30.10.2026 | 17:10
942
ULUĞBEK BAYROĞI
ÖzFA Mirzo Uluğbek nomidagi Astronomiya instituti direktori, akademik Şuhrat EGAMBERDIYEV bilan suhbat

– Domla, yoz oqşomlari yulduz sanamagan, ularni xayolan tutaştirib “rasm” çizmagan, “dumli yulduzlar”ga mahliyo bölmagan bola bölmasa kerak. Ammo millionlardan sanoqlilargina muazzam rasadxona-yu möjizaviy teleskop qarşisiga yetib keladi, koinotning çeksiz puçmoqlariga nazar taşlaydi. Sizni astronomiya olamiga olib kirgan omillar nimalardan iborat?
– Astronom bölişimda dadam Abdumannon Egamberdiyevning roli katta bölgan. Yoşligimizda Andijonda yaşardik. Dadam dunyoda keçayotgan turli hodisalarga, astronomiyaga juda qiziqardi, fantastik asarlarni köp öqirdi. Öşa paytlarda Ivan Yefremovning “Andromeda tumanligi” romani juda maşhur edi. Dadam asarni öqib, bizga mazmunini qiziqarli qilib gapirib bergan. Esimda, hovlimizda oçiqroq joyga çiqib, osmonga qarab, Andromeda tumanligini izlardik. Keyinçalik bilsam, Andromeda aslida galaktika bölib, u tumanlik şaklida köringani uçun şunday atalgan ekan. Dadam bizga koinot haqida gapirib berar, yulduzlar osmonning turli qismlarida töda-töda bölib joylaşişini tuşuntirardi. Masalan, biz yaşayotgan galaktika – Somon yölida 300 milliardga yaqin yulduz bor. Ulardan biri – Quyoş. Quyoş atrofida esa sakkizta sayyora mavjud bölib, ulardan biri bizning Yerimiz.
Men ma’ruza qilganimda, koinotdagi galaktikalarning joylaşuvini tuşuntiriş uçun bir misol keltiraman. Tasavvur qiling, samolyotda uçib ketyapsiz. Avval Toşkentni körasiz – çiroqlarga töla yorqin bir manzara. Keyin qoronğilik boşlanadi. Söng yana yoruğ joy körinadi – bu Sirdaryo. Keyin Jizzax, undan keyin esa Samarqandning çiroqlari közga taşlanadi. Koinotdagi galaktikalar ham şunga öxşab, goh ziç, goh siyrak joylaşgan. Har bir galaktikaning özida esa milliardlab yulduzlar bor.
Bizga eng yaqin galaktikalardan biri – Andromeda tumanligi. U ham ulkan galaktika. Dadam menga uning yoruğligi bizgaça qariyb ikki yarim million yilda yetib kelişini aytardi. Yoruğlikning bir soniyada 300 ming kilometr masofani bosib ötişini ham tuşuntirib bergan. Bu tezlikning özi inson tasavvuriga siğişi qiyin. Şunday ulkan tezlik bilan harakat qilgan yoruğlikning Andromedadan Yerga yetib kelişi uçun millionlab yillar kerak böladi. Bu esa koinotning naqadar bepoyon ekanini tasavvur qilişga yordam beradi.
Yefremovning öşa asarida ham qahramonlar kosmik kemaga ötirib, Andromeda tomon yöl olişadi. Balki aynan şu sababli asar menga yanada qiziq tuyulgandir. Bolalikdagi ana şu suhbatlar va tasavvurlar menda astronomiyaga katta qiziqiş uyğotdi. Keyinçalik, maktabning yuqori sinflarida öqib yurgan paytlarimda dadam meni Samarqandga olib bordi. Albatta, Mirzo Uluğbek rasadxonasiga ham bordik. Öşa yerda dadam men uçun juda muhim bölgan bir gapni aytdi: “Bilasanmi, hozir Armanistonda Ambarsumyan degan buyuk olim bor. Astronomiyaning bayroği hozir Armanistonda hilpirab turibdi. Bu juda nomaqbul hol. Çunki biz Mirzo Uluğbekning vorislarimiz. Sen astronom bölib, Uluğbekning bayroğini Özbekistonga qaytarişing kerak”. Bu 1960-yillarning oxiridagi voqea. Bir-ikki yildan keyin oliy öquv yurtiga kirişim kerak edi. Öşa gaplar hayot yölimni belgilab bergan katta da’vat bölgan.
