23.09.2026 | 09:39
3535
GERHARD ERTL – MAVHUMLIK ZANGINI ARITGAN NOBELCHI
Hayot yo‘li
Gerhard Ertl 1936-yil 10-oktyabrda Germaniyaning Bad Kanshtatt shahrida tug‘ilgan. Oliy ta’limni Shtutgart universitetida olgan. Parij va Myunxendagi texnika universitetlarida ham tahsil olgan.
1965-yili fan doktori ilmiy darajasiga erishgach, Gannover texnika universiteti (1968–1973) va Myunxen universitetida (1973–1986) fizik kimyo kafedralari direktori bo‘lib ishlagan. AQSHda taklif etilgan professor sifatida xizmat safarlarida bo‘lgan.
1986-yilda Berlindagi Fris Gaber institutida fizik kimyo kafedrasi direktorligiga tayinlandi va 2004-yilda faxriy professor unvoniga sazovor bo‘lgunga qadar shu lavozimda ishladi.

Ilmiy yo‘nalishi
Olim, asosan, fizik kimyoning sirt kimyosi, geterogen kataliz, katalitik reaksiyalar, korroziya, ammiak sintezi va gazlarning metall sirtidagi reaksiyalari bilan shug‘ullangan. Eng muhim tadqiqotlaridan biri – sanoatda ammiak ishlab chiqarish jarayonini o‘rganish bo‘ldi. Ammiak sintezi qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Ertl azot va vodorodning temir katalizatori sirtida o‘zaro ta’sirga qanday kirishishini molekulyar darajada tadqiq qildi. Uning ishlari katalizator sirtidagi reaksiyalarning murakkab mexanizmlarini tushunishga yordam berdi. Uning yondashuvi kimyoviy reaksiyalarning sirtda qay tarzda boshlanishi, oraliq bosqichlari va yakuniy natija hosil bo‘lishini aniqlash imkonini berdi.
Fan va turmush
Ertl tadqiqotlarining amaliy ahamiyatidan biri avtomobillardagi chiqindi gazlarni tozalash jarayonlarini tushunish bilan bog‘liq. Ichki yonuv dvigatellarida hosil bo‘ladigan ayrim zararli gazlar katalizatorlar yordamida nisbatan kam zararli moddalarga aylantiriladi. Olim platina kabi metall sirtlarida uglerod oksidi (SO)ning kislorod bilan reaksiyaga kirishib, karbonat angidrid (SO2) hosil qilish jarayonini molekulyar darajada o‘rgandi. Bunday tadqiqotlar katalitik reaksiyalarning mexanizmini tushunish va samarali katalizatorlarni ishlab chiqish uchun muhim ilmiy asos bo‘ldi.
Temirning zanglashi keng tarqalgan jarayon bo‘lsa-da, uning sirtida qanday bosqichlar kechishini molekulyar darajada tushunish murakkab masala hisoblanardi. Sirt kimyosi usullari orqali olimlar kislorod, suv va metall sirti o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni chuqurroq o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar. Endilikda metalli materiallarni himoya qilish va ularning xizmat muddatini uzaytirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish imkoniyati kengaydi.
Sirt kimyosi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy usullar atmosferadagi kimyoviy jarayonlarni tushunishda ham qo‘llanadi. Xususan, stratosferadagi muz kristallari sirtida sodir bo‘ladigan ayrim kimyoviy reaksiyalar atmosferadagi moddalarning o‘zgarishi va ozon qatlamiga ta’sir qiluvchi jarayonlarni tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa sirtdagi juda kichik masshtabda kechadigan kimyoviy jarayonlar global miqyosdagi ekologik hodisalar bilan qanday bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
E’tirof
Gerhard Ertl qattiq sirtlardagi kimyoviy jarayonlarni tadqiq etishdagi fundamental ishlari uchun 2007-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirladi.
Olim bu yil 90 yoshni qarshilaydi. Hozir ham ilm-fanni rivojlantirish va yangi avlod olimlarini tarbiyalash bilan shug‘ullanmoqda.
Jasmina ISROIL tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 18-sentyabrdagi 38-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
100
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
329



