Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.10.2026 | 15:45

img1216

USTOZLARIMDAN MINNATDORMAN

Men yoşligimda özbek tilini yaxşi bilmas edim. Dadam va ayam özbek tilini örganinglar, odam öz ona tilini bilişi kerak, derdilar. Lekin biz öqigan 1970-yillarda maktab, oliy öquv yurtlarida özbek tiliga ehtiyoj yöq edi. Men Toşkent politexnika institutida rus tili öqituvçisi bölib işlardim.

“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan yillarda rus guruhida öqiydigan talabalarga özbek tilidan dars bera boşladim. Öşa yillarda özbek tilining grammatikasini astoydil örganişga kirişdim. Bir til grammatikasini yaxşi bilgan odamga boşqa tilning grammatikasini özlaştiriş qiyin emas. 1991-yilda oliygohimiz rektori Oqil Salimov edi. U kişining qabuliga kirib, meni rus tili kafedrasidan özbek tili va adabiyoti kafedrasiga ötkazişni iltimos qildim. Öşa yillarda kafedrani taniqli adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Botirxon Akram boşqarardi. Men şu kişini çin ustozim deb bilaman. Çunki har kuni domla menga özbek adabiyoti namoyandalari, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz şoirlarimiz, ularning asarlari haqida juda köp ma’lumotlar berardi. Şuningdek, u kişining ustozi Hamid Sulaymon va boşqa zamonaviy şoirlar ijodi haqida ham köp qiziqarli bilimlarga ega böldim. Ustozimdan umrbod minnatdorman. Ustozimdan keyin özbek tili va adabiyoti kafedrasini boşqardim, özbek tili va adabiyoti böyiça dotsent ilmiy unvonini olişga muyassar böldim.

Yana bir ustozim Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, professor Qöçqor Xonazarov bölgan. Domlaning rahbarligida nomzodlik dissertatsiyamni rus tilida himoya qilgan bölsam, oradan 14 yil ötib, doktorlik dissertatsiyamni özbek tilida yozib, himoya qildim.  Domla özbek va rus tillarini mukammal bilar, ingliz tilini ham kasbdoşlariga örgatar edi. Bir neça bor çet eldagi konferensiyalarda ingliz va fransuz tillarida ma’ruza ham qilgandi. Sobiq sovet davridagi faylasuflar içida faqat Qöçqor Xonazarovning ismi Britaniya ensiklopediyasida qayd etilgan. Ustozim Ikkinçi Jahon uruşi qatnaşçisi edi. U kişi 97 yoşda olamdan ötdi. Biz, şogirdlar ajoyib inson, oliyjanob ustozimizdan hayotda doimo ilmga intilişni, barça qiyinçiliklarga bardoşli bölişni, Vatanimizga, xalqimizga xizmat qilişni va ona tilimizni sevişni örgandik.

Iş jarayonida özbek tilida köplab maqolalar, tezislar, öquv qöllanmalar yozdim. Şu bilan birga, şe’riyatga qiziqib ança şe’rlar yozganman. Otam olamdan ötganida yuragimdan şunday şe’r quyilib kelgan:

Esimdadir, har kun ertalab                   
Boğ-roğlarni otam kezardi,                          
“Onajonim”, deya erkalab,                         
Peşonamdan asta öpardi…                           
Sizdan bugun qoldi yaxşi nom,
Odamlarni dildan sevgansiz.
Xalq mehriga sazovor inson,
Yurt qalbida tirik haykalsiz!..

Köp yillar Toşkent davlat yuridik universitetida özbek va rus tillarida “Ma’naviyat asoslari” va “Milliy ğoya” fanlaridan ma’ruzalar öqidim. Pedagogik faoliyatim davomida talabalarni öz ona tilimizni hurmat qiliş va puxta bilişga, şuningdek, xorijiy tillarni ham örganişga da’vat etaman.

Yaqinda “Özbek tili saboqlari” nomli öquv qöllanmam naşrdan çiqdi. Uşbu kitobim Vatanimizda yaşayotgan barça millat vakillariga, jumladan, rusça öqigan özbeklarimizga ona tilimizni özlaştirişga yordam beradi, degan umiddaman.

Özbek tilidan rus tiliga şe’r tarjima qiliş menga zavq beradi. Ayniqsa, Halima Xudoyberdiyevaning “Muqaddas ayol”, Zulfiya Möminovaning “Ayolga baxt bering”, Muhammad Yusufning “Vatanim” singari şe’rlarini sevib tarjima qilganman. Bundan taşqari, Akbar Mirzoning “Sönggi nido” romani, Tölqin Hayitning “Annaning oq soçiği” qissasi va Tohir Malikning “Arafa” kinossenariysini rus tiliga tarjima qildim. Öylaymanki, bu ijodiy işlarim özbek adiblarining ajoyib asarlarini boşqa millat vakillariga taniştirişga xizmat qiladi.

Gulnora MANSUROVA,
falsafa fanlari doktori, professor,  
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi

“Jadid” gazetasining 2026-yil 23-oktyabrdagi 43-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img36

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img119

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img312