– Xabarimiz bor, otangiz taniqli adib ham bölgan, “Sariq ajdar hamlasi” asarini yozgan. Uşbu roman bugun ham özbek va rus tilida qayta-qayta naşr qilinyapti, kitobxonlar katta qiziqiş bilan öqiyapti. Bunday ota farzandlarining orzulariga qanot boğlaşi şubhasiz.
– Graf Sen-Simon: “Meni uyğotganingizda, ”Graf, turing, sizni buyuk işlar kutyapti“, deb uyğotinglar”, der ekan. Dadam bu voqeani bizga aytib, hazillaşib: “Turinglar, bolalarim, sizlarni buyuk işlar kutyapti”, derdi. Şu tariqa dadam bizga doimo hayotda katta, buyuk işlar qiliş kerakligini uqtirardi. Menga esa: “Sening vazifang – Uluğbekning bayroğini Özbekistonga qaytariş”, deb alohida ta’kidlardi. Dadamning astronomiyaga qiziqişi butun umr saqlanib qoldi. Bu fanning juda köp jihatlaridan xabardor edi. Ba’zan telefon qilib: “Keça televizorda kördim, yangi sayyora oçilibdi. Eşitdingmi?” deb sörardi. “Dada, ”Axborot“ni köra olmadim, majlisda edim”, desam, “Yöq, şuni bilib qöy. Birov sörasa, ”bilmadim“, desang, uyat böladi”, derdi.
Dadamning qiziqişlari faqat astronomiya bilan çeklanmagan. U kişi doim katta iş qiliş kerak, deb hisoblardi. Universitetni tamomlaganida, ustozi, xitoyşunos olim Beçurin qadimgi davrlarda Markaziy Osiyoda yaşagan xalqlar haqidagi kitobni sovğa qilgan ekan. Dadam öşa kitobni öqib, miloddan avvalgi II asrda Xitoy imperiyasi Dovon davlatiga ikki marta yuriş qilgani, ularning asosiy maqsadlaridan biri maşhur samoviy otlarni qölga kiritiş bölgani haqida ma’lumot olgan. Har ikki yurişda ham ota-bobolarimiz kuçli qarşilik körsatib, Xitoy qöşinlarini mağlub etgan. Dadam bu voqealarni öqib: “Buni xalqimizga yetkazişim, ajdodlarimiz qahramonligini aytib berişim, yozişim kerak”, degan xulosaga kelgan. Ammo öşa davrda Sovet Ittifoqi va Xitoy örtasidagi siyosiy munosabatlar sababli bu mavzuni oçiq yoritişga imkon bölmagan. Nihoyat, 70-yillarning boşlarida ikki davlat örtasida fojeiy töqnaşuv yuz bergaç, dadam: “Mana, endi mening vaqtim keldi”, deb, “Sariq ajdar hamlasi” romanini yozgan.
Roman avval rus tilida yozilgan, çunki u paytda özimizda bu mavzuda asarni çiqarişga senzura ruxsat bermas edi. Keyin özbek tiliga özi tarjima qildi. Kitob dastlab Moskvada 100 ming nusxada çop etilgan. Asar uçun muallif turli mukofotlarga sazovor bölgan. Hozir bu asarning törtinçi naşri çiqiş arafasida.
– Tarix ham koinot qadar çeksizlik, mavhumlik, yoruğlik va zulmatdan iborat. Başariyat aql maş’ali yongan kunlardan osmonga termilib, uning sirlarini yeçişga intilgan. Afsonalardan boşlangan izlanişlar keyinroq ilmiy tus olib, alohida fanga aylandi. Endi insoniyat koinot haqida juda köp ma’lumotga ega. Bugun falakşunoslar “bilimlarimiz yetarli” deb ayta oladimi?
