Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.09.2026 | 16:48

img752

INSOF SARI BARAKA

Bugungi kunimizdan aylanib-o‘rgilsang arziydi! Yaqin tarixda ham didingizga yoqqan biror kiyim yoki buyum kerak bo‘lsa, to‘g‘ri do‘konga bormay, avval tanish-bilish qidirib, ustiga “shapka” berib, ish bitirishga to‘g‘ri kelardi. Endi-chi? Qaysi do‘konga bormang, istagan narsangizni topish mumkin. Ko‘z tegmasin, bozorlarimiz ham to‘kin-sochin. Avvallari o‘zi tugul, hatto nomi ham tushimizga kirmagan, xorijdan keltirilgan avakado, marakuya, “ajdaho mevasi”, mango, ananasning necha-necha navlari bugun peshtaxtalarda to‘lib-toshib turibdi. Bunday mo‘l-ko‘lchilikni yaratayotgan dehqon-u tadbirkorlarimizni duo qilamiz.

Insofli, vijdonli va iymonli ishbilarmonlarning o‘z ishchi-xodimlariga ish haqini vaqtida va yetarli miqdorda to‘lashi, kun davomida issiq ovqat bilan ta’minlashi, bayram arafalarida mukofot pullari berib, gohida havosi musaffo, tog‘ bag‘ridagi so‘lim go‘shalarga sayohatlar uyushtirishi kabi ezgu ishlariga faqat tahsin aytish mumkin. Odamiylik va adolat hukm surgan bunday korxonalarda, tabiiyki, ish unumi yuqori bo‘ladi, rahbarga nisbatan hurmat-ehtirom ham o‘z-o‘zidan shakllanadi.

Biroq ba’zi noinsof tadbirkorlar faoliyatidagi og‘riqli muammolar haqida ham aytadigan gaplarimiz bor. Hukumatimiz har yili ish haqi, pensiya va nafaqalarni muntazam oshirib boradi. Lekin aksariyat xususiy sektor vakillari qo‘lida ishlayotgan ishchilarning maoshini negadir oshirmaydi. Ba’zi korxona rahbarlarining ustamonligini ko‘ring: ikki yoki uch million so‘mlik oylikning yarmini hujjatga kiritib, qolgan yarmini naqd beradi. Axir, buning ortidan bechora ishchi ertaga pensiyaga chiqadigan bo‘lsa, arzimagan nafaqa bilan chuv tushib qoladi-ku! Bunday adolatsizliklarga o‘zim ham ko‘p bor guvoh bo‘lganman. “Narx-navo dunyo bo‘yicha tinmay oshib borayotgan, byudjet tashkilotlarida ish haqi har yili ko‘tarilayotgan bo‘lsa-yu, bizniki nega joyida turibdi?” – degan haqli savolga xo‘jayinlar sovuqqonlik bilan: “Xohlasang shu, bo‘lmasa, katta ko‘cha. O‘rningga ko‘z tikkan odam tiqilib yotibdi”, deb javob beradi. Ishchi esa ko‘chada qolishdan qo‘rqib, noiloj arzon mehnat evaziga bo‘lsa-da, boshini egib ishlashga majbur.

Yaqinda bir korxona ishchisini gapga solgan edim, xuddi shuni kutib turgandek “yorildi-qo‘ydi”:

– Olti nafar haydovchimiz. Asosan korxona hududidagi ishlarni bajaramiz. Bundan tashqari, uzoq masofalarga, viloyatlarga ham yuk tashiymiz. Ba’zan Samarqand, Buxoro, Namangan, Olmaliq shaharlariga mashina to‘la og‘ir yukni kechani kecha, kunduzni kunduz demay yetkazamiz. Ayniqsa, yarim tunda mashina haydashning mashaqqati og‘ir. Oylik maoshimiz esa atigi to‘rt million so‘m. Vaholanki, ko‘chadagi oddiy kirakashlar bunday og‘ir yukni bir marta tashib berish uchun kamida bir yarim-ikki million so‘m xizmat haqi oladi. Ish beruvchilarning kattani katta, kichikni kichik demay, qo‘pol muomala qilishiga-ku, ko‘nikib ketdik. Endi yana bir dilozorlikni aytsam…

