilan bir narsani ochiq anglov juda qiyindir. Chunki bir so‘zni bir necha turli o‘qimoq mumkin bo‘lg‘anliqdan kishi ko‘b yanglishadir. Eski imlo yo‘lsizlig‘i uchun tashlanmoqdin boshqa chora qolmaydur”.

Buning uchun arab yozuvini isloh qilish, unga o‘zbek tilidagi barcha unlilarni ifodalovchi harflar qo‘shish, arab tiliga xos bo‘lgan harflarni alifbodan chiqarish lozim edi. Bu mashaqqatli, shu bilan birga, xayrli ishni Fitrat boshchiligidagi “Chig‘atoy gurungi” o‘z zimmasiga oldi. Gurung a’zolari tomonidan alifboga qo‘shimcha harflar kiritiladi, shu isloh qilingan alifbo asosida dastlabki imlo qoidalari ishlab chiqiladi. Isloh qilingan alifbo loyihasi va imlo qoidalari 1921-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘lka o‘zbek tili va imlosi qurultoyida Fitrat ma’ruzasida aytib o‘tiladi.

Fitrat imlo rivoji uchun quyidagi takliflarni beradi:

“1. Eski imlomiz buzuq, qoidasiz bo‘lg‘ani uchun maoripimizni bu imlo va yozu bilan kengaytmak mumkin emas. Maoripimizni kengaytmak va savodsizliqni bitirmak uchun imlomizni isloh etmak lozimdir.
2. Olti cho‘zgi (unli)li imlo qabul etilsin.
3. Tilimizdagi yot so‘zlar ham shul olti cho‘zgi bilan yozilsin.
4. Har harp (undosh) va har cho‘zgining o‘ziga maxsus shakl bo‘lsin.
5. Ust cho‘zgilarni o‘runli yozmoq uchun so‘zlarning qalinlig‘i, ingichkaligiga e’tibor etilsin. Tilimizdagi arap so‘ziga ham shul to‘rt modda qo‘ldan kelganicha yuritilsin.
6. Harplarning shakli ikidan birga tushub, butun so‘zlar bosh harp bilan yozilsun.
7. Tilimizga kirib qolg‘an yot so‘zlar turkcha harplar bilan yozilsun”.

“Bitim yo‘llari” risolasi mazkur qurultoyda taqdim qilingan imlo qoidalarini o‘z ichiga olib, isloh qilingan alifboda yozilgan. Risolaning maqomi bo‘yicha turli mulohazalar mavjud. Tilshunos olima Sh.Bobomurodova uni Fitrat va Qayum Ramazon hammuallifligida tuzilgan o‘zbek tili nazariy masalalari yoritilgan eng birinchi ibtidoiy qo‘llanma sifatida ta’riflaydi. Qayum Ramazon uni imlo qoidalari deb ataydi: “Boshqa fanlarni qo‘yib turaylik, maktablarimizning jon tomiri bo‘lg‘an “Til qoidalari” otig‘a shu kungacha bir asar chiqmadi. “Bitim yo‘llari” bilan “Yozuv yo‘llari” esa imlodin bahs etar. Lekin bular ham darslik bo‘lishdan yiroqroq bo‘lsa ham (suv o‘rnig‘a tayammum qabilidan) yarab turar. Buning bilan til qoidalarini o‘rganib bo‘lmaydi. Maktablar uchun “Sarf” va “Nahv” kerak. “Sarf” va “Nahv”!

Bunday fikrlarning aytilishiga sabab, “Bitim yo‘llari”da ham imlo qoidalari, ham qo‘llanmaga xos xususiyatlar qayd etilganidir. Kitobning “Til bilan yozuvimizni belgili bir yo‘lga qo‘yub…” degan so‘zlar bilan boshlanishiga ko‘ra, u imlo qoidalarini anglatadi. Buni uning muqovasidagi “Imlo” yozuvi ham bildirib turibdi. Lekin asarni o‘rganar ekanmiz, unda o‘zbek tilining nazariy masalalari ham aks etganini ko‘ramiz. Nazariy fikrlarni asarning barcha o‘rinlarida qayd etish mumkin. Risolada mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar ham berilgan. Fikrimizcha, mualliflar uni yangi usul maktablari uchun imlo qoidalari bilan to‘ldirilgan qo‘llanma sifatida tavsiya qilishni nazarda tutishgan.

Jadidlar boshqa turkiy tillardagi kabi o‘zbek tilida ham singarmonizm qonuni borligi, unlilarning yo‘g‘on-ingichkaga bo‘linishini e’tirof etganlar. Lekin har bir yo‘g‘on-ingichka unliga alohida shakl olinishida qiyinchiliklar yuzaga kelgani uchun 6 unli bilan tildagi barcha unlilarni ifodalashga harakat qilganlar.

Risolada yot so‘zlarga ham alohida bo‘lim ajratilgan. Arab va fors tiliga xos 9 ta harf misollar bilan tushuntirilgan. Yot harflar masalasida ham jadidlar o‘rtasida yagona fikr yo‘q edi. Ashurali Zohiriy, Munavvar qori kabi ziyolilar turkiy so‘zlarni eshitilgancha yozish, ya’ni, unlilarni ham yozuvda ifoda etishni yoqlagan holda, arabcha so‘zlarni asl holicha, ular qaysi harflar bilan yozilgan bo‘lsa, o‘zgartmay yozishni talab qilardi. Fitrat, Elbek kabi bir guruh jadidlar bunga qarshi chiqib, yot harflar ham milliy imlo qoidalariga bo‘ysunishi lozimligini ta’kidlaydi: “Shuning uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri yot harf degan shul to‘qqiz harflarni butunlay oradan chiqarib, qo‘noqlarg‘a ham turkcha kiyim kiyintiru va olarg‘a turkcha odat (qiliq)larni tushuntiru kerakdir. Bu choqda bizning imlodag‘i ko‘p bir darajada qulaylashqon bo‘ladir”.

Bir so‘z bilan aytganda, jadidlar tomonidan yaratilgan “Bitim yo‘llari” risolasini o‘zbek adabiy tili imlo qoidalarini yaratishdagi ilk tajriba sifatida qabul qilish mumkin.

Bu risoladan so‘ng Elbekning “Yozuv yo‘llari” asari yozildi. 1926-yilda dastlabki imlo qoidalari ishlab chiqilib, “Maorif va o‘qitg‘uchi” jurnalida e’lon qilindi. Qayum Ramazon tomonidan 1931 va 1935-yillarda “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” risolalari chop etildi. Shu tariqa, o‘zbek adabiy tilining imlo qoidalari shakllanib bordi. 

Inomjon AZIMOV,
filologiya fanlari doktori, professor

“Jadid” gazetasining 2026-yil 8-maydagi 19-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605