Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.09.2026 | 16:18

img1226

IBRAT ARMONLARI USHALMOQDA

Har bir xalqning o‘tmishi va kelajagini bog‘lab turuvchi ma’naviy ko‘priklar bo‘ladi. O‘zbek xalqining buyuk ma’rifatparvar farzandi, olim, sayyoh va noshir Is’hoqxon To‘ra Ibrat ana shunday ko‘prik solgan ulug‘ zotdir. U serqirra faoliyati va o‘lmas asarlari orqali millatni g‘aflat uyqusidan uyg‘otishga, ilm-fan va jahon taraqqiyotiga ergashishga chaqirdi.

Alloma tug‘ilib o‘sgan Namangan zaminida uning ko‘plab asarlarida, jumladan, “Mezon uz-zamon”da bayon qilingan millat kelajagi bilan bog‘liq buyuk armonlari to‘laqonli ro‘yobga chiqmoqda.

TA’LIM

Ibrat yoshlarning faqat diniy bilimlar bilan cheklanib qolmay, dunyoviy fanlarni egallashini asosiy maqsadlardan biri deb bilgan. U “Tarixi madaniyat” asarida yoshlarning uzoq yurtlarga borib musofirlik mashaqqatini tortmasdan, o‘z shahrida xotirjam ta’lim olishi muhimligini ta’kidlab: “Oliy qurslar o‘z shaharlarimizda ham ochilsa, ko‘broq talabalar kirishi umidlikdur”, deya orzu qilgan edi.

Bugun viloyatda 783 ta umumta’lim maktabi bor. Shuningdek, 8 ta oliy o‘quv yurti (4 ta davlat va 4 ta nodavlat) samarali faoliyat yuritmoqda. Ulardan biri – To‘raqo‘rg‘ondagi Namangan davlat chet tillari institutiga alloma nomi berilgan.

Olim “Lug‘ati sittati alsina” (“Olti tilli lug‘at”) asarini yaratish orqali yoshlarni jahon tillarini bilishga undagan. “Har bir lison safar ahlina yuz oltun barobarida ishladi”, degan so‘zlari til bilishning qiymatini ko‘rsatadi. Bugungi kunda Namangan maktablarida ingliz, nemis va fransuz tili o‘qitilmoqda. Ta’lim davlat tilidan tashqari rus, tojik va qirg‘iz tillarida ham olib borilmoqda.

SANOAT

Ibrat xomashyoni qayta ishlamasdan eksport qilishni millatning iqtisodiy qaramligi sifatida keskin qoralagan. “Tarixi madaniyat” asarida mahalliy resurslarni sanab: “Bularni ishlatilsa, shaharlarimiz katta shaharlarga qo‘shulub, alar qatorida hisob bo‘lur erdi”, deya sanoatlashtirishni orzu qilgan edi.

Hozirgi kunda Namangan viloyatida jami 34 mingga yaqin korxona va tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. 2026-yilning birinchi choragida viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 9 279,0 milliard so‘mga yetib, sanoatning jadal rivojlanishi ta’minlandi. To‘qimachilik, mashinasozlik va kimyo sanoati mahsulotlari bugun dunyo bozorlariga eksport qilinmoqda.

QISHLOQ XO‘JALIGI

Ibrat o‘z davrida dehqonlarning faqat paxta yetishtirishga o‘tib ketgani va oziq-ovqat ekinlarini unutganini “Tarixi Farg‘ona” asarida tanqid qilgan: “Paxta ziroat va tijoratiga o‘rgangan kishilar qarz daryosiga g‘arq bo‘lganlarini mushohada qilib… avqoti ekmakka tushdilar”. Bugungi kunda Namangan viloyatida mustaqil faoliyat yuritayotgan 10 ming 865 ta fermer xo‘jaligi bor. 2026-yilning dastlabki oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4 065,6 milliard so‘mni tashkil etib, meva, sabzavot va chorvachilik yo‘nalishlarida xilma-xillik hamda oziq-ovqat xavfsizligi to‘liq ta’minlanmoqda.

MAG‘RIB VA MASHRIQ TAFOVUTI

Ibrat Gʻarb va Sharqning yirik shaharlarida ko‘rgan ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy shaharsozlik madaniyati o‘z vatanida bo‘lishini niyat qilgan. U madaniy shaharlarni ta’riflab: “Otash kemalar va foyizlar va ko‘nkalar elektr ilan barpo bo‘lsa.., tilifungramolar va shaharlar ozoda… bo‘lsa”, degan edi.

Hozirgi kunda Namangan viloyatida qurilish ishlari hajmi 3 005,8 milliard so‘mga yetdi. Iqtisodiyot va infratuzilmani rivojlantirish uchun viloyatga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi esa 17 869,4 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. Yangi Namangan shahri va muhtasham turar-joy majmualari bu orzuning yorqin ko‘rinishidir.

BUNYODKORLIK VA TASHABBUSLAR MARKAZI

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati va uning mehnatkash xalqini ta’riflar ekan, bu zaminni “tadbirkorlar, ishbilarmonlar va hunarmandlar yurti, bunyodkorlik va tashabbuslar markazi” sifatida alohida e’tirof etgan edi. Prezidentimizning bu ta’rifi Ibrat domlaning bundan bir asr muqaddam viloyat sanoati, ma’rifati va infratuzilmasi borasida qilgan orzulari bugungi mustaqil davlatimiz siyosati bilan to‘liq uyg‘unlashib ketganini anglatadi.

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanayotgan shukuhli kunlarda bir haqiqat yaqqol namoyon bo‘lmoqda: Ibratning “avlodlaringizni kelajak zamon ilmi bilan tarbiyalang” degan o‘giti Namangan maktablari-yu oliygohlarida, keng ko‘lamli islohotlar maydonida real haqiqatga aylandi. Millatimiz tom ma’noda mustaqil va buyuk taraqqiyot yo‘liga chiqdi.

Otabek MAXSUDJONOV,
Is’hoqxon Ibrat – Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori

“Jadid” gazetasining 2026-yil 11-sentyabrdagi 37-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605