– Ilm ahli “endi yetarli” degan onda taraqqiyot ğildiragi taqa-taq töxtaydi. Töxtaşi ham bir nav, undan keyin işlar orqaga ketişni boşlaydi. Ammo şuni aytiş mumkinki, ayniqsa, sönggi yillarda koinot tuzilişi haqidagi tasavvurlarimiz nihoyatda kengaydi. Mirzo Uluğbek davrida astronomiyaning asosiy vazifalaridan biri osmon jismlarining joylaşuvi va harakatini aniq örganiş edi. Şu jihatdan Uluğbekning yulduzlar katalogi öz davri uçun mislsiz ilmiy yutuq bölgan. U 1018 ta yulduzning koordinatlarini nihoyatda aniqlikda belgilagan. Uluğbek özidan avvalgi astronomlar, xususan, Abdurahmon Sufiyning ma’lumotlarini osmondagi yulduzlarning haqiqiy holati bilan soliştirib, ayrim tafovutlarni aniqlagan. Şundan söng yangi kuzatuvlar olib borib, özining “Zij”ini yaratgan. Şu sababli, uning asari Yevropa astronomlari tomonidan ham e’tirof etilgan. Bugun ham Uluğbekning nomi Özbekistonni dunyoga tanitişda davom etmoqda. Oradan olti asr ötgan bölsa-da, uning ilmiy merosi öz ahamiyatini yöqotgani yöq.
Astronomiya keyinçalik osmon jismlaridan kelayotgan nurlarni örganiş orqali yanada rivojlandi. Masalan, spektral tahlil yordamida yulduzlarning qanday kimyoviy elementlardan taşkil topganini aniqlaş imkoniyati paydo böldi. Keyinçalik yulduzlarning magnit maydonlari va boşqa xususiyatlarini örganiş usullari ham rivojlandi.
Afsuski, ilmiy bilimlarimiz kengayib borayotganiga qaramay, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ilmiy asosga ega bölmagan ma’lumotlar ham köpaymoqda. Masalan, “Yer tezroq aylanayotgani uçun sutka qisqarib ketdi”, “Quyoş tez orada öçib qoladi” yoki “Sayyoralar paradi Yerda katta özgarişlarga sabab böladi”, degan gaplar tarqalyapti. Aslida, bunday vahimalarga ilmiy asos yöq. Yerning aylaniş tezligidagi özgarişlar juda kiçik – millisoniyalar miqyosida. Quyoş esa hozir taxminan 4,5 milliard yoşda va hali milliardlab yillar davomida nur soçişda davom etadi. Sayyoralar “paradi” ham Yerga qandaydir favqulodda ta’sir körsatadigan hodisa emas – bu şunçaki aniq hisob-kitobga asoslangan osmondagi gözal manzaralardan biri.
Yana bir masala – astrologiya, ya’ni, yulduzlar orqali inson taqdirini belgilaşga uriniş. Astronomiya bilan astrologiyani mutlaqo aralaştirmaslik kerak. Astronomiya – ilmiy fan, astrologiyaning esa ilmiy asosi yöq. Umuman, bugun insoniyat koinot haqida avvalgidan nihoyatda köp narsani biladi. Ammo koinot şu qadar ulkanki, bizning bilimlarimiz hali ham uning çeksiz sirlaridan faqat bir qismini qamrab oladi.
– Olis yulduzlar yoğdusi bizga hali köp sirlarni oçişiga işonamiz. Keling, bizga eng yaqin bölgan, “özimizning yulduz” – Quyoş haqida gaplaşsak. Olimona nazar Quyoşda yana qanday oçilmagan sirlarni köradi?
– Quyoş – Yer yuzidagi hayotning eng muhim manbayi. Biroq Quyoşni faqat yoruğlik va issiqlik manbayi sifatida örganiş bilan çeklanib bölmaydi. U özining içki tuzilişi, fizik xususiyatlari va murakkab jarayonlari bilan astronomlar uçun hamon muhim tadqiqot obyekti hisoblanadi. Men ham ilmiy faoliyatimning dastlabki yillarida, universitetni tamomlab, nomzodlik dissertatsiyam ustida işlayotgan paytlarimda Quyoşni örganiş bilan şuğullanganman. Tadqiqotlarimning asosiy yönalişi uning içki tuzilişini aniqlaşga qaratilgan edi. Bu soha gelioseysmologiya deb ataladi. Bu sohada Quyoş yuzasida kuzatiladigan tebranişlar va tölqinlar tahlil qilinib, uning içki qatlamlari, fizik xususiyatlari hamda aylaniş jarayonlari haqida ma’lumot olinadi.
