05.08.2026 | 11:36
2833
OMON MATJON: “AVVALGILARGA O‘XSHAMAS…”
1986-yili “Shu’la” to‘garagida shoir Omon Matjon bilan uchrashuv o‘tkazilganida bir qancha mavzular qatori Alisher Navoiyga atab ul zoti muborak nomi bilan atalgan ko‘cha maydoniga o‘rnatilgan haykal haqida mulohazalarini aytib o‘tgandi:

“Talabalik paytimizda Navoiy tavalludiga baxshida tantanaga olib borishganida, kursdoshlarimiz orasida guldasta qo‘yish mening chekimga tushgandi. Men kursimiz nomidan bir quchoq oq va qizil chinnigullarni bobomiz oyog‘i ostiga qo‘yishga harakat qildim. Haykal shohsupasi poyi hukumat va boshqa muassasalarning gulchambari bilan band bo‘lganidan, oyoq uchida turgancha, qo‘llarimni cho‘zib ham Hazratning poyiga yetolmay, guldastani shohsupaga otdim, ammo parishon gullarimning ayrimlari yetib bordi, ayrimlari yerga qaytib tushdi.
Yigirma yillik gapni nimaga eslab qoldim? Hozir sizlar bilan uchrashuvga kelayotib, o‘sha holat esimga tushib, shohsupaga bo‘ylashsam, kiftim barobar pasayib ketibdi. Yigirma yil ichida mening bo‘yim o‘sdimi yo shohsupa yerga cho‘kdimi? Bu orada balki bir quloch pasaytirishgan ham chiqar. Tegishli idoralarda haykallarning, shohsupalarining bo‘yini o‘lchab yuradigan arboblar bo‘lardi. O‘shalar “Nimaga falon shoir og‘amizning haykali Navoiynikidan besh qarich past, xato tuzatilsin!” degan bo‘lishi ham mumkinmi?! Mumkinchiligi bor…”
Uchrashuvdan keyin atayin shu tarafdan yurib, haqiqatan, shohsupa ancha past ekaniga guvoh bo‘ldik, balki yo‘qsilparast arboblar dahoni xalqqa yaqinlashtirmoqchi bo‘lishgandir…
Bu orada besh-o‘n yil o‘tib, Mustaqillikdan keyin shohsupa sezilarli darajada o‘sdi – Navoiy poyi qo‘l yetmas yuksaklikka ko‘tarildi.
Olloyor BEGALIYEV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 31-iyuldagi 31-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
114
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