Bosh chayqab, yupatgannamo quloq soldim. U davom etdi:

– O‘shanda, 31-dekabr kuni edi. Katta zalda Yangi yil bayrami taraddudi boshlandi. Stollar noz-ne’matlarga to‘ldirildi. Ishchi-xodimlar zalni egallab, bazmi jamshid boshlanib ketdi. Biroq “Haydovchilarsiz ishimiz bitmaydi-ku, ularsiz korxona faoliyati to‘xtab qoladi-ku? Nega dasturxon atrofida ko‘rinishmaydi?” – deydigan bir insofli mard topilmadi. Xullas, janob rahbarlar bizdek oddiy mehnatkashlarni odam o‘rnida ko‘rmay, kechaga taklif ham qilishmadi. Bir chekkada bir-birimizga qarab, yelka qisgancha uy-uyimizga tarqaldik…

Yana bir tadbirkorning korxonasida o‘n besh yil ishlab ham kosasi oqarmagan, oliy ma’lumotli, qirq besh yillik ish tajribaga ega bo‘lgan nuroniy otaxonning hasratini eshiting:

– Korxonaga ishga kirayotganimda, “Sizga loyiq lavozim beraman”, deb va’dalarni uyib tashlagan xo‘jayin so‘zining ustidan chiqmadi. Faqat “sabr qiling” deyishdan nariga o‘tmadi. Men sodda, unga ishonib, qancha qimmatli vaqtimni boy beribman. Oxir-oqibat, rasmiy maoshim kamligi sababli pensiyam ham nihoyatda oz belgilandi. Har yili davlat ish haqini necha foiz oshirsa, xo‘jayin ham ustamonlik qilib, hujjatdagi maoshni o‘shanchaga oshiradi-da, naqd beriladigan qismini xuddi shunchaga kamaytiradi. Natijada, qo‘limizga tegadigan umumiy pulga sariq chaqa ham qo‘shilmaydi. Janob xo‘jayin oddiy ishchilarni huzuriga umuman yo‘latmaydilar. “Nima muammo bo‘lsa, o‘rinbosarimga uchrashinglar”, degan qat’iy tartibi bor. Muovin esa hech qanday masalani hal qilolmaydi.

Ko‘rib turganingizdek, ba’zi noinsof tadbirkorlar soliq to‘lashdan qochib, davlatdan yashirincha ish yuritadi, ishchilarga o‘z bilganlaricha maosh beradi. Bunday adolatsizlik va nayrangbozliklarga chek qo‘yish vaqti allaqachon kelmadimi?! Korxonada o‘nlab odamlarni ishlatib, tegishli hisobotlarda bir necha kishini ko‘rsatib faoliyat yuritish insofdanmi?! Korxonani korxona, tadbirkorni tadbirkor qilgan mana shu fidoyi ishchi-xizmatchilarga bir oila boshlig‘idek, otalarcha g‘amxo‘rlik qilish zarur emasmi? Asosiysi, Yurtboshimiz iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, xufyona biznesni payini qirqish siyosatini olib borayotgan bo‘lsalar…

Shu bois, istardikki, har yili davlatimiz tomonidan ish haqi necha foizga oshirilsa, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tadbirkorlik subyektlarida ham ishchilar maoshini xuddi shuncha foizga majburiy oshirish tartibi qonunan belgilab qo‘yilishi kerak. Ana shunda jamiyatimizdagi o‘ta muhim hayotiy muammo adolatli hal bo‘lgan, insoniylik tamoyillari qaror topgan bo‘lardi. Xalqimizda “Insof sari baraka” degan naql bejiz aytilmagan.

TAHRIRIYATDAN:

Muallif – 92 yoshli hamyurtimizni ijodga aloqador ko‘pchilik yaxshi taniydi. Jahongir ota ko‘p yillardan beri xalq bilan matbuot o‘rtasida beminnat vositachi vazifasini bajarib keladi. Ushbu munosabat ham kuyunchak ziyolining, uyg‘oq ijodkorning xolisanilloh mushohadalaridir.

Jahongir PIRMUHAMMADOV,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi

“Jadid” gazetasining 2026-yil 18-sentyabrdagi 38-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img61

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img586

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img583