Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


01.09.2026 | 13:13

img599

ADOLATLI ADIB

Prezidentimizning 2026-yil 28-maydagi “Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovga “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni berildi. 20-oktyabrda tavalludining 100 yilligi nishonlanuvchi adib xotirasiga ko‘rsatilgan ehtirom nafaqat oila a’zolari va shogirdlari, balki ko‘p ming sonli kitobsevarlarni to‘lqinlantirib yubordi. 

O‘quvchilik davrimizda – o‘tgan asrning 60-yillarida mashhur kitoblardan biri Odil Yoqubovning “Muqaddas” qissasi edi. Esimda, bu asar avval alohida kitob holida nashr etildi, oradan bir-ikki yil o‘tib, “Tilla uzuk” asari bilan birga qayta chop etildi.

Yuqori sinf o‘quvchilari bu qissalarni qayta-qayta o‘qir, bir-biriga so‘zlab berardi. Erta-indin oliy o‘quv yurtiga kirish orzusida yurgan yoshlar uchun Muqaddas bilan Sharifning taqdiri juda qiziqarli edi. O‘qishga kirish jarayonidagi adolatsizliklar, Sharifning unga qarshi turishi yosh qalblarni larzaga solar, “nahotki, shunaqa bo‘lsa” degan o‘yga toldirardi. Boshqacha aytganda, ular Muqaddas bilan Sharifning tashvishlarini o‘z tashvishi kabi qabul qilar, sevgisiga havasda edi.

Odil Yoqubov degan yozuvchini ana shunday o‘tli, haroratli asarlar orqali tanigan edik. Shundan so‘ng “Bir felyeton qissasi”, “Qanot juft bo‘ladi”, “Billur qandillar” qissalarini, bir necha hikoyalarini, “Er boshiga ish tushsa…” romanini o‘qidim. Ularni o‘qiganim sari yozuvchining o‘zini ko‘rish, suhbatlashish ishtiyoqi kuchayib boraverdi…

1982-yilda Odil Yoqubov “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasiga bosh muharrir etib tayinlandi. Men bu paytda tahririyatda mas’ul kotib bo‘lib ishlardim. 1989-yilgacha, ya’ni, Odil aka Yozuvchilar uyushmasining raisi etib saylanguncha birga ishladik. Shu yillar davomida bir paytlar men uchun qo‘l yetmas cho‘qqi bo‘lib tuyulgan mashhur yozuvchini kashf etdim. Kashf etganim shu bo‘ldiki, Odil Yoqubov ham o‘zimizga o‘xshagan oddiy, bir qarasang sodda, bir qarasang bag‘rikeng, ko‘ngli yumshoq, bir qarasang qattiqqo‘l, umuman olganda, g‘oyat beg‘ubor, bir inson uchun zarur bo‘lgan barcha xislatlarni o‘zida jamlagan daryodil, ulug‘ inson ekan. U kishi ishonuvchan edi, o‘zining ko‘ngli toza, begidir bo‘lgani uchun boshqalarni ham shunday deb o‘ylardi. Hamma ham shunday emasligini bilardi, ammo bunga ko‘p e’tibor bermas edi.

Tan olib aytish kerak, Odil aka gazetani o‘qishli qilish, ommaviyligini oshirish uchun butun kuch-qobiliyatini ishga soldi. Gazetaning tili o‘tkir bo‘ldi. Jamiyatning dolzarb masalalari, odamlarni qiynayotgan muammolar dadil ko‘tarildi. Eng asosiysi, gazeta ko‘targan muammolar izsiz ketmadi, ularning yechimi topilmaguncha tahririyat e’tiboridan tushmadi. “Rasmiy javob” degan rukn tashkil etilib, muammoli maqolalarga tegishli vazirlik va idoralarning rasmiy javoblarini berib borish yo‘lga qo‘yildi. Gazetaning adadi bir millionga yaqinlashdi. Odamlar gazetani izlab o‘qiydigan bo‘ldi.