Bu yönalişda xalqaro miqyosdagi yirik ilmiy loyihalardan birida iştirok etganmiz. 1980-yillarning boşlarida Fransiyaning Nitsa universiteti olimlari Quyoşni uzluksiz kuzatiş imkonini beruvçi maxsus dastur ustida iş boşladilar. Loyiha doirasida dunyoning turli nuqtalariga oltita teleskop örnatiş rejalaştirilgan edi. Maqsad – Yerning turli mintaqalarida joylaşgan observatoriyalar yordamida Quyoşni bir-biriga uzviy boğlangan holda kuzatiş va şu tariqa uzluksiz ilmiy ma’lumot töplaşdan iborat bölgan. Bu kuzatuvlar öziga xos estafetani eslatardi. Özbekistonning geografik joylaşuvi bu jarayonda muhim ahamiyatga ega edi. Yurtimizdagi observatoriya kuzatuvlarni birinçilardan bölib boşlaşi, keyin esa boşqa mamlakatlardagi ilmiy guruhlar işni davom ettirişi közda tutilgandi. Dastlabki teleskoplardan biri Toşkent yaqinidagi Qumbel toğiga örnatildi. Biroq bu jarayonda ayrim taşkiliy va texnik qiyinçiliklarga ham duç keldik. Uskunani avval boşqa joyda sinovdan ötkazib, barça kamçiliklarini bartaraf etgan holda olib keliş maqsadga muvofiq bölardi. Ammo bizning ilmiy izlanişlarga bölgan iştiyoqimiz va ğayratimiz sababli teleskopni dastlab Özbekistonda örnatişga kirişildi. Vaqt ötişi bilan uskunada turli nosozliklar yuzaga kela boşladi.
Bugungi kunda olimlar uçun xalqaro hamkorlik qiliş, zarur ma’lumotlarni yuboriş yoki mutaxassislardan maslahat oliş ança oson. Internet, elektron poçta va turli tezkor aloqa vositalari buning uçun keng imkoniyat yaratgan. Ammo 1980-yillarda vaziyat butunlay boşqaça edi. Masalan, teleskopda nosozlik yuz bersa, fransuz mutaxassislariga murojaat qilişning özi bir jarayon edi. Muammoni qoğozga batafsil yozib, Fanlar akademiyasidan ruxsat olardim. Söng Markaziy telegrafga borib, navbat kutib, Fransiyaga faks jönatardim. Xatda nafaqat muammoni bayon qilardik, balki mutaxassislar bilan qaysi vaqtda telefon orqali boğlanişimiz mumkinligini ham körsatardik. U yoqdagilar murojaatni körib çiqib, özaro maslahatlaşar, belgilangan vaqtda bizga qönğiroq qilib, zarur tavsiyalarni berişardi. Bir qaraşda oddiy tuyuladigan texnik masalani hal etiş uçun ba’zan bir neça kun kerak bölardi.
Şunday şaroitda ham tadqiqotlarni töxtatmadik. Aksinça, yuzaga kelgan qiyinçiliklarni birgalikda yengib, kuzatuvlarni davom ettirdik. Loyiha yakunida oltita observatoriya tomonidan töplangan ma’lumotlarning qariyb 40 foizi Özbekiston hissasiga töğri keldi. Bu mamlakatimiz olimlarining xalqaro ilmiy hamkorlikdagi salmoqli hissasi edi. 2015-yilda Fransiya hukumati tomonidan “Akademik palmalar” ordeni bilan taqdirlandim. Bu mukofot men uçun katta şaraf böldi. Çunki uning ortida nafaqat şaxsiy mehnatim, balki hamkasblarim, şogirdlarim va mamlakatimiz ilm-fanining xalqaro miqyosdagi yutuği mujassam.
– Özbekistonda astronomiya mavzusida gap ketganda, Maydanak observatoriyasini eslamaslik mumkin emas. Bu ilm maskaniga koinotdan qator tölqinlar kelib turişi haqida eşitganmiz. Bizni qiziqtirgani mamlakat ilm-fanidagi yangilanişlar tölqini bu muazzam obidaga ham yetib bordimi?
