10.06.2026 | 17:08
1864
SAID AHMADNING “UFQ” ROMANIDAN IQTIBOSLAR
Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi o‘zbek xalqi hayotining uchta muhim tarixiy davrini — Katta Farg‘ona kanali qurilishidagi qahramonona mehnat, urush yillaridagi og‘ir sinovlar va urushdan keyingi tiklanish davrini bir butun maishiy va falsafiy lavhalarda birlashtirgan yirik epik asardir. Asar turli taqdirlar, hijron alamlari va insoniy kechinmalarning teran tasviri bilan o‘zbek adabiyotida muhim o‘rin tutadi.

U o‘zidan-o‘zi ichki bir tovush bilan, hech bu dunyoda rahm-shafqat degan narsa bormi, adolat degan narsa bormi, deb nido qilardi.
Bilasanmi, lochin qandoq bo‘ladi. Juftini boshqa qushlarga talatib qo‘ymaydi. Agar shundoq bo‘lsa u o‘zini tog‘ qoyalariga urib halok qiladi.
Qiz rozi bo‘lmasa traktor bilan sudrab ham opqochib bo‘lmaydi.
Inson uchun bir qultum suv jahonning eng katta xazinalaridan ham qimmatli edi.
Biz gapga yo‘qroqmiz-da, Ota. Onamiz ishga tuqqan. Ishdan boshqasini bilmaymiz.
Gap shuki, shu kanal meni odam qildi. Shu kanal meni yurtga qo‘shdi. Shu kanal menga obro‘ berdi.
Meni otam dunyoga keltirgan, ammo bu dunyoda turishim ham, ketishim ham o‘z ixtiyorimda!
Onalar shunday bo‘ladi. Ular uchun bolaning begonasi bo‘lmaydi. Bola zotiki bor, ona ko‘nglini eritadi. Onalar bolasini chertgan kishini, “qo‘ling singur”, deb qarg‘aydi. Bola hatto keksayib necha-necha bolaning otasi, bobosi bo‘lganda ham boshi yostiqqa yetgundek bo‘lsa, tani sal og‘rigudek bo‘lsa dastavval, “ona” deb chaqiradi. Allaqachon qabrga qo‘yilib, tuprog‘i sovugan onasini chaqiradi.
Siz tobutga qarab emas, beshikka qarab yashashingiz kerak edi. Ne deb urushga borib keldingiz. Latta-puttaga to‘lgan dadangnzning hujrasini mudofaa qilgani borganmidingiz?
Bir marta sevgida yanglishgan odam o‘sha adashuvning dardini umrbod tortadi.
Sizga tog‘dek baxt va’da qilolmanmanu, ammo o‘zimizga, o‘zingizga yarasha kichkinagina baxtcha va’da qilolaman.
Yo‘q, bolam, men dardga chalinmayman. Men o‘lmayman. Tik bo‘lsam yurib, yiqilsam emaklab, yotib qolsam surilib ho‘ o‘sha ufqqa boraman. Ufqdan turib Yozyovonimga bir qayrilib qarayman. Ufqqa bormay o‘lishim mumkin emas.
O‘lish oson, o‘lib ketish oson. Yashash qiyin. O‘lish nomardning ham qo‘lidan keladi. Mard yashaydi.
Ko‘ryapsanmi. Tovlanishini, odam bolasinn imlab chaqirishini ko‘ryapsanmi. Yur, yur, o‘shaqqa boramiz. Vaxliroq borib tong otishini kutib olamiz. Tong otishi qanaqaligini, kun botishi qanaqaligini sen bilmaysan. Bilmaysan, bolam. Sen hali yoshsan. Seni o‘zim huv o‘sha ufqqa olib boraman. Ufqni ko‘rasan. Qo‘ling bilan ushlab ko‘rasan. Ufqni Naymanga olib kelamiz. Yo‘q, yo‘q, Naymanni ufqqa olib boramiz.
Nizomjon, seni o‘zim yaratdim. Yaratdimu boshingga kulfatlar soldim. Olovlardan olib o‘tdim. Toshqinlarga qarshi suzdirdim. Endi sen Ikromjon bo‘lib yasha! Hayotdan Ikromjonning haqini ol!
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



