Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.05.2026 | 12:01

img3155

HOJI BOBONING TAKYAXONASI

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani o‘zbek adabiyoti uchun qanchalik qadrli bo‘lsa, G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi ham shunchalar sevimli. Ma’lumki, ushbu asarda 1900-yillar boshidagi Toshkent shahri va uning atrofidagi ijtimoiy hayot tarzi qiziqarli tilda hikoya qilinadi. Ayniqsa, Hoji boboning takyaxonasiga oid qismda Birinchi jahon urushi va afsonaviy Abo Muslim jangnomalari birga qiyoslanadi. Jadidlar olib borayotgan ishlar haqida ham gap boradi: “Bozorda har xil gaplar eshitdim. Donni narxi osharmush!”

Gap shundaki, o‘sha davrda Toshkentda, ayniqsa, Chorsu bozorida jadidlar Farg‘ona va Toshkentda chiqargan gazetalarini odamlarga tarqatgan. Boshlanishida tazyiqqa olinmagani uchun jadidlar bayroq ko‘tarib, yana arabcha imlodagi alvonni ikki tayoqqa tortganlaricha bozorning gavjum joyiga besh-olti nafar bo‘lib kelib, xalqqa murojaat qilgan. O‘z rejalarini aytib, yangi chiqargan gazetalarini targ‘ib qilgan, ularni bepul tarqatgan.

Bu orada gazetalarning yangi sonlarini tarqatishda yana avvalgidek namoyishkorlik hukmron bo‘lsa-da, mirshablar gazetalarni tortib ola boshlaydi: “Bizga shunaqa ko‘rsatma berilgan!” Mutaassiblar Toshkentdagi Oqposhsho rezidensiyasiga ariza yozib va og‘zaki ma’lumot yetkazib, jadidlarning ularga tug‘diradigan xavfidan ogohlantirgan: “Men senga siyosatga aralashma demaganmidim!”

Hoji boboning takyaxonasi mijozlari o‘sha davrning olaquroq odamlaridan iborat. Bu joy chilim tortiladigan, mijozlarga afg‘on qoradorisi pullanadigan maxfiy “priton” edi. Hoji bobo Qoravoyni ko‘chadan bozorlik qilib kelishga jo‘natayotganda tayinlaydi: “Mabodo, biror tanishingni ko‘rib qolsang, hargiz bu yerda yashayotganingni, bu yerda ko‘rganlaringni aytma!”

Takyaxona tashqi olamdan uzilib qolgan. Bu yerga yig‘iladiganlarning asosiy mavzusi mish-mishlar, ular eski davrga xos afsona-yu jangnomalarni o‘qitib eshitganlaricha ko‘z yoshi qiladi: “Ana buni mardi maydon deydilar!” Chilimdan kayf qilgan “hindi sarrof” uzala tushganicha, “hi-hi”lab kuladi.

Yigirmanchi asr boshidagi Hoji boboning takyaxonasi “O‘tkan kunlar” romanida Otabek ikkinchi bor uylanganidan so‘ng, uyiga bormay yotib yuradigan karvonsaroy – choyxonaning ellik yildan keyingi, chor hukumati qo‘li ostidagi yanada mahdud ko‘rinishi edi.

Qoravoy bu yerda uzoq qolishida xayr ko‘rmaydi va sahar chog‘i hamma uxlayotganida takyaxonadan juftakni rostlaydi.

Buyam bir gap-da: ba’zi davralarda o‘tirib, “dilkusho suhbat”larga quloq tutib, o‘sha takyaxona esga tushadi negadir…

Olloyor BEGALIYEV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 15-maydagi 20-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333