Odil Yoqubov gazetaga kelguncha nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Ittifoqda, bir qator xorijiy davlatlarda taniqli yozuvchi edi. Zero, adibning bir necha asarlari, xususan, “Ulug‘bek xazinasi”, “Diyonat”, “Ko‘hna dunyo” romanlari ko‘plab tillarga tarjima etilgan, kitob holida nashr etilgan edi. Shunga qaramay, Odil aka dabdabavozlikni xushlamas, oddiylikni yaxshi ko‘rardi. Yurish-turishi, turmush tarzi ham shunday edi. Holbuki, har qancha hashamga u kishining imkoniyati yetarli edi. Buning ustiga, Odil akaning to‘rtala o‘g‘li ham tuzukkina joylarda ishlardi. Odil akaning bitta “kamchiligi” bor edi – tanqidni uncha ko‘tarolmas, qoni qaynab ketardi.

Bunday holatni gazeta haqida tanqidiy fikr aytilganda ham sezganman. Yozuvchilar uyushmasida bo‘ladigan yig‘ilishlarda yoki boshqa biron joyda, gazeta haqida ozgina bo‘lsa-da, tanqid bildirilsa, “avval o‘zlari shunday gazeta chiqarib qo‘ysin, keyin gapirsin”, derdi. Jahli chiqqani yuz-ko‘zidan bilinib turardi…

Odil aka bosh muharrir sifatida gazeta pozitsiyasini qattiq himoya qilardi. Bir kuni Odil akaning xonasida edik, hukumat telefoni jiringladi. Odil aka go‘shakni ko‘tarib, salom berdi va Falonchi Pistonchiyevna, yaxshimisiz, deb hol-ahvol so‘radi. Qo‘ng‘iroq qilgan tomondan jo‘yali gap bo‘lmadi chog‘i, Odil akaning rang-ro‘yi, gapirish ohangi ham o‘zgara boshladi. Go‘shakka xuddi oldida bir odam o‘tiripti-yu, shunga zahrini sochganday gapirdi: “Nima bo‘pti shunga? Buning nimasi yomon? Nimasi noto‘g‘ri?..” Go‘shakdagi ovoz balandroq eshitila boshlandi. Odil aka u dedi, bu dedi, ammo suhbatdoshining ovozi tinmasdi. Bir mahal Odil aka: “E, menga qarang, bilganingizni qiling, osmon qo‘lingizda bo‘lsa, tashlab yuboring”, dedi-da, “sharaq” etkazib go‘shakni qo‘ydi. Aslida, go‘shakni qo‘ydi emas, telefon apparatiga urdi, desam, to‘g‘riroq bo‘ladi. O‘rnidan turib, xonada u yoqdan bu yoqqa yura boshladi. Men nima deyishni, nima qilishni bilmayman.

“– Kunimiz kimlarga qoldi, a?!” Menga gapirdimi, o‘ziga o‘zi gapirdimi – bilmadim.

O‘sha yillari oddiy xodimdan tortib bo‘lim mudirlari, mas’ul kotib, bosh muharrir o‘rinbosari va bosh muharrirgacha – barchaga tinmay qo‘ng‘iroq qilaveradigan, mening ijodimni qachon chiqarasizlar, deb so‘rayveradigan mualliflar bo‘lardi. Shunday mualliflardan biri Odil Yoqubovga tanish ekanmi yoki kimdir tavsiya qilganmi, bir maqola (aslida, maqola deb ham bo‘lmasdi) beribdi. Odil aka meni chaqirib, shuni bir narsa qilinglar, gazetani biron joyiga qo‘yib yuboring, dedi. O‘qib ko‘rib, ensam qotdi. “Bir narsa qilish” qiyin edi. Ishlab, epaqaga keltirish uchun qaysi xodimga berishni o‘ylab, bir qarorga kela olmadim. Bilamanki, bunga hech kim rozi bo‘lmaydi. Ertasi kuni Odil akaning oldiga kirdim.

– Buni hech narsa qilib bo‘lmaydi, – dedim.

Bosh muharrirning peshonasi tirishdi.

– Shuni men bilmaymanmi? – dedi. – Shuning uchun bir narsa qilinglar, dedim-da. Sa’dullagami, Yaqibjangami bering, lavi-lunjini to‘g‘rilasin. Shu qistaloqdan meni qutqaringlar.

