12.08.2026 | 12:31
2255
XIDEKI SIRAKAVA – QOLIPLARGA SIG‘MAGAN TAFAKKUR
Hayot yo‘li
U 1936-yil 20-avgustda Yaponiyada, harbiy shifokor oilasida tug‘ildi. 1961-yilda Tokio texnologiya institutini kimyoviy muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. 1966-yilda doktorlik darajasini olgach, ilmiy faoliyatini kimyoviy resurslar laboratoriyasida assistent sifatida boshladi. 1976-yilda AQSHning Pensilvaniya universitetiga taklif etildi. Bu yerda amerikalik olimlar Alan Makdiarmid va Alan Xiger bilan hamkorlik qildi. Uch olimning birgalikdagi tadqiqotlari zamonaviy materialshunoslik tarixidagi eng muhim kashfiyotlardan biriga aylandi.

Kashfiyotning mazmuni
Uzoq yillar davomida olimlar plastmassa va polimerlar elektr tokini o‘tkazmaydi, degan qarashga amal qilib kelgan. Polimerlar asosan izolyator sifatida qo‘llanilar va ulardan tok o‘tkazuvchi material sifatida foydalanish mumkin emas, deb hisoblanardi.
Xideki Sirakava esa bu tasavvurni o‘zgartirdi. U laboratoriyada yaltiroq kumushsimon poliasetilenni sintez qilishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik Alan Makdiarmid va Alan Xiger birgalikda ushbu polimerga yod bug‘lari ta’sir ettirilganda, uning elektr o‘tkazuvchanligi yuz million marta ortishi mumkinligini aniqladilar.
1977-yilda e’lon qilingan ushbu natija kimyo va fizika fanlarida haqiqiy inqilob bo‘ldi. Ilk bor polimerlar ham metall kabi elektr tokini o‘tkazishi mumkinligi isbotlandi. Bu kashfiyot elektr o‘tkazuvchi plastmassalarni yaratishga yo‘l ochdi.
Bugun ushbu materiallar organik elektronika, quyosh batareyalari, OLED displeylar, sensorlar, akkumulyatorlar, tibbiy qurilmalar va turli elektron texnologiyalarda keng qo‘llanmoqda. Elektr o‘tkazuvchi polimerlar zamonaviy elektronika sanoatining muhim tarkibiy qismiga aylandi.
E’tirof
Katta ilmiy yutuqdan keyin ham Xideki Sirakava tadqiqotlarini davom ettirdi. 1979-yilda Sukuba universitetida dotsent, 1982-yilda esa professor lavozimiga tayinlandi. Keyinchalik universitetning ilmiy-texnika sohasini boshqarib, ko‘plab yosh olimlarni tarbiyaladi.
U elektr o‘tkazuvchi polimerlarning yangi turlarini yaratish, ularning xususiyatlarini takomillashtirish hamda sanoatda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi. Uning ishlari organik elektronika va nanotexnologiyalarning rivojiga katta hissa qo‘shdi.
2000-yilda Xideki Sirakava Alan Xiger va Alan Makdiarmid bilan birgalikda “Elektr o‘tkazuvchi polimerlarni kashf etish va rivojlantirish” sohasidagi xizmatlari uchun kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. U bundan tashqari Yaponiyaning eng yuksak davlat mukofotlaridan biri bo‘lgan Madaniyat ordeni bilan ham taqdirlangan.
Jasmina ISROIL tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 7-avgustdagi 32-sonida
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
111
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
103
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
327