– Maydanak rasadxonasini Markaziy Osiyo falakşunosligining köz gavhari deyiş mumkin. Sönggi yillarda mamlakatimizda ilm-fanning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga katta e’tibor qaratilayotgani ham biz uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Jumladan, Astronomiya instituti uçun Maydanak observatoriyasida foydalanişga möljallangan zamonaviy teleskop xarid qilindi. Uning qiymati qariyb 800 ming dollar. Közgusining diametri 80 santimetrni taşkil etadi. Teleskopning eng muhim afzalliklaridan biri – uning köriş maydoni kengligidir. U 2×2 darajali osmon qismini bir vaqtning özida kuzata oladi. Taqqoslaş uçun, Oydan körinadigan burçakli ölçam taxminan yarim darajaga teng. Demak, uşbu teleskop bir tasvirning özida qariyb 16 ta tölin Oyga teng osmon maydonini qamrab olişi mumkin. Bu esa qisqa vaqt içida sodir böladigan, kutilmagan astronomik hodisalarni kuzatişda juda katta afzallik beradi. Hozir teleskopni sinovdan ötkaziş işlari olib borilmoqda. Yil oxirigaça uni töliq işga tuşiriş rejalaştirilgan. Observatoriyaning yana bir katta ustunligi – uning geografik joylaşuvida. Bizda tun bölgan paytda dunyoning ayrim boşqa hududlarida hali kun böladi. Şu sababli, biror noyob hodisa bizning navbatçiligimiz vaqtida sodir bölsa, uni kuzatib qoliş imkoniyatimiz yuqori.
Umuman, astronomiya ham vaqt ötişi bilan juda katta özgarişlarni boşdan keçirdi. Ilgari olimlar, asosan, köz bilan körinadigan nurlarni kuzatgan bölsa, XX asrda radioastronomiya paydo böldi. Keyinçalik kosmik apparatlar yordamida rentgen va gamma nurlari örganila boşlandi. XXI asrga kelib esa gravitatsion tölqinlar astronomiyasi şakllandi. Bugun biz koinotni turli “tölqin uzunliklarida” – turli kanallar orqali örganiş imkoniyatiga egamiz. Bu esa ilgari körişning imkoni bölmagan hodisalarni tadqiq qiliş imkonini bermoqda.
Maydanak observatoriyasi gravitatsion astronomiya böyiça xalqaro tadqiqotlarda iştirok etayotgani quvonarli. Yangi teleskop yordamida kuzatuvlarni boşlaganimizdan keyin noyob astronomik hodisalardan birini aynan biz qayd etişimiz ham mumkin. Agar şunday hodisani birinçilardan bölib optik diapazonda qayd eta olsak, Özbekiston astronomiyasi uçun katta ilmiy voqea böladi. Bu orqali özbek olimlarining zamonaviy gravitatsion astronomiyaga qöşayotgan hissasi yanada yaqqol körinadi. Biz yaqinda NASA tomonidan amalga oşirilgan asteroidni tadqiq etişga qaratilgan yirik loyihada ham iştirok etdik. Bu haqda ommaviy axborot vositalarida köp gapirildi. Öşa loyiha doirasida institutimiz xodimlari Kamoliddin Ergaşev va Otabek Burxonovning nomlari kiçik sayyoralarga berildi, NASA tomonidan minnatdorlik sertifikatlari topşirildi.
Bularning barçasi Özbekiston astronomiyasi xalqaro ilmiy jarayonlarda tobora faol iştirok etayotganidan dalolat beradi. Bizning vazifamiz – ana şu imkoniyatlardan unumli foydalanib, zamonaviy astronomiyaning eng ilğor yönalişlarida öz tadqiqotlarimizni olib boriş va jahon ilm-faniga munosib hissa qöşişdan iborat.
– Sizningça, insoniyat qaçondir boşqa sayyorada doimiy yaşaş imkoniyatiga ega böladimi?
– Birinçi navbatda, insoniyat öziga eng yaqin osmon jismi – Oyni özlaştirişni rejalaştirmoqda. Oyda suv izlanayotgani bejiz emas. Uning qutblaridagi muzlardan suv oliş, suvni kislorod va vodorodga ajratib, nafas oliş uçun kislorod hamda yoqilği oliş mumkin. Şu bois, kelgusida Oyda ilmiy bazalar va kiçik koloniyalar barpo etilişi ehtimoli yuqori. Keyingi manzil – Mars. Bugungi texnologiyalar bilan unga uçiş taxminan 200 kun davom etişi mumkin. Ammo Marsga parvoz oddiy safar emas. U yerga odam yuborişdan oldin zarur infratuzilma – energiya manbalari, yaşaş joylari, issiqxonalar va boşqa tizimlar tayyorlanişi kerak. Çunki Mars atmosferasi juda siyrak, şaroiti esa inson hayoti uçun nihoyatda oğir.