Shunday talabchan odam, o‘zining iborasi bilan aytganda, ba’zan “ustupka”ga borardi. Hozir aniq esimda yo‘q, o‘sha narsani Yoqubjon Xo‘jamberdiyevmi, Sa’dulla Hakimmi “bir narsa qildi”. Keyin men ko‘rdim. Oxiri, o‘sha narsa gazetada chiqdi. Odil aka ham so‘ramay qo‘ydi… “Xudoga shukur, qutuldik shu xira pashshadan”, deb xursand bo‘lib yurdim. Xursandligim uzoqqa bormadi. Bir kuni kotiba hovliqib xonamga kirdi.

– Tez yuring, Odil aka sizni so‘rayapti. Juda darg‘azab, – dedi.

Hayron bo‘ldim. Nima bo‘ldi ekan, tinchlikmikan? Ming bir xayol bilan bosh muharrir xonasiga kirdim. Chindan ham Odil aka g‘azab otiga mingan, ikki qo‘lini orqasiga qilib, asabiy holda u yoqdan bu yoqqa borib kelayotgan edi. Kirishim bilan salom yo‘q, alik yo‘q, zahrini sochdi.

– Qanaqa odamsiz o‘zi?! Nega meni noqulay ahvolda qoldirasiz? – dedi.

Men hech narsaga tushunmadim. Bosh muharrir qo‘lini paxsa qildi:

– Anavi qistaloq maqolamni bermayapti, deb yuqoriga shikoyat qipti. Hozir manovi telefondan (hukumat telefonini ko‘rsatdi) qo‘ng‘iroq bo‘ldi, – keyin menga yaqinroq keldi-da, ovozini pasaytirib, ammo alam bilan gapirdi. – Shular oldida yuzim shuvit bo‘lishini istaysizmi?

– Odil aka, qaysi materialni aytyapsiz o‘zi? – dedim.

– Nimaga garangsiraysiz, o‘sha xira pashshani aytyapman. Otiyam esimda yo‘q. Bir oy bo‘ldi-ku, uning narsasini sizga berganimga.

– Axir, u maqola chiqib ketdi-ku, – dedim.

Odil aka xona o‘rtasida taqqa to‘xtadi.

– Chiqdi?! Qachon?

– Ikki son oldin, – dedim va bosh muharrir xonasidagi uzun stolda turadigan gazeta taxlamlarini varaqlab, o‘sha “shedevr”ni ko‘rsatdim. Odil aka bir zum jim qoldi. Nazarimda, ichida o‘sha xira muallifni, unga qo‘shib boya ko‘rsatgan telefondan qo‘ng‘iroq qilgan odamni so‘kayotgan edi.

– A, bu qistaloq, har tomonga shikoyat qilgandan ko‘ra, gazet o‘qisa bo‘lmaydimi?

Bu savolga menda javob yo‘q edi, albatta. Uning o‘rniga boshqa gap aytdim.

– U-ku, o‘qimas ekan, anavilar-chi, ular ham o‘qimaydimi? – dedim Odil akaning asabini buzgan telefonga ishora qilib.

Bosh muharrirning battar ensasi qotdi. Nordon narsa chaynaganday afti burishdi. O‘ziga o‘zi gapirgan kabi shivirladi:

– Sizam haliyam yosh bola ekansiz-da. Ular o‘quvchi emas, buyruqchi. Bildingizmi? – Biroz xotirjam bo‘ldi. – Bo‘ldi, boring ishingizni qiling, – dedi-da, kreslosiga o‘tirdi. Eshikdan chiqayotib ko‘zim tushdi: asabini buzgan telefonga qo‘l cho‘zdi.

…Odil Yoqubov haqida gap ketganda, yana bir voqeani alohida qayd etishni istardim. Chunki bu voqea xususida turlicha fikrlar bildirilib, har xil talqin qilish hollari uchramoqda. Yuqorida ta’kidlaganimdek, Odil aka bosh muharrir bo‘lganidan keyin gazeta sahifalarida turli mavzuda dolzarb masalalar ko‘tarila boshlandi, bahs-munozaralar keng o‘rin oldi. Shunday munozaralardan biri qo‘shiqchilik san’atiga bag‘ishlandi. Ana shu bahs-munozarada qatnashgan shoira Muhtarama Ulug‘ova bir necha ashulalar matnini tanqid qilgan. Ular orasida Sharof Rashidovning ham bir she’ri bor ekan. Tabiiyki, uni na maqola muallifi, na tayyorlagan xodim, na muharrir bilgan. Gazeta chiqqandan keyin boshlandi to‘polon. Kimdir bilib qopti. Markazkomdagi xodimlardan biri Odil akaga qo‘ng‘iroq qilib, bu maqolani kim buyurgan, kim tahrir qilgan, kim bosmaxonaga tushirgan… xullas, hamma jarayonni ko‘rsatuvchi qog‘ozlarni so‘ragan. Har kuni vahima. Bugun uni chaqirgan, ertasi kuni boshqani chaqirgan. Qisqasi, ishda ham, uyda ham halovat yo‘q. Hamma asabiy, bir-biridan cho‘chiydi go‘yo. Tahririyat buzilgan ari uyasiday bo‘lib qoldi. Bunday vaziyat chamasi bir haftalar davom etdi.

