Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.09.2026 | 15:56

img781

“XAYBAR–25”DA NIMA GAPLAR?

“Xaybar–25” nashriyoti o‘tgan yili o‘zining ilk mahsuloti – yozuvchi Xayriddin Sulton qalamiga mansub “Yaldo kechasi” romanining nashri bilan kitobxonlar va keng jamoatchilik e’tiborini qozondi. Xo‘sh, o‘tgan davr mobaynida nashriyot faoliyatida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Ijodiy jamoa bugun qanday yangi loyihalar ustida ishlamoqda va uning kelajak rejalari nimalardan iborat?

Muxbirimiz Otabek Baxtiyor ana shunday savollar bilan nashriyot bosh muharriri Shuhrat Sohibovga murojaat qildi.

– Avvalambor, shuni ta’kidlash kerakki, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida davlat tomonidan yaratib berilgan qulay imkoniyatlar tufayli nashriyotimiz qisqa vaqt ichida o‘z faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yishga erishdi. “Yaldo kechasi” romani yil davomida o‘quvchilarning talablari hamda kitob savdosi va targ‘iboti bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning buyurtmalariga ko‘ra, lotin va kirill yozuvlarida bir necha bor qayta chop etildi va ta’lim muassasalari, kutubxonalar, mahallalar, mehnat jamoalari va harbiy qismlarga yetkazib berildi. Ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida romanga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani barchamizni mamnun etadi.

Asar mamlakatimiz va chet ellarda ham keng e’tirof etilayotgani diqqatga sazovordir. Buni kitob haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘nlab taqriz va maqolalar, tahliliy-tanqidiy materiallar, hatto, alohida risolalar e’lon qilingani, muallif nomiga yuzlab xatlar kelayotgani ham tasdiqlaydi. Xususan, asarni targ‘ib etishda jonbozlik ko‘rsatgan hurmatli “Jadid” gazetasi tahririyatiga chin dildan minnatdorlik bildiramiz.

Biz – nashriyot vakillari “Yaldo kechasi”ga bag‘ishlangan chiqishlarning barchasini sinchiklab kuzatib, to‘plab bormoqdamiz. Shu o‘rinda ushbu fikr-mulohazalarning hajmi roman hajmidan bir necha marta oshib ketganini ham qayd etish joiz. Ularni alohida kitob shaklida chop etishni rejalashtirganmiz.

Bugungi kunda romanni qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon, tojik, turk, arab tillariga tarjima qilish, uni arab yozuviga asoslangan eski o‘zbek alifbosida chop etish, audiokitob va kino variantini yaratish bo‘yicha respublikamiz va xorijiy mamlakatlardagi turli nashriyotlar, adabiy jurnallar, studiyalar va tarjimonlardan takliflar kelib tushmoqda. Biz bu takliflarni asar muallifi bilan birgalikda jiddiy o‘rganib chiqmoqdamiz.

Shuningdek, “Yaldo kechasi” motivlari asosida “So‘z” loyihasi doirasida sahna tomoshasi ham tayyorlanib, respublikamizning viloyat va shaharlarida muvaffaqiyat bilan namoyish etilmoqda.

Joriy yilda muhtaram Prezidentimizning Farmoniga muvofiq, adibimiz Xayriddin Sultonning “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlangani u kishining barcha muxlislari qatori biz – nashriyot xodimlarini ham behad quvontirdi.

Jamoamiz ilk yutuqlardan ruhlanib, yana bir muhim loyihani amalga oshirdi. Xayriddin Sultonning “Osmoni falaklarda” nomli hikoyalar to‘plamini mohir tarjimon Saodat Komilova tarjimasida rus tilida nashr etdik. Mashaqqatli va sharafli kasb egalari bo‘lgan uchuvchilar hayotiga bag‘ishlangan “Стихия небесная” nomli bu ajoyib asar nafaqat yurtimiz kitobxonlari, balki qo‘shni davlatlar adabiy jamoatchiligi tomonidan ham qizg‘in kutib olindi. Jumladan, Qozog‘istonda chiqadigan “Prostor” jurnali mazkur hikoyalarni ko‘chirib bosgan bo‘lsa, Qirg‘izistondagi “Ala-Too” adabiy jurnalining uch sonida ularning qirg‘iz tiliga tarjimasi chop etildi. Hozirgi vaqtda ushbu turkum taniqli adiba va tarjimon Inna Frolova tomonidan belarus tilida nashrga tayyorlanmoqda.

Shu bilan birga, kitob asosida rejissyor Jahongir Qosimov suratga olgan “Osmoni falaklarda” nomli ikki filmdan iborat kinodilogiya yaqin kunlarda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan “Antares” xalqaro kinofestivalida namoyish etilishi kutilmoqda.

Nashriyotimiz Xayriddin Sulton bilan uzoq muddatli shartnoma tuzgan bo‘lib, ayni paytda biz qadrli muallifimizning oltita yangi kitobini chop etish uchun so‘nggi tahrir va badiiy bezash ishlarini amalga oshirmoqdamiz. Nasib etsa, yaqin kunlarda “Tabiblarim”, “Ilohiyot darsi”, “Umrboqiy mavzular”, “VIP (Balandmaqom shaxslar)”, “Habiblarim”, “Yo‘llarda” deb ataladigan kitoblar turkumini yuksak didli o‘quvchilarimizga taqdim etamiz.

Turli davrlar va mamlakatlarni, rang-barang adabiy janrlarni qamrab oladigan, g‘aroyib taqdirlar haqida hikoya qiladigan, goho shodiyona, gohida esa mahzun ohanglar bilan yo‘g‘rilgan bu asarlar g‘oyat qiziqarli va maroqli bir uslubda bitilgan. Kitoblarning hajmi u qadar katta emas, har biri o‘rtacha to‘rt-besh bosma toboqni tashkil etadi. Ammo inson degan sirli xilqatga, tarix va bugungi zamon voqeligiga faylasufona yondashuv, samimiy yumor tuyg‘usi bu to‘plamlarning barchasini mantiqiy va ruhiy-ma’naviy jihatdan o‘zaro birlashtirib turadi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 18-sentyabrdagi 38-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605