Bir neça yil avval Mars şaroitiga taqlid qiluvçi tajribada iştirok etgan bir ayol bilan suhbatlaşganman. U uç erkak bilan birga maxsus yopiq muhitda 500 kun yaşagan. Oziq-ovqat çeklangan, suv qayta işlangan, taşqi dunyo bilan aloqa esa deyarli yöq. U tajribadan keyin eng köp nimani xohlaganini söraganimda, “Bir parça göşt yegim kelardi”, degan edi. Bu oddiy tuyuladi, ammo Marsga inson yuboriş qançalik murakkabligini körsatadigan juda yaxşi misol.
Endi olimlarni şunçaki yangi sayyora topiş emas, unda hayot mavjud bölişi mumkinmi, degan savol köproq qiziqtirmoqda. Buning eng muhim şartlaridan biri – suyuq suvning mavjudligi. Yulduzdan sayyoragaça bölgan, suv suyuq holatda bölişi mumkin bölgan masofa “Oltin soç zonasi” deb ataladi. Ya’ni, şaroit hayot uçun haddan taşqari issiq ham, haddan taşqari sovuq ham bölmasligi kerak.
Biz hatto boşqa sayyoralarga xabar yuborişga ham urinib kördik. Bir neça yil avval havaskor astronomlar taşabbusi bilan 128 yoruğlik yili uzoqlikdagi Kepler-18b sayyorasiga xabar yuborilgan. Unda Mirzo Uluğbekning yulduzlar katalogi ham bor edi. Agar u yerdan xabar qaytadigan bölsa, uning kelişi uçun kamida 256 yil kerak böladi. Albatta, hozirça heç qanday javob olganimiz yöq. Ammo bu insoniyatning koinotdagi boşqa hayot bilan aloqa qilişga bölgan intilişini körsatadi. Biz, astronomlar, optimistmiz. Koinot nihoyatda katta. Şunday ekan, qayerdadir hayotning boşqa şakllari mavjud bölişi ehtimolini inkor etib bölmaydi. Eng katta orzumiz – bir kun kelib ular bilan tinç va ilmiy aloqa örnatişdir.
– Koinotni örganiş hayot haqidagi qaraşlaringizning şakllanişida qanday örin tutgan?
– Amerikalik maşhur astronom Karl Sagan buning juda ta’sirli misolini keltirgan. 1977-yilda uçirilgan “Voyajer-1” kosmik apparati Yerdan milliardlab kilometr uzoqlikdan sayyoramizning tasvirini olgan. Unda Yer koinotning ulkan kengligida möjaz zangori nuqta bölib körinadi. Şu nuqtaga qarab, Yerda sodir bölayotgan barça voqealarni tasavvur qiliş mumkin: davlatlar örtasidagi nizolar, uruşlar, siyosiy qarama-qarşiliklar, odamlarning kundalik taşvişlari, hatto bir-birimiz bilan arzimas sabablar tufayli ranjişlarimiz – barçasi ana şu kiçkina nuqta içida sodir böladi. Astronom sifatida koinotga qaraganingizda, köp kundalik muammolarning aslida qançalik mayda ekanini his qilasiz. Albatta, insonning şaxsiy taşvişlari muhim. Ammo ularni butun hayotimizning mazmuniga aylantirib yubormasligimiz kerak.
Men ba’zan tabiat manzaralarini – toğlar, örmonlar, köllar, şaharlarni tomoşa qilib, bir narsani öylayman: şunçalik gözal dunyoni insoniyat qanday qilib uruşlar, vayronagarçiliklar bilan yöq qilişi mumkin? Inson aql-zakovati bilan şunday buyuk yutuqlarga erişdi, koinotni örganmoqda, yangi sayyoralarni izlamoqda. Nahotki, bularning barçasini bir lahzalik siyosiy manfaat yoki adovat tufayli xavf ostiga qöysa?
Menimça, Koinotni örganiş insonni, avvalo, kamtarroq, bağrikengroq va Yerning qadriga yetadiganroq qilişi kerak. Çunki çeksiz Koinot bağrida bizning Yerimiz – juda kiçik, ammo biz uçun yagona va bebaho maskan. Şuning uçun astronomiya menga bir hikmatni çuqur anglatdi: Koinot qançalik katta bölmasin, insonning eng asosiy vazifalaridan biri – özi yaşayotgan möjaz zangori sayyorani asraş va undagi hayotni qadrlaşdir.
Suhbatdoş: Vasila HABIBULLAYEVA
“Jadid” gazetasining 2026-yil 30-oktyabrdagi 44-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583