Bir kuni Odil akaga bir fikrni aytdik. “Odil aka, juda qiynalib ketdik-ku, jazo bersa bersin, bo‘shatadimi, boshqa qiladimi, mayli, nima qilsayam bir yoqli bo‘lsin, bu ahvol qachongacha davom etadi?” Odil aka nima qilish kerak, deganday yuzlandi. “Menimcha, o‘zlarining oldiga chiqish kerak”, dedim. Odil aka avvaliga ikkilandi. Keyin Sharof Rashidov qabuliga boradigan bo‘ldi. O‘sha kezlar “Dil amri” qissasi haqida Hafiz Abdusamatovning maqolasi bosilgan edi. Shu gazetadan bir nusxa olib, Sharof Rashidov qabuliga ketdi. Butun jamoa qo‘rquv va hayajon bilan kutib o‘tirdik. “Odil aka keldi, – dedi Nafisa opa, – sizni chaqiryapti”. Kirsam, kresloga yastanib o‘tiripti. Odatda, kayfiyati yaxshi bo‘lsa, shunday o‘tirardi. Sezdimki, ishlar joyida. Tafsilotini bilishga qiziqdim, men ham jabrdiydalardan biriman-da. Odil aka gap boshladi:

– Hammasi pastdagi xodimlarning vahimasi ekan. Sharof Rashidovichning xabari ham yo‘q ekan. Men ming istihola bilan “Sharof Rashidovich, kechirasiz, bilmay qopmiz, bolalar yoshlik qipti”, dedim. U kishi hech narsaga tushunmaganday hayron bo‘lib turdi. Men yana qaytardim va yana uzr so‘radim. Shunda Sharof Rashidovich: “Odiljon, men hech narsani tushunmayapman. Nimani aytayapsiz, nima uchun uzr so‘rayapsiz?” dedi. Men bo‘lgan voqeani aytdim. Shunda u kishi kulib yubordi. Odatda, Sharof Rashidovich kamdan kam kuladi. So‘ngra: “E, Odiljon, shunga tashvish chekib yuribsizmi? Yozuvchilarning gazetasi meni ham yozuvchilar qatorida ko‘rib, tanqid qilgan bo‘lsa, nima bo‘pti? Undan keyin, u she’r urush yillari yozilgan, xomroq bo‘lishi mumkin. O‘zimning ham esimdan chiqib ketgan. Hozir ham ashula qilib aytisharkanmi? Siz tashvish chekmang, biron xodimingizga jazo ham bermang. Mening boshqa asarim to‘g‘risida ham tanqidiy fikrlar bo‘lsa, gazetangizda beravering… Borib jamoangizga shu gaplarni ayting”, dedi.

Odil aka yana ham yaxshiroq yastanib oldi. Nazarimda, qanoti bo‘lsa, uchib ketgudek edi. Shundan keyin bu masalaga nuqta qo‘yildi. Tahririyatda ish yana o‘z maromida davom etdi. Gazetada oldingidan-da o‘tkirroq materiallar berila boshlandi.

Shunday xalqparvar, adolatli, diyonatli rahbar, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov bilan birga ishlaganimdan faxrlanaman. U kishining kitoblarini, ayniqsa, o‘zi dastxat yozib bergan ko‘p jildligini bot-bot o‘qib turaman. Va har gal kitobini varaqlaganimda, o‘ziga xos talaffuzga ega tovushini eshitganday bo‘laman…

Mamatqul HAZRATQULOV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 21-avgustdagi 34-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599